Mahmud Murodov (1990 yil 8-fevral, Buxoro, Oʻzbekiston) — oʻzbek araash janglar sportchisi , Chexiyada yashaydi. U sportdagi oʻz faoliyatini 2012 yilda boshlagan. Oktagon MMA, XFN, NW kabi tashkilotlardagi janglari bilan tanilgan. 2019 yilda UFC bilan shartnoma imzoladi. 29 yoshli jangchi oʻz karerasini 2012 yilda kichik taniqli K1EL promousheni ostida aralash janglardagi faoliyatini boshlagan. Soʻnggi yetti yil ichida Muradov 22-6 qiladi. Bu yil esa oʻrta vazn toifasida (84 kg) kurashchi uchta jang oʻtkazdi. Jangchi bir necha oy oldin besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer Murodovning Instagram’dagi postini joylashtirganda keng jamoatchilik eʼtiborini jalb qildi. AQShlik 42 yoshli bokschi Mahmudni MMA tarixidagi eng yaxshi jangchi deb atadi.

Mahmud Murodov
Tugʻilishi 8-fevral 1990 (1990-02-08) (30 yosh)

Portalga bergan intervyusida, sportchi 17 yoshida u Rossiyaga koʻchib oʻtganligini va u gastrabayter sifatida ishlaganini aytdi. Dastlab, boʻlgʻusi MMA jangchisi Tomskdagi viloyat sudida taʼmirlash ishlarini olib borgan.

Bundan tashqari, Muradov Chexiya klubida ishlagan. Klubdagi bir kecha ish uchun sportchi 80 yevro olgan. Klubda sportchi taxminan uch yil ishladi. Hozir sportchida oʻzining xavfsizlik agentligi bor.

„Men klubda ketma-ket 42 kun ishlab va jangga bordim, shundan soʻng yana 30 kun tanaffussiz ishlaganman“, — deya eslaydi Murodov.

  • Menejer Lucien Bacos Chexiyada Mahmudning mashhurligi haqida gapirdi.

"Mahmud Murodov Chexiyada haqiqiy yulduz. U yirik arenalarni yigʻib, 5 mingta chiptani sotadi. U toʻplagan eng katta maydonga, 17,5 ming odam kelgandi. „Uning ustozi Floyd Meyvezer, ammo Floyd buni aytmaydi“

Shuningdek, sportchi Floyd Meyvezer kichik bilan uchrashuvni esladi.

"Biz birinchi Chexiyada uchrashdik. U boks oqshomiga faxriy mehmon sifatida kelgan. Meni koʻrib, u bosh barmogʻini koʻrsatdi, shundan keyin uning menejeri va qoʻriqchilari oldimga kelishdi. Ular janglarimni koʻrsatishni soʻrashdi va Meyvezerda taassurot qoldi

UFC ESPN-da Trevor Smitga qarshi kurash Murodov foydasiga nokaut bilan yakunlandi va oʻsha oqshom Dana Uayt Mahmud Murodovni kechaning eng yaxshi nokauti deb tan oldi va Dana Uaytdan eng yaxshi nokaut uchun 50 ming dollar mukofot oldi.

Ayni paytda sportchi UFCda faoliyat olib bormoqda. 2018 yilda u Oʻzbekiston va Chexiya fuqaroligini oldi.

JANGLARNING STATISTIKASITahrirlash

Jami janglar Gʻalaba Magʻlubiyat Durrang
30 24 6 0
Natija Rekord Raqib Usul Tashkilot Sanasi
Gʻalaba 24-6 Trevor Smit Nokaut UFC on ESPN 7 07.12.2019
Gʻalaba 23-6 Alessio De Kiriko Gʻalaba UFC Copenhagen 28.09.2019
Gʻalaba 22-6 Uendel Olivera Markes Tehnik Nokaut (zarba) Oktagon MMA Oktagon 13 27.07.2019
Gʻalaba 21-6 Alberto Pereyra Uda Tehnik Nokaut (zarba) Oktagon MMA Oktagon 12 08.06.2019
Gʻalaba 20-6 Tato Primera Nokaut (zarba) NOW Night of Warriors 15 06.04.2019
Gʻalaba 19-6 Diego Gonsales Qaror bilan XFN 17 X Fight Nights 17 16.03.2019
Gʻalaba 18-6 Gvegoj Chivi Nokaut (zarba) XFN 15 X Fight Nights 15 27.12.2018
Gʻalaba 17-6 Deyan Topalskiy Tehnik Nokaut XFN 12 X Fight Nights 12 06.10.2018
Gʻalaba 16-6 David Ramires Tehnik Nokaut XFN 11 Back to the O2 Arena 28.06.2018
Gʻalaba 15-6 Edvaldo Xose De Olivera Tehnik Nokaut XFN 8 Vemola vs. Sloane 03.03.2018
Gʻalaba 14-6 Tomas Penz Tehnik Nokaut (zarba) XFN 6 X Fight Nights 6 07.12.2017
Gʻalaba 13-6 Zoren Dod Qaror bilan XFN 3 X Fight Nights 3 25.06.2017
Gʻalaba 12-6 Shota Lagvilava Tehnik Nokaut (zarba) STB Simply the Best 14 29.04.2017
Gʻalaba 11-6 David Ramires Tehnik nokaut XFN 2 X Fight Nights 2 18.12.2016
Gʻalaba 11-5 Damian Chandzel Sabmish usuli NOW Night of Warriors 10 05.11.2016
Gʻalaba 10-5 Rafael Silva Qaror bilan XFN X Fight Nights 12.06.2016
Gʻalaba 9-5 Tomas Kuzela Qaror bilan NOW Night of Warriors 9 12.03.2016
Gʻalaba 8-5 Andreas Birgels Tehnik Nokaut (zarba) Caveam — Bitva Roku 2015 19.03.2015
Magʻlubiyat 7-5 Matsey Rozanskiy Qaror bilan Fighting Zone — Cage Time 1 10.12.2014
Gʻalaba 7-4 Istvan Toth Sabmish usuli CMTA Pardal Gladidators Night Cage 3 24.05.2014
Gʻalaba 6-4 Krzysztof Klepacz Tehnik nokaut (zarba) MMAA — MMAA Arena 3 07.03.2014
Gʻalaba 5-4 Piter Kepkovich Sabmish usuli Fight Explosion — Navrat Kralov 06.12.2013
Magʻlubiyat 4-4 Livio Viktoriano Sabmish usuli MMAA 2 — Vemola vs. Knize 10.11.2013
Magʻlubiyat 4-3 Matsey Rozanskiy Sabmish usuli (boʻgʻish) BA 3 — The Return 11.05.2013
Gʻalaba 4-2 Pavol Langer Tehnik Nokaut (zarba) TNG Trutnovs Night Of Gladiators 07.02.2013
Magʻlubiyat 3-2 Marchin Krishtofyak Qaror bilan MFC 5 — Makowski Fighting Championship 08.12.2012
Gʻalaba 3-1 Kristof Shtaynman Tehnik Nokaut (zarba) Cage XFC — International Lake Constance Cup 2 20.10.2012
Magʻlubiyat 2-1 Kamil TSibinskiy Sabmish usuli MMAA — MMAA Arena 30.09.2012
Gʻalaba 2-0 Fransisko Silva Tehnik Nokaut (zarba) CMTA — Pardal Gladidators Night Cage 1 19.05.2012
Gʻalaba 1-0 Patrik Yevitsko Tehnik Nokaut (zarba) K1EL — Round 2 29.04.2012[1]

ManbalarTahrirlash

https://www.instagram.com/makhmud_muradov/