Magellan bulutlari - galaktikamiz "Somon Yoʻli"ning tabiiy yoʻldoshlari; bizga eng yaqin boʻlgan qoʻshni ikkita (katta va kichik) galaktika. Ular tuzilishi boʻyicha notoʻgʻri galaktikalar sinfiga kirib, fizik qoʻshaloq sistema hisoblanadi. Osmonning Janubiy yarim sharida kuzatilib, kattasining koʻrinma oʻlchami Oydan =10-marta, kichiginiki esa <= 5-marta katta. F. Magellanning okeanlar boʻylab sayohati daftarida tasvirlangan va uning nomini abadiylashtirish maqsadida shunday atalgan. Dastlab, ular Kap bulutlari deb nomlangan.[1]

Magellan bulutlari

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil