Manzura (qoʻshiqchi)
Manzura (Yoʻldosheva Manzura Muborakovna) — 1978-yil 21-fevralda Toshkent shahrida, rassom Muborak oilasida dunyoga keladi. Kichkina xonasini katta hayot yoʻlida unga yelkadosh boʻlgan opasi bilan boʻlishgan Manzura 5 yoshlik paytidanoq, bogʻchadoshlarini oʻzining noyob ovozi bilan hayron qoldirardi. Qizidagi qobiliyatni sezgan ijodkor ota, doʻsti Karim Xoji bilan maslahatlashib, uni Uspenskiy nomidagi musiqa maktabiga beradi. U yerda olingan bilim va tajriba Manzurani vokal ustasi sifatida shakllantiradi.
Manzura (qoʻshiqchi) | |
---|---|
Janrlar | Поп |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Amplua | vokal |
Diskografiya
tahrirYosh boʻlishiga qaramay Manzura, „Karubina“ ariyasini „Neymer“ orkestri joʻrligida kuylaydi. Katta diapazon bilan hammani hayratga solgan Manzura oʻzida yangi kuch sezgach, faqat oldinga intilish zarurligini tushunib yetadi. 1996-yilda Manzura opasi Nigina va dugonasi Nargiza bilan „Sebonu“ guruhini tuzadi. Iqtidorli xonanda Ravshan Zokirov boshchiligida trio 2 ta qoʻshiq yozib, „Ofarin-96“ koʻrik tanlovida 2-oʻrinni egalladi. Kutilmagan burilish har uch ijodkorni ham quvontirdi. Natijada solist Manzura shu yili Uspenskiy nomidagi musiqa maktabini tugatib, Toshkent Davlat Konservatoriyasida oʻqishni davom ettiradi. U paytga kelib guruhdagi Nargiza oʻzini sanʼatshunoslikka bagʻishlaydi. Omadli trio esa sekingina „Osiyo“ duetiga aylandi. 1997-yilda, guruhga „Bisko-biznes“ firmasi katta yordam beradi. Muhiddin Qamariddinov boshchiligida ular oʻzlarining birinchi „Yolgʻizim“ nomli albomlarini chiqaradilar. Shu yilning oʻzida ular shu qoʻshiqqa klip ham olib, tezda muxlis ortirrib, tanila boshlaydilar. Ikki xit „Yolgʻizim“ va „Men seni sevaman“ juda ommalashdi. 2000-yil guruh tarkibida yana bir oʻzgarish. Duet sologa aylanadi. Nigina oʻzini dizaynerlik sohasida sinash maqsadida guruhni tark etadi. Shunda Manzura prodyuser Rustam Saʼdiyev boshchiligida yakkaxon faoliyatini boshlaydi. Yangi prodyuser bilan hamkorlik, xonandaning ijodiga ijobiy taʼsir etib, omadli keladi. Vazni: 53 kg, boʻyi: 1.66 sm.
Albomlari
tahrir2004-yilning yana bir esda qolarli voqeasi: Manzura oʻzining kutilgan birinchi „Bevafo“ nomli yakkaxon konsertini „Turkiston“ saroyining yozgi binosida oʻtkazadi. Yil soʻngida esa uning shu nomli ilk albomi ham sotuvga chiqadi. Xonanda optimistik ruhiyatda, yangi qarashlar bilan „Tushlarimga kir“ albomini yozib tugatadi. Mazkur toʻplamdan uning xit qoʻshiqlari, jumladan, „Panoh“ filmiga ishlangan „Afsusdaman“ soundtreki ham oʻrin egallaydi. 2009-yilda Manzura „Majnun va Layli“ nomli albomini chiqaradi. Shu yilning oʻzida izlanuvchan ijodkor „MTV&AWARDS“ milliy taqdimotida yilning eng yaxshi ayol xonandasi nominatsiyasida gʻolib boʻladi. Bundan tashqari uning „Majnun va Layli“ nomli kompozotsiyasi „Tarona“ taqdimotida „Yil qoʻshigʻi“ deb eʼtirof etiladi.
Oilasi
tahrir- Otasi (Muborak Yuldashev) — oʻzbek mashhur rassomi, Oʻzbekiston xalq rassomi
- Opasi (Nigina Yuldasheva Muborakovna) — qoʻshiqchi
Diskografiyasi
tahrir- „Bevafo“ (2004)
- „Tushlarimga kir“ (2008)
- „Majnun va Layli“ (2009)
- „Oʻngimda koʻray“ (2014)
- „Tingla faryodim“ (2017)
Kliplari
tahrirYil | Qoʻshiq | Rejissor |
---|---|---|
„Tasodif emas“ | ||
„Seni-seni“ | ||
„Seniki boʻlay“ | ||
„Sen shoshilmagin“ (Diyor Mahkamov bilan) | ||
„Sen san“ (Behroʻz Sharifboyev bilan) | ||
„Erishaman tilagimga“ (Eldido bilan) | ||
„Unutsaydim“ | ||
„Love You“ | ||
„Vatan“ | ||
„Yangi yil“ | ||
„Qalbim seni sogʻinadi“ | ||
„Zamonaviy“ | ||
„Soniya“ | ||
2004 | „Bevafo“ | |
2005 | „Jonim muhabbat“ | |
„Kelin“ | ||
„Nahotki, sen?“ | ||
2006 | „Boʻldi yetar“ (Akbar bilan) | |
„Madam“ (Bojalar bilan) | ||
2007 | „Afsusdaman“ | |
„Qoʻgʻirchoqman“ | ||
2008 | „Meni sev“ | |
„Bilaman“ | ||
„Tushlarimga kir“ | ||
„Meni sev“ | ||
2009 | „Majnun va Layli“ | |
„Men bu men“ (Rayhon bilan) | ||
2010 | „Izla-izla (Esingdami)“ (Shahriyor bilan) | |
„Sevginator 2“ | ||
„Sevar edim takror“ | ||
„Meni nolam“ | ||
„Netay“ | ||
2011 | „Sen yengilding“ | |
„Qizgʻonaman“ | ||
2012 | „Alamlarimsan“ | |
„Soxta tuygʻu“ | ||
„Pozdno uje“ | ||
„Yengilaman“ | ||
„Qiynamang“ (Mavluda Asalxoʻjayeva bilan) | ||
2013 | „Alamlarimsan“ (remix) | |
„Farishtam“ | ||
„Judayam sogʻindim“ | Sarvar Isayev | |
„Reze reze“ | ||
2014 | „Ber bir imkon“ | |
„Qaynona“ (Mavluda Asalxoʻjayeva bilan) | ||
„Unutsaydim“ | ||
„Dastingdan“ (Bunyod Saidov bilan) | Sanjar Matkarimov | |
„Oʻngimda koʻray“ | Mansur Vasati (Xoliqov) | |
„Sevgi sinovi“ | Narimon Sultonxoʻjayev | |
„Asra baxtimizni“ | ||
2015 | „Borsan“ | Sanjar Matkarimov |
„Hayotim“ | Sarvar Isayev | |
„Lazgi“ | Dilmurod Agzamov | |
„Aytolmay“ (Tohir Usmonov bilan) | Dilmurod Agzamov | |
2016 | „Yo teskari zamon boʻldimi“ | |
„Men Layli“ | Mansur Vasati (Xoliqov) | |
„Mustahzod“ (Iroda Dilroz bilan) | ||
„Romeo“ | ||
„Tingla faryodim“ | Dilmurod Agzamov | |
„Boʻldi-boʻldi“ | Narimon Sultonxoʻjayev |
Aktrisalik faoliyati
tahrirManzura 2000-yilda rejissyor Madina Moʻminovaning „Tohir va Zuhra“ musiqiy filmida boshqa kino yulduzlar bilan suratga tushishga taklif etiladi. Yakkaxon faoliyatini omadli boshlagan Manzura, mehnatining samarasini 2002-yilda koʻradi. Aniqrogʻi, aynan shu yili u Prezidentimiz tomonidan taʼsis etilgan „Nihol“ davlat mukofoti bilan taqdirlanadi. Xalq eʼtiboriga tushib, mukofot egasiga aylangan har bir sanʼatkor, oʻziga yuklatilgan maʼsuliyatini his qilib, yanada koʻproq ijod qilishga bel bogʻlaydi. Manzura aynan shu yili „Muhabbat sinovlari-1“ filmida suratga tushishga va kartinadagi hamma soundtreklarni kuylashga muvaffaq boʻladi. Rejissyor Rustam Saʼdiyevning filmida yangragan har bir soundtrek qisqa vaqt ichida ommalashdi. Xalq talabiga binoan 2004-yilda, „Muhabbat sinovlari-2“ katta ekranga chiqadi. Ushbu film uchun ham saundtreklarni Manzura kuylaydi. 2005-yilda „Nahotki sen“ filmi tomoshabinlarga taqdim etiladi. Oʻsha paytga kelib soundtreklar malikasiga aylangan Manzura yangi filmdagi barcha qoʻshiqlarni kuylab, ommalashtiradi. Keyin esa „Nahotki sen“ nomli navbatdagi toʻplam ham qisqa vaqt ichida oʻz muxlislarini topadi. 2006-yilda Manzura „Yilning eng yaxshi imidji“ nomonatsiyasida „Tarona“ mukofotini qoʻlga kiritadi. 2007-yilda esa butkul yoʻnalishini oʻzgartira boshlaydi. 2007-yilda Manzurani yangi katta kino kutib turgandi. Endi uni bosh qahramon sifatida texnologik film „Sevginator“ga taklif etishadi. 3 yil davomida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Munavvara Abdullayevadan aktyorlik mahoratidan saboq olgan Manzura ikkita obraz: robot va oʻqituvchi qiz (Maftuna)ni mahoratli va ishonarli talqin etadi. Rejissyorning qoʻygan talablarini qiyinchilik bilan boʻlsada uddalagan xonanda qoʻliga mikrofon olib qoʻshiq kuylashdan tashqari, yaxshigina aktrisa ekanligini ham isbotladi. Tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan kartina, „Ijodiy parvoz“ kinofestivalida gran-prini qoʻlga kiritadi. 2010-yilda „Sevginator-2“ filmi katta ekranga chiqadi. Unda ham bosh qahramonni Manzura talqin etadi. Soundtreklarni ham oʻzi kuylaydi. Shuningdek, 2010-yilda rejissyor Rustam Saʼdiyevning „Men bu men“ filmi ham tomoshabinlar hukmiga havola etiladi. Manzura Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Rayhon bilan birga mazkur kartina uchun soundtrek kuylaydi. Bu ikki ijodkorning birinchi dueti edi [1].
Filmografiya
tahrirFilmlar
tahrirYil | Film nomi | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2000 | Tohir va Zuhra yangi talqin | Zuhra | Musiqiy film |
2002 | Muhabbat sinovlari | Maftuna | |
2004 | Muhabbat sinovlari 2 | Maftuna | |
2005 | Nahotki, sen? | Manzura | Kameo |
2006 | Yangi yil parisi | Nodira | Musiqiy film |
2006 | Voy dod sumalak | Manzura | Musiqiy film |
2007 | Sevginator | Maftuna / Malomat | |
2008 | Madagaskar 2 (oʻzbekcha tarjimasi) | Gloriya | Ovoz bergan |
2010 | Sevginator 2: Qaynona operatsiyasi | Malomat | |
2010 | Ada emas, dada! Tohir va Zuhra 2 yangi talqin | Zuhra / Manzura | Musiqiy film |
Yil | Serial nomi | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2015 | Qaynona va kelin | Kelin |
Yil | Qoʻshiqchi | Ashula | Rol |
---|---|---|---|
2010 | Rayhon | „U meniki“ | Manzura |
2013 | Nilufar Usmonova | „Ey bola“ | Manzura |
2014 | Sardor Rahimxon | „Jamilaxonim yomonlar“ | Manzura |
Manbalar
tahrir- ↑ Manzura biografiyasi, 2013-09-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-09-20
Havolalar
tahrir- Manzura haqida
- Manzura biografiyasi (Wayback Machine saytida 2013-09-21 sanasida arxivlangan)