Mamed Sattarov
Mamed Sattarovich Sattarov (1907yil 21-yanvar, Astara – 1972-yil 9-dekabr, Oʻsh) – Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati tashkilotchilaridan biri
Mamed Sattarov | |
---|---|
Tavalludi |
1907-yil 21-yanvar Astra Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
1972-yl 9-dekabr Oʻsh |
Fuqaroligi | Rossiya → SSSR |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirSattarov Mamed 1907-yil 21-yanvarda Boku viloyati, Lankaron tumani, Astara qishlogʻida mardikor oilasida tavallud topgan. Doimiy jangovar harakatlar va ocharchilik boshlanishi sababli oila 1921-yilda Toshkentga koʻchib oʻtadi[1].
1928-yilda KPSS (b) safiga qoʻshilgan.
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida ishlagan, 1939—1940-yillarda Samarqand ipak oʻrash kombinati bosh muhandisi boʻlgan. 1940-yil dekabrdan SSSR Xalq Komissarlari Soveti va Bolsheviklar KP MKning „Oʻzbekistonda ipakchilikni yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarorini amalga oshirishda ishtirok etgan. Fargʻona ipak oʻrash kombinati (1940—1941), Margʻalon ipak oʻrash kombinati (1942—1943), Namangan grenaj zavodi (1943—1947) direktor boʻlib ishladi. Margʻilon ipak kombinati ipak oʻrash tsexi mudiri (1947—1950) va Margʻilon ipak kombinati direktori oʻrinbosari (1950—1952) lavozimlarida ishlagan.
1953—1962-yillarda Oʻsh ipak kombinatini boshqargan. Bu davrda bir necha bor xalq deputatlari Oʻsh viloyat va Oʻsh shahar Kengashlariga deputat etib saylangan[2].
1964-yildan Oʻsh ipak kombinatida ishlab chiqarish texnologi boʻlib ishlagan. 1972-yil 9-dekabrda uzoq davom etgan kasallikdan (saraton) soʻng vafot etgan.
Oilasi
tahrirXotini: Sure Huseynovna Sattorova (1911 – 1995).
Oʻgʻli: Firutdin. Uning rafiqasi Lili; ularning bolalari Ella, Larisa, Rika.
Mukofotlar
tahrirManbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- // Lenin yoʻli: gazeta. – Oʻsh, 1953. – No 57.