Malik Qayumov
Malik Qayumovich Qayumov (1912.22.4, Toshkent – 2010.29.4, Moskva) – kinorejissor, kinooperator. Oʻzbekiston xalq artisti (1948). SSSR xalq artisti (1967). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1946). Mehnat Qahramoni (5.12.1990). Butunittifoq kinematografiya instituti (VGIK)ni tugatgan (1932).
Malik Qayumov | |
---|---|
Tavalludi |
22-aprel 1912-yil |
Vafoti |
29-aprel 2010-yil (98 yoshda) Moskva |
Fuqaroligi |
SSSR Oʻzbekiston |
Kasbi | kinorejissor, kinooperator, aktyor |
Faoliyat yillari | 1929—2010 |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirMalik Qayumov 1911-yil aprel-may oylarida[1] (rasmiy maʼlumotlarga koʻra 1912-yil 22-aprel) Toshkentda tugʻilgan. Millati oʻzbek. Uning tugʻilgan kunining aniq sanasi nomaʼlum: oʻsha paytda FHDYo yozuvlari mavjud emasdi. Otasi Abduqayum Qayumov Oʻzbekistondagi eng badavlat odamlardan boʻlgan, bir nechta teri zavodiga ega boʻlgan, 400 gektar yerda mevali bogʻlari boʻlgan. Otlarga mehr-muhabbat tufayli u ippodrom qurib, u yerda ot poygalarini uyushtirgan. Oʻlimidan soʻng (otasi vafot etganda Malik uch yoshda edi) uning bank hisob varagʻidan 10 million oltin rubl topilgan.
Onasi Sabriniso aya ziyoli ayol boʻlgan. Rus tilini yaxshi bilardi, arab tilida kitoblar oʻqigan va Qur’onni yaxshi bilardi. Qayumovlar oilasida oʻn toʻrtta bola bor edi, lekin ularning koʻplari ochlikdan vafot etib, faqat beshtasi tirik qolgan. Oila onasi tikkan kashta, bolalari esa bozorda sotgan bosh kiyimi puliga kun koʻrgan.
Malik Qayumov olti yoshida mahalla maktabiga oʻqishga kirib, uni 1920-yilda boshida tamomlagan. Ustozi Tohiriy boʻlib, keyinchalik Lenin ordeni bilan taqdirlangan va „Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi“ unvoni berilgan. Tohiriy maktabidan Oʻzbekistonning koʻplab mashhur shaxslari yetishib chiqqan, xususan, akademiklar Obid Sodiqov, Hamdam Usmonov, Malik Nabiyev, Malikning ukasi Abduhamid keyinchalik Oʻzbekiston SSR avtomobil yoʻllarini qurish va foydalanish vaziri boʻldi.
Faoliyati
tahrirFaoliyatini Toshkent „Sharq yulduzi“ kinofabrikasida kino artisti hamda kinooperator yordamchisi sifatida boshlagan (1929—1931). Dastlab "Bagʻdodda „amerikon paxtasi“" (1931), „Qumlikdagi voha“ (1932), „Oʻlim qudugʻi“ (1939) kabi filmlarda rollar oʻynagan. Toshkent kinoxronika studiyasida operator, ayni paytda „Soyuzkinoxronika“ning Oʻrta Osiyo muxbiri (1932—1940). Hujjatli filmlar markaziy studiyasining Ikkinchi jahon urushi frontlaridagi harbiy kinooperatori. Toshkent badiiy va hujjatli xronikal filmlar studiyasida kinooperator, rejissyor, xronika direktori, badiiy rahbari (1946—1960). Oʻzbekiston ilmiyommabop va hujjatli fiLmlar studiyasining direktori, badiiy rahbari (1961—1975). 1976—1993-yillar Oʻzbekiston kinematografiya xodimlari soyuzi pravleniyesining birinchi kotibi. Qayumov ijodiy faoliyati davomida 200 dan ortiq hujjatli va ilmiyommabop filmlar yaratdi. U oʻz filmlarida Oʻrta Osiyo hayotiga oid voqealar, uning tabiati, fani va xoʻjalik hayotini aks ettirgan. Toshkent Fargʻona kanali qurilishiga bagʻishlangan „Qudratli oqim“ (hamkorlikda yaratilgan), „Toshkent toʻqimachilik kombinati“, „Oʻzbekiston geografiyasi“, „Ona diyor“, „Toʻrt darvozali shahar“, „Farhod chiroqlari“, „Hindiston tongi“, „Oʻzbekistonimizga keling“, „Insoniyatning besh qoʻli“, „Vyetnam – mening mamlakatim“, „Bahordan bahorgacha“, „13 qaldirgʻoch“, „Toshkent, Zilzila“, „Goʻzallikning uch siri“, „Samarqand hamisha men bilan“, „Sanʼatga baxshida umr“, „Oltin Bengaliya“, „Oʻzbek atlasi“,, „Paranji“, „Sharqda shunday shahar bor“ (yoki „Toshkent bilan uchrashuv“), „Bryussel“ va boshqalar qisqa, toʻla metrajli filmlari oʻzbek hujjatli kinosi rivojida muhim ahamiyat kasb etdi.
Samarqand ekspeditsiyasi
tahrir1941-yil iyun oyida Toshkent kinoxronika studiyasidan Malik Qayumov Amir Temur dafn etilishini oʻrganish maqsadida – Samarqandda Amir Temur, uning oʻgʻli Shohruh va nabirasi Ulugʻbek qabrini ochish boʻyicha ekspeditsiyaga yuborildi. Qayumov oʻsha vaqtda respublikada taniqli operator edi. Qazishmalarda hukumat komissiyasi raisi, sharqshunos olim A.A.Semyonov, ilgari podsho Ivan Grozniyning qiyofasini suyak qoldiqlaridan tiklagan M.M.Gerasimov, olim T.N.Qori-Niyoziy, yozuvchi S.Ayniy ishtirok etgan.
Qayumov Amir Temur qargʻishiga ishongan va agar eksgumatsiya boshlanmasa, ikkinchi jahon urushi boʻlmasdi deb hisoblaydi. U bu haqda „Проклятие Тамерлана“ (Temur qargʻishi)(2003) hujjatli filmida intervyu berib, batafsil gapirib bergan[2]. Qayumov o‘z kitobida qabrni ochishdan oldin choyxonada bir guruh oqsoqollar bilan uchrashib, qabrni ochishdan ogohlantirib, bu dahshatli urushga sabab bo‘lishini aytgani, ammo antropologlar bu ogohlantirishni qabrlarni talon-taroj qilishni oldini olish uchun yaratilgan afsona sifatida qabul qilishgan[3][4][5][6]. Temur qabri qazilganidan ko‘p o‘tmay, fashistlar Germaniyasi “Barbarossa” operatsiyasini boshladi va Qayumov o‘z ixtiyori bilan frontda kamera operatori bo‘lib ishlagan. Kalinin frontida turganida Qayumov marshal Jukov bilan uchrashishga muvaffaq bo'lgan va u yerda „Temur qargʻishi“ haqida xabar berdi va Temurni qayta dafn qilishni tashkil qilish uchun Stalinga xabar berishni iltimos qildi. 1942-yil noyabrda Gerasimov Amir Temur suyaklarini musulmon urf-odatlari bilan qayta dafn qildi va mahalliy afsonalar Stalingrad jangidagi Sovet qoʻshinlarining gʻalabasini Temurning qayta dafn etilishi bilan bogʻlaydi[7][8][9][10]. Keyinchalik, 1944-yilda urush paytida Qayumov oyog'idan og'ir yaralangan. Natijada oyog'i umrining oxirigacha oqsoq bo'lib qolgan[6].
Vafoti
tahrirMalik Qayumov 2010-yil 29-aprel kuni Moskvadagi qarindoshlarinikiga tashrif buyurganida to'satdan vafot etgan. Jasadi O‘zbekistonga olib kelinadi va islomiy dafn marosimi bilan Toshkent shahridagi Sag‘bon qabristoniga dafn qilinadi[11][12][13].
Mukofotlari
tahrirMalik Qayumov nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon hujjatli kinosi rivojiga oʻzining munosib hissasini qoʻshdi va bu oʻz vaqtida Nyu-York, Venetsiya va Leypsig xalqaro kinofestivallarining katta oltin medallari va „Oltin Kabutar“ mukofoti bilan, jahon hujjatli kinosi rivojiga qoʻshgan hissasi uchun maxsus diplom bilan taqdirlangan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1964). „El-yurt hurmati“ ordeni (1999) va „Jasorat“ medali bilan mukofotlangan (1995)[14].
Manbalar
tahrir- ↑ „Герой Социалистического Труда Каюмов Малик Каюмович :: Герои страны“. 2015-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-may.
- ↑ „Проклятие Тамерлана (2003)“ (ru-RU). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-noyabr.
- ↑ Central Asia Brief (en). Islamic Foundation, 1994.
- ↑ „Guri Amir Mausoleum“ (en-us). GEOMERID.COM. Qaraldi: 2023-yil 2-may.
- ↑ Shlionskaya, Irina. Мистическое искусство: скрытые смыслы и спорные теории (ru). Litres, 2020-10-25. ISBN 978-5-04-290302-1.
- ↑ 6,0 6,1 Yanyshev, Sanjar „Малик Каюмов: «Меня упрекали в том, что мои картины слишком красивы. Но разве не красивы моя земля и мой народ?..» - Фергана - международное агентство новостей“. fergananews.com (2006-yil 6-iyun). Qaraldi: 2023-yil 2-may.
- ↑ Malyshev, Vladimir. Кинематограф Узбекистана и ВГИК (ru). Litres, 2022-05-15. ISBN 978-5-04-173673-6.
- ↑ Olovintsov, Anatoly. Тюрки или монголы? Эпоха Чингисхана (ru). Litres, 2022-05-15. ISBN 978-5-04-004933-2.
- ↑ Fyodorova, Yelena. Давние века истории России (ru). Новый ключ, 2008.
- ↑ McChesney, R. D.. Four Central Asian Shrines: A Socio-Political History of Architecture (en). BRILL, 2021-05-25. ISBN 978-90-04-45959-5.
- ↑ Jones, Pauline. Islam, Society, and Politics in Central Asia (en). University of Pittsburgh Press, 2017-06-23. ISBN 978-0-8229-8196-1.
- ↑ „Умер легендарный документалист и оператор Малик Каюмов“ (ru). РИА Новости (2010-yil 29-aprel). Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
- ↑ „Малик Каюмов. Правда о саркофаге Сахибкирана“ (ru-RU). Письма о Ташкенте. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |