Munavvara Abdullayeva

oʻzbek aktrisasi, rejissor, oʻqituvchi, taniqli milliy teatr sanʼati ustasi

Munavvara Abdullayeva (1950-yil 5-aprelda tugʻilgan, Margʻilon) — oʻzbek aktrisasi, rejissor, oʻqituvchi, taniqli milliy teatr sanʼati ustasi.

Munavvara Abdullayeva
Tavalludi 5-aprel 1950-yil
Kasbi aktrisasi, rejissor, oʻqituvchi
Mukofotlari

Tarjimai hol tahrir

Munavvara Abdullayeva 1950-yil 5-aprelda ishchi oilada dunyoga keladi. U 1966-yilda oʻrta maktabni, 1971-yilda esa Margʻilon rejalashtirish-iqtisodiyot bilim yurtini tamomlagan. Boʻlajak aktrisa 1975-yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining “Teatr va kino aktyori” fakultetini tamomlagan.

Abdullayeva 1975-1976-yillarda Sirdaryo viloyat musiqali teatrida aktrisa boʻlib ishlagan. 1976-1978-yillarda aktrisa Lunacharskiy nomidagi Moskva davlat teatr sanʼati institutida aspiranti, 1978-yildan M.Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutida avval oʻqituvchisi, keyinchalik dosent boʻldi.

2000-yilda Munavvara Abdullayevaga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar ustozi” unvoni berilgan[1]

Abdullayeva talabalik chogʻida bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artistlar: Mirzabek Xolmedov, Madina Muxtorova, Abduraim Abduvahobov, Behzod Muhammadkarimov va boshqalar bilan birga tahsil olgan.

Ijodiy faoliyati tahrir

M.Abdullayeva talabalarga dars berish bilan birga professional rejissorlik faoliyati bilan ham shugʻullanadi. Oʻzbekiston Respublikasining turli teatrlarida 30 ga yaqin spektakllarni sahnalashtirgan. Yakka tartibda sahnalashtirgan spektakllari Oʻzbekiston va xorijiy davlatlarning mukofot va sovrinlari bilan taqdirlangan:

• S.Mrojekning “Chegaradagi uy” (Fargʻona rus teatri, 1995) – original rejissorligi uchun mukofot.

• E.Xushvaktovning «Chimildik» (Respublika milliy teatri, 1997) — Xalqlar doʻstligi ordeni, Misrda oʻtkazilgan Butunjahon teatr festivali sovrindori.

Ayrim spektakllar Oʻzbekiston Respublikasi teatr sanʼatining oltin fondiga kiritilgan:

I.Uygʻunning “Alisher Navoiy” spektakli

A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon”spektakli

• E.Xushvaktovning “Chimildik” spektakli

• E.Xushvaktovning “Mashrab”spektakli

Aktrisalik faoliyati tahrir

• 1972-yil – Hayqirgan togʻlar - Maluka

• 1986-yil – Zumrasha - farrosh ayol

• 1986-yil – Oq bino oqshomlari - ona

• 1987-yil – Qaldirgʻoch - ayol

• 1996-yil – Domla – Hadichaxon

• 1998-yil – Kichkina tabib - Xayriniso

• 1999-yil – Oppoq qushlar - ona

• 2000-yil – Meros dalalar - sudya

• 2000-yil – Fazli - sovchi

• 2001-yil – Ayol - Chinnigul

• 2002-yil – Kalish - ayol

• 2002-yil – Nomaʼlum qahramon - ona

• 2004-yil – Osmondagi bolalar - FHDYO xodimi

• 2004-yil – Osmondagi bolalar-2 - epizod

• 2006-yil – Narigi olam - Elyorning onasi Roziya

• 2006-yil – Osmon yaqin - Qodirning onasi

• 2008-yil – Oʻyin - Jamshidning onasi

• 2009-yil – Yoʻqolgan odam - Salohiddinning onasi

• 2010-yil – 24 soat - Sanjarning onasi

• 2011-yil – Aldangan ayol

• 2012-yil — Qovun

• 2012-yil – Tubanlik - shifokor

• 2015-yil — Koʻz yoshim- epizod

• 2018-yil — Issiq non

Manbalar tahrir

Havolar tahrir

МУНАВАРА АБДУЛЛАЕВА Kino-teatr.ru