Marcin Kamiński (1992-yil 15-yanvarda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Bundesliganing Schalke-04 klubi va Polsha milliy futbol terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Marcin Kamiński
Kaminski VfB Stuttgart bilan, 2016-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marcin Kamiński
Tavallud sanasi 15-yanvar 1992-yil (1992-01-15) (32 yosh)
Tavallud joyi Konin, Polsha
Boʻyi 1.92 m[1]
Ampluasi Centre-back
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Schalke 04
Raqami 35
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2005 Aluminium Konin
2005—2009 Lech Poznań
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2016 Lech Poznań 158 (8)
2016—2021 VfB Stuttgart 60 (1)
2016 VfB Stuttgart II 3 (0)
2018—2019Fortuna Düsseldorf (ijara) 27 (0)
2021— Schalke 04 32 (2)
Milliy terma jamoa
2009—2011 Polsha U19 16 (0)
2011—2012 Polsha U20 7 (0)
2012—2014 Polsha U21 14 (0)
2011— Polsha 7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati tahrir

Lech Poznań tahrir

 
Kamiński Lech Poznań bilan 2012-yilda

Kamiński 2009-yil 21-noyabrda Ekstraklasa ligasi vakili Lech Poznań klubida professional debyut qildi. Ruch Chorzowga qarshi oʻyinning 90-daqiqasida Jakub Wilkning oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi, uchrashuv 3:1 hisobida Lech Poznań foydasiga hal boʻldi[2]. Klub safida jami 150 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan, 8 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Ikki marotaba Ekstraklasa chempionligini qo‘lga kiritgan (2009—2010 va 2014—2015).

VfB Stuttgart tahrir

2016—2017-yilgi mavsumda Kamiński VfB Stuttgart klubida toʻp surdi[3]. 2018-yilning 5-martida VfB Stuttgart klubi bilan shartnomasini 2021-yilning iyuniga qadar uzaytirdi[4]. Klubda 63 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi.

Fortuna Düsseldorfga ijara tahrir

2018-yil 24-avgustda Kamiński Fortuna Düsseldorfga ijaraga oʻtdi. Bir mavsum davomida 27 ta oʻyinda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmadi[5].

Schalke 04 tahrir

2021-yil 27-may kuni Kamiński „Schalke-04“ klubiga bepul transfer evaziga qo‘shilganini eʼlon qildi[6]

Xalqaro faoliyati tahrir

2018-yilning may oyida Polshaning 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati uchun dastlabki 35 kishilik tarkibiga kiritildi[7]. Garchi u dastlab Rossiyaga qarshi 23 kishilik tarkibni kiritiklmagan boʻlsa-da, jarohat olgan Kamil Glik uchun zaxira oʻyinchisi sifatida jamoada qoldi. Oxir-oqibat Glik Jahon chempionatida oʻynay olishi maʼlum boʻldi va shu sababli Kamiński Rossiyaga bormadi.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

7-avgust, 2022-yil holatiga koʻra[8][9][10]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Liga Kubok Yevropa Boshqa[lower-alpha 1] Jami
Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Lech Poznań 2009—2010 Ekstraklasa 4 0 1 0 0 0 5 0
2010—2011 Ekstraklasa 0 0 3 0 1 0 1 0 5 0
2011—2012 Ekstraklasa 28 0 4 0 32 0
2012—2013 Ekstraklasa 23 3 1 0 5 0 29 3
2013—2014 Ekstraklasa 32 2 2 0 4 1 38 3
2014—2015 Ekstraklasa 36 2 6 0 3 0 45 2
2015—2016 Ekstraklasa 35 1 7 0 11 0 1 1 54 2
Jami 158 8 24 0 24 1 2 1 208 10
VfB Stuttgart 2016—2017 2. Bundesliga 23 1 0 0 23 1
2017—2018 Bundesliga 23 0 2 0 25 0
2019—2020 2. Bundesliga 9 0 0 0 9 0
2020—2021 Bundesliga 5 0 1 0 6 0
Jami 60 1 3 0 63 1
Fortuna Düsseldorf (ijara) 2018—2019 Bundesliga 27 0 0 0 27 0
Schalke 04 2021—2022 2. Bundesliga 31 2 2 0 33 2
2022—2023 Bundesliga 1 0 1 1 2 1
Jami 32 2 3 1 35 3
Jami faoliyati 277 11 30 1 24 1 2 1 333 14
  1. Including Polish SuperCup.

Xalqaro tahrir

Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar[11]
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Polsha 2011-yil 1 0
2012-yil 2 0
2013-yil 1 0
2014-yil 0 0
2015-yil 0 0
2016-yil 0 0
2017-yil 0 0
2018-yil 3 0
Jami 7 0

Yutuqlari tahrir

Lech Poznań

  • Ekstraklasa: 2009—2010, 2014—2015
  • Polsha Superkubogi: 2015-yil

VfB Stuttgart

  • 2. Bundesliga: 2016—2017[12]

Schalke 04

  • 2. Bundesliga: 2021—2022

Manbalar tahrir

  1. „Marcin Kamiński“. FC Schalke 04. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  2. „Lech Poznań - Ruch Chorzów 3:1 (Ekstraklasa 2009/2010, 14. Round)“. worldfootball.net.
  3. „VfB sign Marcin Kaminski“. vfb.de. VfB Stuttgart (2016-yil 7-iyun). Qaraldi: 2016-yil 7-iyun.
  4. „VfB bind Marcin Kaminski until 2021“. vfb.de. VfB Stuttgart (2018-yil 5-mart). Qaraldi: 2018-yil 24-avgust.
  5. „Marcin Kaminski on loan to Fortuna Düsseldorf“. vfb.de. VfB Stuttgart (2018-yil 24-avgust). Qaraldi: 2018-yil 24-avgust.
  6. „FC Schalke 04 sign Marcin Kaminski“. Schalke 04 (2021-yil 27-may).
  7. Crawford. „Revealed: Every World Cup 2018 squad - Final 23-man lists“. Goal (2018-yil 4-iyun).
  8. „Marcin Kamiński“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
  9. „Marcin Kamiński“. 90minut.pl. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
  10. Andoza:Worldfootball.net
  11. Marcin Kamiński at National-Football-Teams.com  
  12. „Stuttgart: Welcome back to the Bundesliga!“.