Malika Abdullaxoʻjayeva

Malika Samadovna Abdullaxoʻjayeva (1932.28.11, Moskva – 2018.26.06) – patolog-anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000). Tibbiyot fanlari doktori (1968), professor (1970). Oʻzbekiston qahramoni ordeni bilan taqdirlangan. Toshkent tibbiyot akademiyasini bitirgan (1956). Toshkent tibbiyot akademiyasi Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi mudiri (1960 – 62), O‘zbekiston rentgenologiya, radiologiya va onkologiya ilmiy tadqiqot instituti patomorfologiya va gi-stoximiya laboratoriya mudiri (1963-69), Toshkent tibbiyot akademiyasi (1969 – 90), 1990 yildan 2-Toshkent tibbiyot akademiyasi patologik anatomiya kafedrasi mudiri. Abdullaxoʻjayevaning ilmiy ishlari, asosan nerv sistemasining immunopatologiyasi, geografik patologiya va tibbiyot tarixi masalalariga bag‘ishlangan, O‘zbekistonda tibbi-yot sohasidagi yangi yo‘nalish – transplantatsiyey immunopatologiya asoschisi. 6O‘zbek va rus tillarida chop etilgan birinchi patologik anatomiya darsligining (1997) muallifi. Kaliforniya shtatining faxriy fuqarosi (1986 yildan).[1]

Malika Samadovna Abdullaxoʻjayeva
Tugʻilishi 28-noyabr 1932-yil(1932-11-28)
Vafoti 28-iyun 2018-yil(2018-06-28)
(85 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoniMehnat shuhrati ordeniOrder badge of honor rib.pngMehnat fahriysi 100 lenin rib.png

ManbalarTahrirlash