Mamlakat Mahkamova

oʻzbekistonlik olima, iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Mamlakat Abduqodirovna Mahkamova (1965-yil 13-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2022-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik olima, iqtisodiyot fanlari doktori (2004), professor (2008).

Mamlakat Abduqodirovna Mahkamova
Tavalludi 13-iyun 1965-yil
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 2022-yil (57 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi iqtisodchi
Sohasi iqtisodiyot
Taʼlimi Toshkent politexnika instituti
Ilmiy darajasi iqtisodiyot fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi

tahrir

Mamlakat Mahkamova 1965-yilg 13-iyun Toshkent shahrida tarix fanlari doktori, professor Oʻrolov Abduqodir oilasida tug‘ilgan[1]. 1988-yilda Toshkent politexnika institutini muhandis–iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. 1992—2002-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti „Mashinasozlik iqtisodiyoti va uni boshqarish“ kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi, kafedra mudiri, 2004—2005-yillarda universitetning „Biznes boshqaruvi“ fakulteti dekani, 2006—2010-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti „Menejment va marketing“ kafedrasi mudiri[2], 2017—2022-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti „Korporativ boshqaruv“ kafedrasi, soʻngra „Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti“ kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat koʻrsatgan[1].

Ilmiy faoliyati

tahrir

1988—1992-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot instituti aspiranturasida oʻqigan. 1994-yilda „Bozor munosabatlarida o‘tish sharoitida O‘zbekiston Respublikasining mashinasozlik korxonalarida ishchilarni moddiy ragʻbatlantirish“ mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilib, iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darjasini olgan. 2004-yilda iqtisodiy fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 1998-yilda dotsent, 2008-yilda professor ilmiy unvoni beilgan[3]. 25 dan ortiq oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar, 3 ta monografiya, 3 ta darslik, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[3].

Manbalar

tahrir