Marco Friedl (talaffuzi: Marko Fridl; 1998-yil 16-martda tugʻilgan) — avstriyalik professional futbolchi, Bundesliganing Werder Bremen klubi va Avstriya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Marco Friedl
Friedl 2017-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 16-mart 1998-yil (1998-03-16) (26 yosh)
Tavallud joyi Kirchbichl, Avstriya
Boʻyi 1.87 m[1]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Werder Bremen
Raqami 32
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2007 SV Kirchbichl
2007—2008 FC Kufstein
2008—2017 Bayern Munich
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2017 Bayern Munich II 14 (1)
2017—2019 Bayern Munich 1 (0)
2018—2019Werder Bremen (ijara) 16 (0)
2018—2019Werder Bremen II (ijara) 1 (0)
2019— Werder Bremen 97 (5)
Milliy terma jamoa
2013 Avstriya U15 2 (2)
2013—2014 Avstriya U16 8 (1)
2014—2015 Avstriya U17 3 (0)
2015—2016 Avstriya U18 2 (0)
2016—2017 Avstriya U19 9 (0)
2017— Avstriya U21 24 (3)
2020— Avstriya 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(28-oktyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Ilk faoliyati tahrir

Friedl ilk faoliyatini 2002-yilda oʻz shahrining „SV Kirchbichl“ klubida boshlagan, 2007-yilda Avstriyaning FC Kufstein klubiga oʻtgan. 2008-yilda Germaniyaning Bayern klubi yoshlar akademiyasiga oʻtdi[2].

2017-yilda Friedl 2016—2017-yilgi A-Junioren Bundesliga Süd/Südwestda „Bayern“ning 19 yoshgacha bo‘lgan jamoasi bilan mavsum davomida beshta gol urdi.

Bayern Munich tahrir

Friedl professional faoliyatini 2015—2016-yilgi mavsumda Bayernda boshlagan. 2015-yilning 22-noyabrida Regionalliga Bayern ligasida TSV 1860 Munich II ga qarshi derbida (2:0) maydonga tushgan[3].

Werder Bremen (ijara) tahrir

2018-yilning 25-yanvarida Friedl Werder bilan 2019-yilning 30-iyuniga qadar 18 oylik ijara shartnomasini imzoladi[4][5][6].

Werder Bremen tahrir

2019-yilning may oyida Bremenning „Werder“ klubi 2019—2020-yilgi mavsum uchun Friedl bilan doimiy shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Friedl klub bilan „uzoq muddatli“ shartnomaga kelishib oldi[7]. Transfer narxi 3 million yevro[8] yoki ehtimoliy bonuslarni hisobga olgan holda 3,5 million[9] yevrogacha etib belgilangan.

Friedl Bundesligadagi ilk golini mavsumning oltinchi oʻyinida Dortmundning „Borussia“siga qarshi oʻyinda (2:2) kiritdi[10][11].

2022-yil iyul oyida, 2021—2022-yilgi mavsumda „Werder“ Bundesligaga qaytganidan so‘ng, Friedl klub bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo‘ldi[12].

Xalqaro faoliyati tahrir

Yosh tahrir

Friedl 2017-yil 8 iyun kuni 21 yoshgacha boʻlgan Avstriya terma jamoasida Gibraltarga qarshi 2019-yilgi 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash bahsida debyut qildi. 6-daqiqada hisobni (3:0) ochdi[13].

Milliy terma jamo tahrir

Friedl 2020-yilning 7-oktyabrida Gretsiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida milliy terma jamoadagi debyutini oʻtkazdi[14].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

28-oktyabr, 2022-yil
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Bayern Munich II 2015—2016 Regionalliga Bayern 4 0 4 0
2017—2018 10 1 10 1
Jami 14 1 14 1
Bayern Munich 2017—2018 Bundesliga 1 0 0 0 1[lower-alpha 1] 0 0 0 2 0
Werder Bremen (ijara) 2017—2018 Bundesliga 9 0 0 0 9 0
2018—2019 7 0 2 0 9 0
Jami 16 0 2 0 0 0 0 0 18 0
Werder Bremen II (ijara) 2017—2018 3. Liga 1 0 1 0
Werder Bremen 2019—2020 Bundesliga 27 1 3 1 2[lower-alpha 2] 0 32 2
2020—2021 32 0 2 0 - 34 0
2021—2022 2. Bundesliga 27 4 1 0 - 28 4
2022—2023 Bundesliga 11 0 1 0 - 12 0
Jami 97 5 7 1 0 0 2 0 106 6
Jami faoliyati 129 6 9 1 1 0 2 0 141 7
  1. Appearance in UEFA Champions League
  2. Appearances in Bundesliga relegation playoffs

Yutuqlari tahrir

Bayern

Manbalar tahrir

  1. „Marco Friedl“. SV Werder Bremen. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  2. „Marco Friedl“ (German). fcbayern.com. FC Bayern München AG. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-avgust.
  3. „TSV 1860 München II – Bayern München II 2:0 (Regionalliga Bayern 2015/2016, 20. Round)“. WorldFootball.net. HEIM:SPIEL Medien GmbH & Co. KG (2015-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 18-avgust.
  4. „Friedl wechselt auf Leihbasis nach Bremen“ (German). fcbayern.com. FC Bayern München AG (2018-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 25-yanvar.
  5. „Marco Friedl joins Werder on loan“. werder.de. SV Werder Bremen GmbH & Co. KGaA (2018-yil 25-yanvar). 2019-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-yanvar.
  6. „Kohfeldt: "Wir müssen jetzt zupacken"“ (German). kicker Online (2018-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.
  7. „Marco Friedl bleibt bei Werder Bremen“ (German). buten un binnen. Radio Bremen (2019-yil 29-may). 2019-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-may.
  8. „Friedls Wünsche: Stammplatz, Europa - und Gregoritsch“ (German). kicker Online (2019-yil 9-iyul). Qaraldi: 2019-yil 9-iyul.
  9. Bürger, Malte. „Friedl-Wechsel endgültig perfekt“ (German). Weser Kurier (2019-yil 3-iyun). Qaraldi: 2019-yil 9-iyul.
  10. Pearson. „Bundesliga: Borussia Dortmund squander lead to spirited Bremen“. Deutsche Welle (2019-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 30-sentyabr.
  11. „Borussia Dortmund 2-2 Werder Bremen: Hosts miss chance to move second in Bundesliga“. BBC Sport (2019-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 30-sentyabr.
  12. „Verlängerung fix: Marco Friedl sieht Zukunft beim SV Werder“ (de). kicker (2022-yil 1-iyul). Qaraldi: 2022-yil 3-iyul.
  13. „Under-21 – Austria-Gibraltar“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2017-yil 8-iyun). Qaraldi: 2017-yil 18-avgust.
  14. „Austria v Greece game report“. ESPN (2020-yil 7-oktyabr).