Maksim Konsevich

rus millatiga mansub fransuz matematigi
(Maksim Kontsevichdan yoʻnaltirildi)

Maksim Lvovich Konsevich (ruscha: Макси́м Льво́вич Конце́вич) (1964-yil 25-avgustda tugʻilgan) — rus millatiga mansub fransuz matematik. Edward Wittenning kvant gravitatsiyasining ikki modeli ekvivalentligi haqidagi gipotezasini isbotlab, shuhrat qozongan. 1998-yil Fields medali bilan taqdirlangan. Ayni damda Fransiyadagi Ilmiy tadqiqot oliy institutida ishlaydi.

Maksim Konsevich
Tavalludi 25-avgust 1964-yil (1964-08-25) (60 yosh)
Ximki, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi
Fuqaroligi Rossiya, Fransiya
Sohasi Matematika
Institutlar Ilmiy tadqiqot oliy instituti
Taʼlimi Bonn universiteti
Moskva davlat universiteti
Akademik rahbarlari Don Bernard Zagier
Mashhur shogirdlari Sergey Barannikov
Mashhur ishlari Distributiv algebra
Mukofotlari EMS mukofoti (1992)
Otto Hahn medali (1992)
Henri Poincaré mukofoti (1997)
Fields medali (1998)
Crafoord mukofoti (2008)
Shaw mukofoti (2012)
Fundamental fizika mukofoti (2012)
Matematik yutuq mukofoti (2014)

Konsevich taniqli sharqshunos olim Lev Konsevichning oʻgʻlidir. 1985-yil Moskva davlat universitetini tamomlagan. Bir necha yil davomida SSSR Fanlar akademiyasida ishlagan. 1992-yil Bonn universitetidan PhD darajasini olgan.

Konsevich zamonaviy fizikaning fundamental masalalari boʻyicha izlanishlar olib borib keladi. Supertolalar nazariyasining yetakchi mutaxassislaridan biri Brian Green Konsevich oʻz asarlari bilan bu nazariyani boshi berk koʻchadan olib chiqqanini aytgan. Konsevich, shuningdek, matematik fizikaning geometrik jihatlari boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Xususan, Konsevich tugun teoriyasi, kvantlashtirish hamda koʻzgu simmetriyasi sohalarini oʻrganib keladi.