Edward Witten
Edward Witten (talaffuzi: Edward Uitten) (1951-yil 26-avgustda tugʻilgan) — amerikalik matematik va nazariy fizik, Perspektiv tadqiqotlar instituti professori. Witton tola nazariyasi, kvant gravitatsiyasi, supersimmetrik kvant maydoni teoriyalari hamda matematik fizikaning boshqa sohalaridagi ishlari bilan tanilgan.
Witten tola nazariyasi boʻyicha yetakchi mutaxassislarning biridir. U turli tola nazariyalatini gipotetik M-teoriyaga birlashtirgan. Witten oʻz zamonasining eng yetuk fiziklardan biri hisoblanadi.
Witten nafaqat fizika, balki sof matematikaga ham salmoqli hissa qoʻshgan. Olim 1990-yilda Fields medali bilan taqdirlangan ilk fizik boʻldi. Witten ushbu mukofotni 1981-yilda umumiy nisbiylik nazariyasida musbat energiya teoremasini isbotlab bergani uchun olgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Edward Witten“. Institute for Advanced Study. Qaraldi: 2022-yil 14-iyul.