Manak
Manak (ruscha: Манак) — Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyati Xoʻjaobod tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan. Manak Xoʻjaobod tumani janubida joylashgan. Manak shaharchasi atrofida Karnaychi, Dilkushod, Orday, Qaroqchi va Toʻraobod kabi qishloqlar joylashgan. Manakning janubiy tarafida Chilustun togʻlari, janubi sharqiy tarafida Kerme-Too togʻi mavjud. Manak tuman markazidan 8km, Oʻsh shahridan 13km va Andijon shahridan 30km uzoqlikda. Bundan tashqari Manak shaharchasining shimoli gʻarbiy qismida Manak-Ota togʻi qad rostlagan. Bu togʻ qadimiy va choʻkib borayotgan togʻ hisoblanadi. Manak-Ota togʻi ziyoratgoh sifatida mahalliy aholi tomonidan eʼzozlanadi va u 2019-yil oktyabr oyida davlat muhofazasiga olingan. Manakning gʻarbiy qismida Savay oqova suv arigʻi oqib oʻtgan. Gʻarbiy tarafdagi yerlar va aholi shu katta Savay arigʻi suvidan foydalanishadi. Savay oqova arigʻi Janubiy Fargʻona kanali tarmoqlaridan biridir. Ariq suvni shu kanaldan oladi. Manak shaharchasi past va tekkis yerlarda iborat. Sharqiy tarafi gʻarbiy tomonidan balandrogʻ. Shu boisdan Manakga suv sharqdan keladi. Asosiy suv manbai katta Savay arigʻi va sharqiy mahallardan oqib oʻtuvchi ariqlardir. Manakning janubiy tomonida Qirgʻiz-ariq arigʻi oqadi. Bu ariqda asosan Dilkushod , Toʻraobod va Karnaychi qishloqlari foydalanishadi. Tuprogʻi boʻz, unumdor. Asosan paxta va gʻalla yetishtiriladi. Manakda bogʻlar ham talaygina. Asosiy oʻrinni olma va gilos daraxtli bogʻlar egallaydi. Maʼmuriy jihatdan Manak uchta MFY ga boʻlinadi. Nishobboʻyi MFY, Manak MFY va Guliston MFY. Koʻchalari Yuqori, Ravdon, Nishobboʻyi, Bogʻ, Andijon, Toshloq, Tegirmonboshi, Oltin meros, Qadriyat va Dilobod kabilardir. Aholisi asosan chorvachilik, dehqonchilik va kichik tadbirkorlik bilan shugʻullanishadi. Hozirgi kunda Manak shaharchasida ikkita maktab(5-umumiy oʻrta taʼlim maktabi va 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabi), bitta litsey(23-IDUM) faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari bitta davlat tasarrufidagi 12-MTM va koʻplab xususiy MTM lar mavjud. Etnik tarkibi asosan oʻzbeklar. Diniy tarkibi musulmonlar. Hozirda Manak shaharchasida bitta „Manak jome masjidi“faoliyat yuritadi. Shaharchada bozor va turli doʻkonlar mavjud.
Shaharcha | |
40°36′25″N 72°39′8″E / 40.60694°N 72.65222°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Andijon viloyati |
tuman | Xoʻjaobod tumani |
Hukumat | |
Asos solingan | XVII asr |
Ilk eslatilishi | 1866 |
Avvalgi nomlari | Moʻnak, Monok |
Qachondan beri shaharcha | 2009 |
Maydon | [convert: invalid number] |
Iqlim turi | moʻtadil |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek tili |
Aholisi (2023) |
13 000 dan ortiq |
Zichligi | 150kishi kishi/km2 |
Milliy tarkib | oʻzbeklar |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Avtomobil kodi | 60 |
|
Etimologiyasi. Manak soʻzi u yerdagi Manak ota togʻi bilan bogʻliq. „Manak“ bu qadimgi qarluq-chigil lahjasida „Boʻlak“ soʻzining oʻzgargan dialektik shakli. Yaʼni togʻ oʻzi yakka turgani uchun Boʻlak togʻ maʼnosida „Moʻnak togʻ“ deb atalgan. Asta sekin togʻ atrofida aholi manzilgohlari paydo boʻlgan. Hamda bu joylarga „Moʻnak“ nomi berilgan. Bora-bora bu soʻz „Manak“ga aylanib ketgan[manba kerak].
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |