M 53 sharsimon yulduzlar toʻdasi (shuningdek, fanda Messier Object 53, GCL 22 yoki NGC 5024 nomlari bilan qayd etiladi) Koma Berenis yulduzlar turkumidagi shar shaklidagi toʻda hisoblanadi.

M 53 sharli to'plam
Maʼlumot
Yulduz turkumi Veronika sochlari
Obyekt turi Sharli to'plam
Joylashuvi
Davri J2000.0
Ixtirochi Iogann Bode
Ishoratlar
SIMBAD [1] NGC[1] maʼlumotlari
NASA/IPAC [1] NGC[1] maʼlumotlari
Shuningdek qarang: Galaktika, Galaktikalar roʻyxati

Kashfiyot tarixi

tahrir

Yulduzlar toʻdasi 1775-yilda Iogann Bode tomonidan tomonidan kashf etilgan.

Qiziqarli xususiyatlari

tahrir

M 53 Galaktika markazidan eng uzoqda joylashgan toʻdalardan biri boʻlib, taxm. 60 000 yorugʻlik yili masofada va Quyosh tizimidan ham salkam shuncha masofada, yaʼni 58 ming yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan.

Kuzatish usuli

tahrir
 
M 53 sharsimon toʻdasi Koma Bereniks yulduz turkumida joylashgan.

M 53 — sharsimon yulduzlar toʻdasini bahor osmonida oddiy durbin yoki teleskopda topish qiyin emas. Buning uchun optik qurilmani unchalik yorqin boʻlmagan α Koma Bereniksining shimoli-sharqiy tomoniga yoʻnaltirish kerak. Oʻrtacha havaskor teleskop yordamida qaralganda ham Messier katalogidagi eng uzoqda joylashgan sharsimon toʻda yulduzlari tiniqlashmaydi va juda yorqin markaz (yadro) hamda periferiyada yorqinligi asta-sekin pasayuvchi kichik tumanli shar shaklida koʻrinadi. 250-300 mm diafragmali optik qurilmalardan boshlab, halo 13,5 m dan katta yulduzchalar bilan tiniqlasha boshlaydi.

M 53 dan 10 burchak daqiqasi janubda 9m yulduzlar juftligini koʻrish mumkin. Janubi-sharqdagi darajada esa eng sirli sharsimon yulduzlar toʻdalaridan biri NGC 5053 ni koʻrsa boʻladi. Garchi u M 53 ga yaqin joylashgan boʻlsa-da, yulduzlari oʻta kamligi bois deyarli sezilmaydi. NGC 5053 — kuzatuvchining koʻrish qobiliyatini va qurilma imkoniyatlarini sinab koʻrish uchun uzoq fazoning ajoyib „sportchi“ jismidir.

Messier katalogi boʻyicha qoʻshnilari

tahrir
  • M 64 — (5 daraja shimoli-gʻarbda, 35 Com yulduzi yaqinida) mashhur Qora Koʻz galaktikasi;
  • M 85, M 100 va M 88 — (gʻarbda) Virgodagi galaktikalar klasterining shimoliy periferiyasi;
  • M 60, M 59, M 58, M 89 va M 90 — (janubiy gʻarbda) Virgodagi galaktika klasterlarining sharqiy qismi

= "Messier Marafoni"dagi kuzatishlar ketma-ketligi

tahrir

… M 106 → M 3M 53 → M 64 → M 85 …

Tasvirlar

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Harris W. E. A catalog of parameters for globular clusters in the Milky Way (англ.) // Astron. J. / J. G. III, E. Vishniac — IOP Publishing, American Astronomical Society, University of Chicago Press, AIP, 1996. — Vol. 112, Iss. 4. — P. 1487. — ISSN 0004-6256; 1538-3881 — doi:10.1086/118116