Marco Antonio Bueno Ontiveros (talaffuzi: Marko Bueno) (1994-yil 31-martda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynaydi.

Marco Bueno
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marco Antonio Bueno Ontiveros
Tavallud sanasi 31-mart 1994-yil (1994-03-31) (30 yosh)
Tavallud joyi Culiacán, Sinaloa, Meksika
Boʻyi 1.82 m (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2011 Pachuca
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2018 Pachuca 27 (6)
2011León (Ijara) 1 (0)
2014Tecos (Ijara) 20 (5)
2014—2015Toluca (Ijara) 14 (2)
2015—2016León (Ijara) 13 (1)
2016—2017Guadalajara (Ijara) 11 (2)
2017Monterrey (Ijara) 8 (0)
2018Everton (Ijara) 16 (4)
2019 HJK 9 (0)
2020 Oriente Petrolero 17 (4)
Milliy terma jamoa
2011 Meksika U17 8 (1)
2013 Meksika U20 9 (3)
2013 Meksika U23 20 (5)
2015 Meksika 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-fevral 2022-yil uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

CF Pachuca tahrir

Culiacanda tugʻilgan Bueno oʻz faoliyatini CF Pachuca yoshlar jamoasida boshlagan. U Liga Ascenso Clausura-2011 mavsumida Leonga ijaraga berilgan va faqat bir marta asosiy tarkibda maydonga tushgan. U mavsum oxirida Pachucaga qaytgan. U 2011-yilning 8-oktyabrida CF Pachuca uchun rasmiy debyutini Apertura 2011ning 12-oʻyinida Mauro Cejas jamoasi safida Chiapasga qarshi oʻtkazgan.

Clausura-2012 doirasida Bueno 2012-yil 7-yanvar kuni turnirning 1-oʻyinida „Santos Laguna“ga qarshi 0:0 hisobida durang oʻynagan. Bueno oʻzining dastlabki ikkita golini keyingi haftada turnirning 2-oʻyinida Puebla darvozasiga kiritgan.

Estudiantes Tecos tahrir

Marko Bueno 2014-yilning 1-yanvarida Pachuca klubidan Estudiantes Tecosga ijaraga berilgan. U Estudiantes Tecosga pley-offda gʻalaba qozonishga yordam bergan va yuqori divizion, Liga MX ga koʻtarilish imkoniyatiga ega boʻlgan, ammo Leones Negrosga qarshi oʻyinni penaltilar seriyasida yutqazgan.

Deportivo Toluca tahrir

Marko Bueno „Pachuca“dan „Toluca“ga ijaraga berilgan. U „Mineros De Zacatecas“ga qarshi 2 ta oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushib, ikkalasida ham magʻlubiyatga uchragan.

Leon klubi tahrir

Pachuca Marko Buenoni Leonga qaytarib bergan. Marko bu safar 2015\16-yilgi mavsumda Liga MXda 11-raqamli libosda harakat qilgan[1]. 12-sentabr kuni Bueno 57-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan va 75-daqiqada „Chyapas“ga Leon tarkibida birinchi golini urgan.

Xalqaro faoliyati tahrir

Meksika U-17 tahrir

Bueno murabbiy Raul Gutierrez tomonidan 2011-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida ishtirok etish uchun tanlangan. U 1/8 finalda Panamaga qarshi oʻyinda gol urgan. Marko har bir oʻyinda maydonga tushgan.

Meksika terma jamoasi tahrir

2015-yilning 15-aprelida Bueno Meksika terma jamoasi bilan AQSHga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan[2][3].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Leon 2010—2011 AscensoLigasi 1 0 1 0
Jami 1 0 1 0
Pachuca 2011—2012 Meksika Premier Divizioni 16 4 16 4
2012—2013 Liga MX 6 1 3 0 9 1
2013—2014 5 1 4 1 9 2
Jami 27 6 7 1 34 7
Tecos 2013—2014 Ascenso MX 20 5 4 0 24 5
Jami 20 5 4 0 24 5
Toluca 2014—2015 Liga MX 14 2 5 2 19 4
Jami 14 2 5 2 19 4
Leon 2015—2016 Liga MX 13 1 9 3 22 4
Jami 13 1 9 3 22 4
Guadalajara 2016—2017 Liga MX 10 2 2 0 12 2
Jami 10 2 2 0 12 2
Monterrey 2016—2017 Liga MX 2 0 3 0 5 0
2017—2018 Liga MX 3 0 3 0 6 0
Jami 5 0 6 0 11 0
Everton 2018 Chilean Primera División 16 4 2 0 18 4
Jami 16 4 2 0 18 4
HJK 2019 Veikkausliiga 9 0 9 0
Jami 9 0 9 0
Karyerada jami 115 20 35 6 150 26

Xalqaro tahrir

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Meksika 2015 1 0
Jami 1 0

Yutuqlar tahrir

Tecos

  • Ascenso MX : Clausura 2014

Gvadalajara

  • Supercopa MX : 2016[4]

Monterrey

  • Copa MX : Apertura 2017

Comunicaciones

  • CONCACAF ligasi : 2021

Meksika yoshlar terma jamoasi

  • FIFA U-17 Jahon chempionati : 2011-yil
  • CONCACAF U-20 chempionati : 2013-yil
  • Markaziy Amerika va Karib dengizi oʻyinlari : 2014-yil
  • Panamerika kumush medali : 2015-yil
  • CONCACAF Olimpiya saralash chempionati : 2015-yil

Shaxsiy yutuqlari

  • Meksika Primera divizioni turnirning yangi futbolchisi: Klausura 2012

Manbalar tahrir