Mabel Ida Albertson (1901-yil 24-iyul – 1982-yil 28-sentyabr) – amerikalik televideniye, sahna, radio va kino aktrisasi. „Bewitched“ teleserialida Phyllis Stephens obrazini gavdalantirgan.

Mabel Albertson

Albertson 1957-yilda
Tavalludi
Mabel Ida Albertson

24-iyul 1901-yil
Vafoti 28-sentyabr 1982-yil(1982-09-28)
(81 yoshda)
Santa Monica, California, AQSH bayrogʻi AQSh
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1928—1975-yillar
Turmush oʻrtogʻi

Harold Austin Ripley (1925-1936)

Ken Englund (1937-1950)
Qarindoshlari
  • Jack Albertson (akasi)
  • Anabel Englund (nabirasi)

Hayoti

tahrir

Meybel Ida Albertson 1901-yil 24-iyulda Massachusets shtatining Haverhill shahrida, Rossiyadan kelgan yahudiy muhojirlar boʻlgan Flora va Leopold Albertsonlar oilasida tugʻilgan[1][2]. Uning ukasi aktyor Jack Albertson boʻlib u „Willy Wonka & the Chocolate Factory“ filmida Joe buva rolini ijro etgan. Ularning onasi aktrisa boʻlgan. Otasi esa poyabzal fabrikasida ishlab, oilasini boqqan[1].

Albertson shou-biznesdagi karyerasini 13 yoshida boshlagan. Oʻshanda u pianino chalish orqali har bir spektakldagi ijrosi uchun 5 dollardan gonnarar olgan[3]. Keyinchalik, Kaliforniyaga koʻchib oʻtgan va Pasadena Playhouse teatrida ijod bilan shugʻullangan.

Mabel Albertson 81 yoshida altsgeymer kasalligidan vafot etgan. Uning jasadi olovda yoqilgan va kuli Tinch okeaniga sochilgan.

Karyerasi

tahrir

Albertson odatda ikkinchi darajali komediya rollarni ijro etgan. Koʻpincha bemaʼni yoki eksantrik keksa ayol yoki bosh qahramonning haddan tashqari himoyalangan qaynonasi sifatida koʻrinish bergan. Buning eng yorqin misoli „Hexe“ filmidagi Elizabet Montgomerining nevrotik qaynonasi roli hisoblanadi. Boshqa teleseriallarda u bosh qahramonlar Tom Ewell va Dick Van Dykening onalarini oʻynagan. Uning boshqa taniqli kino rollari orasida Robert Redford va Jeyn Fonda bilan birga „Barefoot in the Park“ filmidagi Garriet xola (1967) va „Whatʼs Up, Doc?“ (1972) filmidagi Barbra Streisand va Rayan OʻNeal bilan birgalikda ijro etgan rollari ham bor. Albertson 1970-yillarning oʻrtalaridan boshlab aktrisalikdan uzoqlasha boshlagan.

Filmografiyasi

tahrir
Yil Film Rol Qoʻshimcha
1928-yil Gang War Prologuedagi jurnalist
1939-yil Mutiny on the Blackhawk Widow
1952-yil About Face Carter Akkreditatsiya qilinmagan
1952-yil My Pal Gus Frisbee Akkreditatsiya qilinmagan
1953-yil Adventures of Superman Kate White
1953-yil She's Back on Broadway Velma Trumbull
1953-yil So This Is Love Mary Garden
1954-yil About Mrs. Leslie Sims
1954-yil Black Widow Sylvia Akkreditatsiya qilinmagan
1955-yil Ma and Pa Kettle at Waikiki Teresa Andrews
1955-yil The Cobweb Regina Mitchell-Smyth
1956-yil Ransom! Partridge
1956-yil Forever, Darling Society Reporter
1957-yil Four Girls in Town Conway
1957-yil Man Afraid Maggie
1958-yil The Female Animal Irma Jones
1958-yil The Long, Hot Summer Elizabeth Stewart
1958-yil Home Before Dark Inez Winthrop
1959-yil The Hangman Amy Hopkins
1959-yil Donʼt Give Up the Ship Trabert
1959-yil The Gazebo Chandler
1959-yil Have Gun Will Travel Madame Chalon
1960-yil All the Fine Young Cannibals McDowall
1961-yil All in a Nightʼs Work Kingsley Sr
1962-yil Period of Adjustment Alice McGill
1966-yil A Fine Madness Chairwoman
1967-yil Daniel Boone Abigail Adam
1967-yil Barefoot in the Park Harriet
1970-yil On a Clear Day You Can See Forever Hatch
1972-yil Whatʼs Up, Doc? Van Hoskins

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Jack Albertson's Kinship to Cloris Leachman“. GenealogyMagazine.com. 2016-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-yanvar.
  2. Berkvist, Robert „Jack Spreads A Little Sunshine - Jack Spreads Sunshine“ (1973-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 23-yanvar.
  3. Leadabrand, Russ. „Mabel Albertson Enjoys Roles In Variety of Stage Plays“. Independent Star-News (1967-yil 17-dekabr), s. 43. Qaraldi: 2016-yil 16-fevral.

Havolalar

tahrir