Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks (MJK) -maʼmuriy huquqbuzarliklar va maʼmuriy jazoga oid qonunlarning muayyan tizimga solingan majmui. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 1994-yil 22-sentabrda qabul qilinib, 1995-yil 1-apreldan kuchga kirgan. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 5 boʻlim, 31 bob va 348 moddani oʻz ichiga oladi. Kodeksning umumiy qoidalari bayon qilingan 1-boʻlimida maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va ularning vazifalari, mazkur hujjatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasining , Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakolatlari, maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish borasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish kabi masalalar bayon qilingan, 2-boʻlim maʼmuriy huquqbuzarlik va maʼmuriy javobgarlik masalalariga bagʻishlangan, 3-boʻlim maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolati boʻlgan organlar (mansabdor shaxslar), 4-boʻlim maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish, 5-boʻlim maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishga bagʻishlangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil