Maldonado (Urugvay)
Maldonado (ispancha talaffuzi: [maldoˈnaðo]) – Urugvayning Maldonado departamentining markazi. 2021-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra aholisi soni boʻyicha mamlakatning sakkizinchi shahri.
Maldonado Maldonado | |
---|---|
34°54′0″N 54°57′0″E / 34.90000°N 54.95000°E | |
Mamlakat | Urugvay |
Asos solingan | 1755-yil |
Aholisi | 62,590 |
Vaqt mintaqasi | UTC-3:00 |
Telefon kodi | +59842 |
Pochta indeks(lar)i | 20000 |
|
Aholisi
tahrir2011-yilda Maldonado shahri aholisi 62,590 kishidan iborat edi[1].
Yil | Aholi soni |
---|---|
1908-yil | 4,431 |
1963-yil | 15,005 |
1975-yil | 22,762 |
1985-yil | 33,535 |
1996-yil | 48,936 |
2004-yil | 54,603 |
2011-yil | 62,590 |
Manba: Urugvay Milliy universiteti[2].
Diqqatga sazovor joylari
tahrir- San Fernando de Maldonado sobori, neoklassik sobor boʻlib, qurilishi 1801-yilda boshlangan va 1895-yilda qurib bitkazilgan.
- Kuartel de Dragones (Ajdaholar kazarmasi), 1771-yilda qurish boshlangan va 1797-yilda qurib bitkazilgan.
- 1800-yilda Rafael Peres del Puerto rahbarligida qurilgan Torre del Vigia („hushyorlik minorasi“ yoki oddiyroq aytganda, „qoʻriqlov minorasi“). Uning vazifasi Buenos-Ayresga kirish joyidagi maʼmurlarni Rio-de-la-Plataga har qanday kema yaqinlashayotgani haqida xabar berish edi.
- El Puente de la Barra koʻprigi[3].
- Casapueblo mehmonxonasi.
Ibodat joylari
tahrir- St. Ferdinand sobori
- Our Lady of the Remedies cherkovi
- Our Lady of the Thirty-Three cherkovi
Taniqli insonlari
tahrir- Alberto Abdala (1920—1986), 1967-1972 yillarda Urugvay vitse-prezidenti boʻlgan.
- Johnny Aquino (1978-yilda tugʻilgan), Sarmiento de Junín futbol klubi yarim himoyachisi[4].
- Maite Cáceres (2003-yilda tugʻilgan), poygachi.
- Martín Campaña (1989-yilda tugʻilgan), Serro Largo futbol klubi darvozaboni[5].
- Fernando Clavijo (1956—2019), Colorado Rapids klubining sobiq futbolchisi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Censos 2011 Maldonado (needs flash plugin)“. INE (2012). 2012-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
- ↑ „Statistics of urban localities (1908–2004)“ (PDF). INE (2012). 2015-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
- ↑ „Puente de la Barra de Maldonado“.
- ↑ „Ficha Estadistica de JOHNNY AQUINO -johnny eduardo aquino- (perfil, ficha, profile, stats)“. www.bdfa.com.ar.
- ↑ „Uruguay – M. Campaña – Profile with news, career statistics and history – Soccerway“. int.soccerway.com.
Havolalar
tahrir- Maldonado, Punta del Este, Punta Ballena, Casapueblo, Xose Ignasio, Piriapolis, La Barra, Sierra De Las Animasning koʻplab rasmlari
- Maldonado portali (Wayback Machine saytida 2021-02-24 sanasida arxivlangan)
- Punta del Este, Maldonadodagi mehmonxonalar
- Maldonado, Villa Delia, La Sonrisa, Cerro Pelado, Los Aromos va Pinares-Las Deliciasning INE xaritasi
- Intendencia tomonidan Maldonado shahri xaritasi (Wayback Machine saytida 2014-03-08 sanasida arxivlangan)