Asar maullifi

tahrir

Mir Haydar (manbalarda uniHaydar,Haydariy,Haydar telba deb ham atashgan) XIV asrning oxiri XV asrning bitinchi yarmida yasgab ijod etgan shoir.Kunimizgacha uning "Mahzanu-l-asror"masnaviysi yetib kelgan.

Tuzilishi

tahrir

Asar Nizomiy Ganjaviyning ayni nomdagi forscha masnaviysiga nazira sifatida yaratilgan. Shoir ushbu masnaviysini Temurbekning nevaralaridan biri Iskandar Mirzoga tortiq qilgan. Asarning muqaddimasida unga bagʻishlangan qasidasi ham bor. Asar muqaddima, toʻqqiz bob va xotimadan iborat.Jami 619 baytli.

Nusxalari

tahrir

Mahzanu-l-asror asarining uygʻur va arab yozuvli qoʻlyozmalari saqlangan.Uning uygʻur xatida bitilgan qoʻlyozmasi uchta.Shulardan biri asardan olingan 33 baytli uzundan boʻlib ,uni 1444yili Samarqanda Zaynu-l-Obidin koʻchirgan deya taxmin qiladilar.Asarning uygʻur yozuvli boshqa bir qoʻlyozmasini Alishahbaxshi koʻchirgan. Mahzanu-l-asror ning uygʻur yozuvli uchinchi nusxasi Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasining Ayosofiya boʻlimida saqlanayotgan 4757-koʻrsatgichli majmua tarkibida. Majmuani Abdulrazzoq ismli baxshi 1480 yili Istanbuldakoʻchirgan. Asarning arab yozuvli nusxalari ham dunyoning turli qoʻlyozma fondlarida saqlanmoqda.

Manbalar

tahrir

[1]

  1. Sodiqov, Qosimjon. XIV-XVI yuzlyilliklarning yozma yodhorliklari. Toshkent: Akademnashr, 2020 — 73-bet.