Maqomlar masalasiga doir
Maqomlar masalasiga doir (ruscha: „К вопросу о макомах“) – Isʼhoq Rajabovning 1963-yilda nashr etilgan kitobi. Unda Shashmaqom, Xorazm maqomlari va Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari haqida haqidagi maʼlumotlar bayon etilgan.
1963-yilgi nashr muqovasi | |
Muallif(lar) | Isʼhoq Rajabov |
---|---|
Muharrir(lar) | Fayzulla Karomatov |
Mamlakat | OʻzSSR |
Til | oʻzbekcha |
Nashr etilgan sanasi | 1963-yil |
Nashriyot | OʻzSSR davlat badiiy adabiyot nashriyoti |
Mazmuni
tahrirKitobda oʻzbek-tojik xalqlari musiqasining asoslaridan boʻlgan maqomlar haqida soʻz boradi. Tarixiy va nazariy asoslarga ega boʻlgan maqomlarning shakllanish va rivojlanish jarayonlarini isbotlab, nota misollari orqali tushuntiradi. Muallif kitobning birinchi qismida Oʻrta Osiyo xalqlari musiqasi tarixi, ud cholgʻusi, maqomning nima ekanligi, oʻn ikki maqom tizimi, sharq nota yozuvi, qadimiy kuylar va ularning shakli va shashmaqom haqida soʻz boradi. Kitobning ikkinchi qismida esa muallif shashmaqom mavzusiga chuqurlashib, uning cholgʻu va ashula yoʻllari, undagi namudlar, bundan tashqari Xorazm maqomlari, Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari, Shashmaqom ijrochiligi haqida maʼlumotlar beriladi.
Nashrlari
tahrirKitob 1963-yilda OʻzSSR davlat badiiy adabiyot nashriyotida nashr etilgan boʻlib, unga Fayzulla Karomatov muharrirlik qilgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Isʼhoq Rajabov. Maqomlar masalasiga doir. Fayzulla Karomatov: . Toshkent: OʻzSSR davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 1963 — 304-bet.