Mandi anʼanaviy arab taomi boʻlib, u Saudiya Arabistonining Asir, Jizan hududlari, Yamandagi Hazramavt, Shabva kabi janubiy Arabiston hududlarida keng tarqalgan.

Tovuqli mandi

U Arabiston yarim orolida va Iordaniya, Misr, Suriya, Falastinda, umuman Fors ko'rfazidagi arab mamlakatlarida tarqalgan. Mandining tarkibi shundan iboratki, goʻsht issiq haroratda pishirilib, yogʻi goʻshtga va tagidagi guruchga tomiziladi. Pishirish boshlanishidan biroz vaqt oldin ziravorlanadi, soʻng yer ostiga qurilgan tandirda qoʻyiladi. Keyin aytilgandek tandirning tepasiga osilib, qopqogʻi tuproq bilan qoplanib, 3-4 soatga qoldiriladi. Shu tariqa, yog yuqori qismidagi goʻshtga tomiziladi va u pastga qarab guruch ustiga oqadi. Bu usul qiyin va uzoq vaqt talab qiladiganligi sabab, osonlik bilan topilmaydigan goʻsht turini talab qiladi. Undagi yog‘ tufayli odamlar mandiga tortiq qilishning ko‘plab rivojlangan usullarini o‘ylab topganlar. Shuning uchun u bir butun go‘shtdan emas, balki eng ko‘p to‘g‘ralgan go‘shtdan tayyorlanadi va hajmi-harorati kichikroq bo‘lgan pechlarda, guruch bilan pishiriladi. Ehtimol, mandining eng mashhur turi bu shaurma.

Mandi tayyorlash usuli tahrir

 
Tovuqli mandi

Uni tayyorlashda, avval, bochka ichida oʻtin yoqiladi va u choʻgʻga aylanganda goʻshtni bochka ichiga solib (choʻgʻ ustida, albatta, metall savat yo tunuka folga bilan) qoʻyiladi. Bochkani qopqogʻi bilan yopib, qum yoki tuproq qopqoqning ustiga qoʻyiladi. Ovqat yuqori olovda pishiriladi. Olovning alangalanishi va ovqatning yonishidan saqlash uchun havo kirishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.

Ozuqaviy qiymati tahrir

Shahiyya (ishtaha) veb-saytiga koʻra, tovuqli mandi taomi (taxminan 300 g) quyidagi ozuqaviy maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:

  • Kaloriya: 471
  • Yog': 7
  • Toʻyingan yog'lar: 2
  • Xolesterin: 92
  • Uglevodlar: 65
  • Proteinlar: 34

Tegishli mavzular tahrir

  • Zarb (Janubiy Shomdagi milliy taom)
  • Haniz (Janubiy Arabiston milliy taomi)

Manba tahrir