Mamushi – amerikalik reper Megan Thee Stallion va reper Yuki Chiba tomonidan kuylangan qoʻshiq. Bu qoʻshiq Meganning 2024-yildagi „Megan“ nomli albomidan joy olgan. TikTok video platformasida mashhurlikka erishganidan soʻng, ushbu qoʻshiq Hot Girl Productions va Alternative Distribution Alliance tomonidan 2024-yil 30-iyulda albomning toʻrtinchi singli sifatida shahar radiosida eshittirilgan. Koshi tomonidan yozilgan mazkur ikki tildagi trek Megan va Chiba tomonidan birgalikda ijro etilgan.

„Mamushi“
Megan Thee Stallion va Yuki Chiba qoʻshigʻi
„Megan“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 30.07.2024
Studiya Hot Girl Productions va Alternative Distribution Alliance
Janr Hip Hop
Leybl 2:36
Matn muallif(lar)i Megan Pete, Yuki Chiba, Koshiro Ota
Prodyuser(lar) Koshy
Megan Thee Stallion va Yuki Chiba singllari xronologiyasi
„Boa“
(2024)
Mamushi
(2024)
„Neva play“
(2024)

Qoʻshiqning yaratilishi

tahrir

„Mamushi“ dastlab Megan Thee Stallionning 2024-yil 28-iyunda chiqarilgan uchinchi studiyaviy albomining treki sifatida ijro etilgan. Qoʻshiq TikTokdagi @mona712_official nomli foydalanuvchi tomonidan yaratilgan TikTok raqsli trendi tufayli shuhrat qozonadi, xuddi shunday videolardan 9-iyulgacha yana 157 000 tasi tarmoqqa joylanadi[1][2]. Bunga javoban Megan oʻzining bir nechta shu uslubda olingan videolarini TikTokka joylashtirgan[3][4]. 30-iyulda qoʻshiq shahar radiosida ham eshittirila boshlangan. Bu vaqtga kelib, u eng koʻp eshitilgan qoʻshiqlar orasida birinchi oʻrinni egallagan[5].

Qoʻshiq haqida

tahrir

Koshi tomonidan yozilgan ushbu qoʻshiqda Megan va Chiba ham ingliz, ham yapon tillarida rep aytishadi[6]. Qoʻshiq nomi asosan Yaponiyada uchraydigan ilon turi boʻlgan mamushidan olingan, bu Meganning avvalgi „Kobra“, „Hiss“ va „Boa“ singllaridagi ilon bilan bogʻliq tasvir va metaforalarni davomi hisoblanadi. Lirik jihatdan, „Mamushi“ Meganning oʻtmishi haqida kuylangan. Qoʻshiqni birinchi yarmi yapon tilida boʻlib, bu qismni Chiba kuylagan: „Okane kasegu, orera va sutā“ (お金稼ぐ俺らはスタ), bu jumlaning maʼnosi „Biz pul topamiz, biz yulduzmiz“ deganidir. Megan qoʻshiqning ikkinchi yarmidagi „Vatashi va sutā“ (私はスター) iborasini aytadi, bu esa „Men yulduzman“ deya tarjima qilinadi. Yapon tilida ayollar oʻziga nisbatan men deb aytishda „vatashi“ soʻzidan foydalanishadi[7].

Kevin Leyva rejissyorligida olingan „Mamushi“ klipi premyerasi 2024-yil 9-avgustda boʻlib oʻtgan. Tsurumaki Onsen Jinya va Engaku-ji ibodatxonasida klipning baʼzi qismlari suratga olingan. Videoda Megan ulkan mamushi iloniga aylanib erkaklarni oʻz uyasiga jalb qiladi va ularni oʻldiradi. Yuki Chiba Meganning hammomida oʻlayotgan qurbonlarni kuzatib turadi, qotillik joyini tozalaydi va qurbonlarni koʻk rangga boʻyaydi. Keyin ular Meganning har bir soʻziga kirib, unga ergashadigan oʻliklar armiyasiga aylanadi. Meganning orqasida turgan koʻk yuzli erkaklar guruhi yapon kinorejissori Akira Kurosavaning 1990-yilda suratga olingan „Orzular“ filmiga ishora qiladi[8][9].

Tijoriy koʻrsatkichlari

tahrir

„Mamushi“ premyerasining ilk haftasidanoq Amerikaning Billboard Hot 100 roʻyxatida 7,3 million koʻrishlar soni va 1000 marta yuklab olinish koʻrsatkichi bilan haftalikda 68-oʻringa chiqqan. Keyingi haftalarda esa 36-oʻrinni egallagan. Bu qoʻshiq Chiban qoʻshiqlarining orasida Billboard Hot 100 roʻyxatiga kirgan birinchi qoʻshigʻi boʻlgan[10][11].

Mukofotlari

tahrir
Yil Marosim Turkum Natija Manba
2024 BET Hip Hop Yil qoʻshigʻi Nominatsiya [12]
Eng yaxshi kolloboratsiya Nominatsiya
MTV Video Music Eng yaxshi klip Yutuq [13]

Manbalar

tahrir
  1. Fabris, Andres „Megan Thee Stallion and Yuki Chiba's 'Mamushi' Goes Viral On The Charts“ (en-US). Music Daily (2024-yil 9-iyul). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
  2. Kassahun, Tomas „How Megan Thee Stallion's 'Mamushi' Is Going Viral On TikTok - Blavity“ (en). Blavity News & Entertainment. Qaraldi: 2024-yil 13-avgust.
  3. Ford, Lucy „Megan Thee Stallion Out-Cosplayed Herself With New Sailor Moon Look“ (en-US). Teen Vogue (2024-yil 10-iyul). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
  4. Corrine, Amber „Megan Thee Stallion Cosplays As Sailor Moon While Hitting Viral Moves To Her Song "Mamushi"“ (en-US). Vibe (2024-yil 10-iyul). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
  5. „Megan Thee Stallion & Yuki Chiba's 'Mamushi' Becomes the #1 Most Added Song on Urban Radio“. TheGrapeJuice (2024-yil 30-iyul). Qaraldi: 2024-yil 30-iyul.
  6. A., Aron „Megan Thee Stallion "Megan" Review“. HotNewHipHop (2024-yil 2-iyul). Qaraldi: 2024-yil 11-iyul.
  7. Robinson, Siobhan „Megan Thee Stallion & Yuki Chiba's "Mamushi" Lyrics Are All Over TikTok, but What Do They Mean?“ (en-US). Her Campus (2024-yil 10-iyul). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
  8. Carter, Ashleigh „Megan Thee Stallon Pays Homage to Japanese Films in 'Mamushi' Video“ (en-US). Teen Vogue (2024-yil 10-avgust). Qaraldi: 2024-yil 13-avgust.
  9. Garcia, Thania „Megan Thee Stallion Pays Homage to Japanese Cinema in Action-Packed Video for 'Mamushi'“ (en-US). Variety (2024-yil 9-avgust). Qaraldi: 2024-yil 13-avgust.
  10. Zellner, Xander (July 9, 2024). „Hot 100 First-Timers: Yuki Chiba, Loco & BabyTron All Score First Entries Thanks to Collaborations“. Billboard.
  11. „World Digital Song Sales (July 20, 2024)“. Billboard. July 16, 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: July 16, 2024.
  12. Grein, Paul „Megan Thee Stallion Leads 2024 BET Hip Hop Awards Nominations: Full List“ (en-US). Billboard (2024-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-sentyabr.
  13. Horowitz, Steven J. (September 12, 2024). „Taylor Swift, Chappell Roan and Megan Thee Stallion Win Big at MTV Video Music Awards, Plus Full List of Winners“. Variety. September 12, 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 12, 2024.