Mark Kondratyuk
Mark Valeryevich Kondratyuk (ruscha: Mark Valerevich Kondratyuk; 2003-yil 3-sentyab, Podolsk[1], Moskva viloyati, Rossiya) – erkaklar oʻrtasidagi yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Jamoaviy musobaqalarda Olimpiya chempioni (2022)[2], Yevropa chempioni (2022)[3], Rossiya chempioni (2022)[4] va Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori (2021)[5].
Mark Kondratyuk | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Mark Kondratyuk |
Davlat | Rossiya |
Boʻyi | 169 |
Murabbiyi | Svetlana Sokolovskaya |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 286,56 |
Qisqa dastur | 99,06 |
Erkin dastur | 187,50 |
Mark Kondratyuk Rossiya sport ustasi (2021), Rossiya xalqaro sport ustasi (2021), Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2022) hamda"Doʻstlik" ordeni sohibi (2022).
2022-yil 10-fevral Xalqaro konkida uchish ittifoqi[6] reytingida 18-oʻrinni egallagan.
Faoliyati
tahrir2019—2020-yilgi mavsum
tahrirMark Kondratyuk noyabr oyida Turkiyada boʻlib oʻtgan Bosphorus Cup turnirida debyut qildi va oltin medalni qoʻlga kiritdi[7]. 2020-yil yanvar oyida Polshada boʻlib oʻtgan Mentor Toruń Cup turnirida kumush medalni qoʻlga kiritdi[8].
2020—2021-yilgi mavsum
tahrirMark Kondratyuk 2020-yil sentyabr oyida kattalar oʻrtasidagi Rossiya kubogida ilk bor muz maydoniga tushdi[9].
Mark Kondratyuk 2020-yil dekabr oyida kattalar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida debyut qildi. Qisqa dastur boʻyicha 90,88 ball bilan uchinchi oʻrinni egalladi va erkin dastur boʻyicha 169,43 ball toʻpladi. U jami 260,31 ochko bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi[9].
Kondratyuk 2021-yil fevral oyida Yevgeniya Medvedevaning „Vremya Pervix“ jamoasi tarkibida Birinchi kanal kubogi turnirida ishtirok etdi.
2021—2022-yilgi mavsum
tahrirKondratyuk 2021-yil sentyabr oyida 241,06 ball bilan Oberstdorfda boʻlib oʻtgan Nebelhorn Trophy xalqaro turnirida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Figurali uchuvchining muvaffaqiyatli chiqishi tufayli Rossiya jamoasi Pekinda oʻtkazilgan 2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida erkaklar oʻrtasidagi yakkalik konkida uchish musobaqalarida uchinchi oʻrinni egalladi[10][11].
Mark Kondratyuk 2021-yil oktyabr oyida Denis Ten Memorial xalqaro figurali uchish turnirida 250,08 ball toʻplagan holda ikkinchi oʻrinni egalladi[12].
Mark 2022-yilgi Olimpiya oʻyinlarida jamoaviy musobaqalar tarkibida qatnashdi. Qisqa dastur natijalariga koʻra, u 95,81 ball bilan oraliq uchinchi oʻrinni egalladi va jamoaga 8 ochko keltirdi[13]. Erkin dasturda yaponiyalik Yuma Kagiyamaga yutqazib, oraliq ikkinchi oʻrinni egalladi va jamoaga 9 ochko keltirdi[14]. Natijada Mark jamoaviy musobaqalarda Olimpiya chempioni boʻldi[15].
Natijalari
tahrirMusobaqalar[16] | 16/17 | 17/18 | 18/19 | 19/20 | 20/21 | 21/22 |
---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro moslashtirilgan | ||||||
Qishki Olimpiya oʻyinlari | 15 | |||||
Yevropa chempionati | 1 | |||||
Gran-pri bosqichi : Rostelecom Cup | 8 | |||||
Challenger : Nebelhorn Cup | 3 | |||||
Challenger: Denis Ten Memorial | 2 | |||||
Bosphor Istanbul kubogi | 1 | |||||
Mentor Torun kubogi | 2 | |||||
Xalqaro jamoaviy | ||||||
Qishki Olimpiya oʻyinlari | 1 | |||||
Milliy | ||||||
Rossiya chempionati | 3 | 1 | ||||
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati | 16 | |||||
Rossiya kubogi finali | 10J. | 9J. | 4J. | 5 | ||
Rossiya kubogi bosqichi. I bosqich | 2J. | 9J. | ||||
Rossiya kubogi bosqichi. II bosqich | 8 | |||||
Rossiya kubogi bosqichi. III bosqich | 3J. | |||||
Rossiya kubogi bosqichi. IV bosqich | 5J. | 7 | ||||
Rossiya kubogi bosqichi. V bosqich | 6J. | |||||
Rossiya Gran-pri bosqichlari. II bosqich | 1 | |||||
Milliy terma jamoa | ||||||
Birinchi kanal kubogi | 2 | 2 | ||||
Xalqaro oʻsmirlar | ||||||
Bosfor Cup | 1 | |||||
Skate Helena | 2 | |||||
Denis Ten Memorial | 3 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Четверной прыжок за полгода, персональная выставка и открытая душа. Призёр чемпионата России Марк Кондратюк общается с «Матч ТВ»“. 20-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-fevral 2021-yil.
- ↑ „Фигурное катание. Сборная России досрочно завоевала золото в командном турнире ОИ после произвольного танца“ (ruscha). news.sportbox.ru (7-fevral 2022-yil). 7-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-fevral 2022-yil.
- ↑ „Марк Кондратюк выиграл чемпионат Европы по фигурному катанию“. Чемпионат. 14-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2022-yil.
- ↑ Бабуров, Григорий. „18-летний Марк Кондратюк стал чемпионом России по фигурному катанию“ (ruscha). Чемпионат (24-dekabr 2021-yil). 24-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Архивированная копия“. 24-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
- ↑ „ISU World Standings 2021/2022“ (inglizcha). ИСУ (10-fevral 2022-yil). 14-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-fevral 2022-yil.
- ↑ „Bosphorus Istanbul Cup 2019“ (ruscha).
- ↑ „Mentor Torun Cup 2020“ (ruscha). 14-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-may 2022-yil.
- ↑ 9,0 9,1 „Воспитанник СШОР ЦСКА по фигурному катанию на коньках им. С.А. Жука Марк Кондратюк завоевал «бронзу» на дебютном чемпионате России“. ЦСКА (20-dekabr 2020-yil). 18-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
- ↑ „Nebelhorn Trophy. Кондратюк занял 3-е место и принес России третью олимпийскую квоту в мужском катании, победил американец Чжоу“. 24-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-sentabr 2021-yil.
- ↑ Ольга ЕРМОЛИНА. „Марк Кондратюк стал бронзовым призером "Nebelhorn Trophy" и обеспечил для российской сборной третью квоту в мужском одиночном катании на Играх в Пекине“ (ruscha). www.fsrussia.ru. 27-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Мемориал Дениса Тена-2021: Итоги турнира“. Olympics.com. 6-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Кондратюк занял 3-е место в короткой программе командного турнира Олимпиады-2022, лучший результат у американца Чена“ (ruscha). Sports.ru (4-fevral 2022-yil). 15-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart 2022-yil.
- ↑ „Олимпиада-2022. Фигурное катание. Кагияма выиграл произвольную программу в командном турнире, Кондратюк – 2-й“ (ruscha). Sports.ru (6-fevral 2022-yil). 13-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart 2022-yil.
- ↑ РИА Новости Спорт. „Российские фигуристы выиграли командный турнир на Олимпиаде в Пекине“ (ruscha). РИА Новости Спорт (7-fevral 2022-yil). 3-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart 2022-yil.
- ↑ „Competition Results: Mark KONDRATIUK“ (inglizcha). ISU. 2021-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.