Max von Laue (talaffuzi: Maks fon Laue) (1879.9.10, Pfaffendorf, Koblens yaqinida — 1960.24.4, Berlin) — nemis fizigi. Berlin universitetini tugatgan (1904). Ilmiy ishlari optika, kristallofizika, oʻta oʻtkazuvchanlik, nisbiylik nazariyasi, kvant nazariya, atom fizikasi, qattiq jismlar fizikasi va boshqalarga oid. Kristallarda rentgen nurlari interferensiyasi nazariyasini yaratib, bu nurlar uchun kristallardan difraksion panjara sifatida foydalanishni taklif qilgan, kristallarda rentgen nurlarining difraksion nazariyasini ishlab chiqqan (1912). Uning rahbarligida birinchi marta lauegramma olingan va bu bilan rentgen struktura analiziga asos solingan. Nobel mukofoti laureati (1914).[3][4]

Max von Laue
Tavalludi 9-oktyabr 1879[1][2]
Vafoti 24-aprel 1960[1]
Fuqaroligi Germaniya

Manbalar tahrir