Maksim Rilskiy
Maksim Fadeyevich Rilskiy [1895.7(19).3 – Kiyev – 1964.24.7] – ukrain shoiri, olim va jamoat arbobi. SSSR Fanlar akademiyasi (1958) va Ukraina Fanlar akademiyasi (1943) akademik Ukraina Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1943—46). Ukraina Fanlar akademiyasi Sanʼatagunoslik, folklor va etnografiya instituti direktori (1944—64). Ilk sheʼrlar kitobi – „Oq orollarda“ (1910). Sheʼriy toʻplamlarida xalqlar doʻstligi, vatanparvarlik gʻoyalari aks etgan („Kuzgi yulduzlar ostida“, 1918; „Chorrahada“, 1929; „Mening Vatanim“, 1936; „Uzum yigʻish“, 1940 va boshqalar). „Marina“ sheʼriy qissasida (1933) qul ayol obrazi yaratilgan. „Ona Vatan uchun“ (1941), „Asl qurol“ (1942) sheʼriy toʻplamlari va „Yoshlikka sayohat“ dostoni (1944) urush mavzuida. „Koʻpriklar“ (1948), „Gullar va uzum“ (1957), „Olis ufklar“ (1959), „Turnalar galasi“ (1960), „Toʻrgʻay koʻlankasi“ (1961), „Kishki xotiralar“ (1964) va boshqa asarlar muallifi. A. S. Pushkin, M.Yu. Lermontov, A. Mitskevich, Yu. Slovatskiy va fransuz klassiklarining asarlarini ukrain tiliga tarjima qilgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |