Mahfurat Hushvaqtova
Xushvaqtova Mahfurat Jabborovna (tugʻ. 1973-yil 23-sentyabr, Qarshi, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek shifokori va davlat arbobi, 2020-yildan „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasidan IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati[1]. Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi[2]. Qashqadaryo viloyati „Ona va bola“ skrining markazi bosh vrachi.
Mahfurat Hushvaqtova | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
23-sentyabr 1973-yil Qarshi, OʻzSSR |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi |
Taʼlim | Samarqand davlat tibbiyot instituti |
Biografiya
tahrirMahfurat Jabborovna 1973-yil 23-aprelda Qarshi shahrida tugʻilgan. 1997-yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini „Umumiy tibbiyot“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[1].
Martaba
tahrirMehnat faoliyatini 1997-yilda Qashqadaryo viloyatidagi tugʻruqxonada ordinator sifatida boshlagan. Keyin 1998-2004-yillarda Qarshi shahridagi 2-sonli poliklinikada akusher-ginekolog boʻlib ishlagan. 2004-2009-yillarda oila va nikoh boʻlimi mudiri. Keyingi yillarda Mahfurat Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi ona va bola salomatligini muhofaza qilish boʻyicha mudir oʻrinbosari, 2009-2017-yillarda esa Qashqadaryo viloyati davolash diagnostika markazi ginekologiya boʻlimi mudiri va akusher-ginekologi boʻlgan[3].
Hushvaqtova 2017-yildan Qashqadaryo viloyati „Ona va bola“ skrining markazi bosh shifokori lavozimida ishlab kelmoqda[4].
2020-yildan boshlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati. „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi. Shuningdek, byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi[5].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „arxiv nusxasi“. 2021-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-noyabr.
- ↑ „ 326-IV-сон 10.06.2020. О создании межпарламентской группы по сотрудничеству «Олий Мажлис Республики Узбекистан-Парламент Японии»“. lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 2-may.
- ↑ „Кандидаты“ (ru). elections.uz. Qaraldi: 2021-yil 2-may.
- ↑ https://lex.uz/docs/5108684
- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-noyabr.