Mansur as-Samʼoniy
mufassir, muhaddis, mutakallim va usulchi faqih
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
(Abul Muzaffar) Mansur ibn Muhammad as-Samʼoniy al-Marvaziy, ash-Shofiʼiy (hijriy 426-yil zulhijja oyi (milodiy 1035-yil)da tug‘ilib, 489-hijriy yil rabiulavval oyining 23-sanasi (milodiy 1096-yil))da vafot etgan) — mufassir, muhaddis, mutakallim va usulchi faqih bo‘lgan. Abu Hanifa mazhabida fiqhni o‘rgangan. So‘ngra Bag‘dodda shofiʼiy mazhabiga o‘tgan. O‘z yurtiga qaytib kelganida, uni qabul qilmaganlar. Shu bois, u Tusga chiqib ketgan. Keyin Nishopurga borgan.
Mansur as-Samʼoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 1035-yil (hijriy 426-yil) |
Vafoti | milodiy 1096-yil (hijriy 489-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | mufassir, muhaddis, mutakallim va usulchi faqih |
Asarlari
tahrir- „al-Avsat“ („O‘rtamiyonalik“);
- „al-Burhon fi-l-xilof“ („Ixtiloflar ichidagi dalillar“, unda taxminan 1000 ixtilofli masalalar to‘plangan);
- „al-Intisor li asʼhobi-l-hadis“ („Hadis ahlining g‘alabasi“, bu asar uch bobda bo‘lib, birinchi bobda ahlisunna va-l-jamoaga targ‘ib, ikkinchi bobda hadisning fazilatlari, uchinchi bobda esa ilm shajarasi haqida so‘z yuritilgan)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 102-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |