Makshevat gʻori
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Makshevat gʻori - Tojikistondagi gʻor. Zarafshon tizmasining sharkiy qismida, 3000 m balandlikda joylashgan. Silurdevon davriga mansub boʻlgan ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorning kirish qismi katga xonadan iborat (balandligi 23 m). Gʻor ichiga 11 m kirilgandan soʻng uning balandligi 3 m ga pasayadi. Soʻngra gor yana kengayib keyingi xonaga (balandligi 10 m ga yaqin) oʻtiladi. Xonadan oʻtgach, gor zinapoya (balandligi 3 m li) shaklida pastga yoʻnalgan. Zinapoyadan keyin, sahni va devorlari muz bilan qoplangan xona boshlanadi (uz. 10 m, balandligi 15 m). Xonadan soʻng gʻor, muz bilan qoplangan va pastga yoʻnalgan zinapoyasimon pogʻona (balandligi 4,5 m) hosil qiladi. Gʻor sahni koʻtarilib, tor tirqish shaklida tugaydi. Muzning mavjudligi va havo haroratining pastligi sababli gʻor ichkarisida doimiy salqin muhit saqlanadi. Gʻorning umumiy uz. 102 m dan ziyod.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |