Yevgeniya Medvedeva
Yevgeniya Armanovna Medvedeva (Ruscha: Евгения Армановна Медведева; 19-noyabr 1999-yil[1], Moskva) — yakka holda figurali uchish musobaqalarida qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. 2018-yilgi Olimpiadada ikki karra kumush medali sovrindori (yakka konkida uchish va jamoaviy musobaqa). Ikki karra jahon chempioni (2016, 2017), jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2019). Ikki karra Yevropa chempioni (2016, 2017), Yevropa chempionati kumush medali sohibi (2018). Ikki karra Rossiya chempioni (2016, 2017), Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori (2015). Gran-pri finalining ikki karra gʻolibi (2015, 2016). Jamoaviy jahon chempionatining kumush medali sovrindori (2017). Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi (2015) va bronza medali sohibi (2014). Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali gʻolibi (2014) va bronza medali sohibi (2013).
Yevgeniya Medvedeva | |
---|---|
Medvedeva 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Yevgeniya Medvedeva |
Davlat | Rossiya |
Tavalludi | Moskva, Rossiya |
Yashash joyi | Moskva, Rossiya |
Boʻyi | 159 |
Murabbiyi | |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 241,31 |
Qisqa dastur | 81,61 |
Erkin dastur | 160,46 |
Yevgeniya Medvedeva 2022-yil 17-aprel holatiga koʻra Xalqaro konkida uchish ittifoqi[2] reytingida 74-oʻrinni egallagan.
Medvedeva 2007 — 2018-yillarda „Sambo-70“ sport va taʼlim markazida murabbiyi Eteri Tutberidze bilan birga sport bilan shugʻullangan. Yevgeniya 2018 — 2020-yillarda Bryan Orser bilan Toronto Cricket, Skating and Curling Club klubida mashq qilib, 2020-yil sentyabr oyida Eteri Tutberidze guruhiga qaytgan.
Medvedeva tarixida figurali uchish (ayollar) boʻyicha erkin dasturda 160 balldan, qisqa dasturda 80 balldan va umumiy natija boʻyicha 240 balldan koʻproq ochko toʻplagan birinchi figurali uchuvchidir. U erkin dastur va umumiy ball boʻyicha tarixiy jahon rekordlari egasi.
Tarjimayi holi
tahrirMedvedeva 1999-yil 19-noyabrda Moskvada tugʻilgan. Uning otasi Arman Babasyan tadbirkor va sobiq rassom[3][4]. Onasi — Janna Medvedeva[5] (Devyatova[3]) — sobiq figurali uchuvchi[3], Moskva chempioni[3], jarohati[3] tufayli 15[6] yoshida faoliyatini yakunlagan. Yevgeniya Medvedeva Lyubov Yakovleva guruhida Babasyan familiyasi ostida oʻqidi, keyinchalik familiyasini ona tomonidan buvisining qizlik familiyasiga almashtirdi[3]. 2017-yil 1-sentyabrdan boshlab SCOLIPE[7] (Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti) talabasi boʻlgan. 2021-yil 1-sentyabrdan Moskva davlat universiteti talabasiga aylangan[8][9].
Faoliyati
tahrirYevgeniya Medvedeva figurali uchishni uch yarim yoshida boshlagan. Sobiq figurali uchuvchi boʻlgan onasi uni ushbu sport turiga olib kelgan. Kichik Medvedeva „Yunix pionerov“ figurali uchish maktabida oʻqigan[10]. Keyin u Lyubov Yakovlevaning guruhiga, soʻng Yelena Selivanova guruhiga oʻtgan. 2007-yilda Yevgeniyaning onasi uni Sambo-70 markaziga, Eteri Tutberidze guruhiga oʻtkazishga qaror qilgan.
Yevgeniya Medvedeva 2011-yilda Rossiya terma jamoasiga qoʻshildi[11].
Oʻsmirlar oʻrtasida
tahrir2013 — 2014-yilgi mavsum
tahrirMedvedeva 2013 — 2014-yilgi mavsumda Latviyada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-prida debyut qildi va u oltin medalni qoʻlga kiritdi[12]. Buning ortidan Polshadagi bosqich boʻlib oʻtdi, Yevgeniya unda ham gʻalaba qozondi[13]. Yaponiyada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida sportchi hamyurtlari — Mariya Sotskova va Serafima Saxanovichga[14] yutqazib, bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Medvedeva 2014-yilgi Rossiya chempionatida kattalar oʻrtasida yettinchi oʻrinni[15] va oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi[16]. 2014-yil mart oyining boshida u figurali uchish boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Rossiya kubogi finalida Anna Pogorilayani[17][18] ortda qoldirib, ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
2014 — 2015-yilgi mavsum: oʻsmirlar chempionatidagi gʻalaba
tahrirMedvedeva 2014 — 2015-yilgi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirining ikkala bosqichida[19] gʻolib chiqdi, natijada Gran-pri finalida ishtirok etish imkonini qoʻlga kitirdi[20]. U Barselonadagi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalidagi ikkala dasturda ham gʻalaba qozonib, oltin medal sohibi boʻldi[21]. Medvedeva 2015-yilgi Rossiya chempionatida Yelizaveta Tuktamisheva va Yelena Radionovaga yutqazib, birinchi bor medalni (bronza)[22] qoʻlga kiritdi, bu esa unga ikkinchi jahon oʻsmirlar chempionatiga chiqishga imkon berdi. Yevgeniya mart oyining boshida Tallinda boʻlib oʻtgan musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritdi[23].
Kattalar oʻrtasida
tahrir2015 — 2016-yilgi mavsum: Yevropa chempionati va jahon chempionatidagi gʻalaba
tahrir-
Qisqa dastur, Grand Pri Finali 2015—2016-yil.
-
Erkin dastur, Grand Pri Finali 2015—2016-yil.
Yevgeniya Medvedeva 2015-yil oktyabr oyida kattalar oʻrtasida figurali uchish boʻyicha musobaqada qatnashishni boshladi. U Ondrey Nepela Memoriali 2015 musobaqasida gʻalaba qozondi[24]. Uch hafta oʻtgach, Yevgeniya Miluoki shahrida (AQSh) Skate America Gran-pri seriyasida birinchi oʻrinni egalladi[25]. Rossiyadagi keyingi bosqichda ham uning chiqishi muvaffaqiyatli boʻldi. Medvedeva boshqa rossiyalik figurali uchuvchi Yelena Radionovaga yutqizib ikkinchi[26] boʻldi.
Medvedeva milliy chempionatdagi qiyin kurashishdan soʻng birinchi marta Rossiya chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi. 2016-yilgi Yevropa chempionatida birinchi oʻrinni egalladi; Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni rossiyaliklar — Yelena Radionova va Anna Pogorilaya egalladi. Yevgeniya Bostonda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida erkin dasturda 150,10 ball yigʻib yangi jahon rekordini oʻrnatdi. U mavsumning barcha asosiy startlarida gʻalaba qozongan Irina Slutskaya va Yelizaveta Toʻxtamishevadan keyin Gran-pri finalida, Yevropa chempionatida va Jahon chempionatida gʻalaba qozongan uchinchi yakkaxon rus konkida uchuvchisi boʻldi. Shuningdek, Medvedeva oʻsmirlar oʻrtasida gʻalaba qozonganidan keyingi yili kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻalaba qozongan dunyodagi birinchi yakkaxon konkida uchuvchi boʻldi[27]. Bunday yuqori natijalarga erishish uchun Medvedeva maktabdagi taʼlimini tashlab, murabbiylar bilan alohida shugʻullanishi kerak edi. „Komsomolskaya pravda“ radiosiga bergan intervyusida Yevgeniya Medvedeva „Jahon chempionatiga yetarlicha hissiy kuchga ega boʻlish uchun“ ikki hafta davomida darslarini tark etganini aytgan[28].
2016 — 2017-yilgi mavsum: sakkizta jahon rekordi va jahon chempionatida ikkinchi oltin medal
tahrir-
Qisqa dastur, Grand Pri Finali 2016—2017-yil.
-
Erkin dastur, Grand Pri Finali 2016—2017-yil.
Medvedeva 2016 — 2017-yilgi Olimpiya oʻyinlaridan oldingi yangi mavsumni oktyabr oyi oxirida boshladi, u yerda Mississaugadagi Gran-pri bosqichida qatnashdi, Kanada Federatsiya kubogida birinchi oʻrinni egalladi, shu bilan birga qisqa dasturda oldingi yutugʻini yangiladi[29]. Noyabr oyi oʻrtalarida u Parijdagi Gran-pri bosqichida ishtirok etib, u yerda Trophée de France turnirida birinchi oʻrinni egalladi va qisqa dasturdagi sport yutuqlari yaxshilandi[30]. Bu yutuq unga Marseldagi Gran-pri finaliga ishonch bilan chiqishga imkon berdi, Medvedeva ushbu finalda qisqa dasturda toʻplangan ochkolar yigʻindisi boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi. Shunday qilib, u ikkala dasturda ham rekordlar egasiga aylandi. Erkin dastur natijalariga koʻra, Medvedeva Gran-pri finalining ikki karra gʻolibi boʻldi[31]. Medvedeva 2016-yil dekabr oyida Chelyabinskda ikki karra Rossiya chempioni boʻldi[32].
Medvedeva 2017-yilgi Yevropa chempionatida yana ikki karra Yevropa chempioni boʻlib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shu bilan birga, u erkin dasturda yana jahon rekordini yangiladi (oʻzi oʻrnatdi), shuningdek, ikkita dasturda (ilgari koreyalik Kim Yong Ahga tegishli) ball yigʻindisi boʻyicha yangi jahon rekordini oʻrnatdi[33]. U Xelsinkidagi jahon chempionatida ishonchli gʻalaba qozonib, ikki karra jahon chempioni boʻldi. Yevgeniya qisqa dasturda 79,01 ball toʻpladi[34]. Shu bilan birga, u oʻz mamlakati uchun Janubiy Koreyada boʻlib oʻtadigan Olimpiadaga uchta yoʻllanmani qoʻlga kiritishga hissa qoʻshdi.
Medvedeva 2017-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionatida ikkala dasturda ham gʻolib chiqdi. Qisqa dasturda[35] 80,85 ball, erkin dasturda 160,46 ball, umumiy[36] 241,31 ball toʻplagan holda barcha rekordlari yana yangilandi.
2017 — 2018-yilgi mavsum: Olimpiya mavsumi
tahrir-
Qisqa va erkin dastur, Qishki Olimpiya o'yinlari, Pxyonchxan 2018.
Medvedeva 2017 — 2018-yilgi yangi Olimpiya mavsumini Bratislavada boshladi va u yerda Ondrey Nepela Memorial turnirini oltin medal bilan yakunladi[37]. U Moskvada Gran-pri seriyasini boshladi va u yerda ham gʻolib boʻldi[38].
2018-yil Moskvada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida u Alina Zagitovaga yutqazib, ikkinchi oʻrinni egalladi[39]. Pxyonchxandagi Olimpiya oʻyinlarida Medvedeva Rossiyadan kelgan olimpiya sportchilari jamoasi tarkibida jamoaviy musobaqalarda kumush medalni qoʻlga kiritdi[40]. U qisqa dasturni muvaffaqiyatli bajarib, jamoasiga maksimal 10 ochko keltirdi. Shu bilan birga, u qisqa dasturda oʻzining jahon rekordini yangiladi. Medvedeva Olimpiada oʻyinlaridagi yakkalik bahslarda ikkinchi oʻrinni egalladi va kumush medalni qoʻlga kiritdi[41]. Mart oyida Medvedeva Milanda boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida ishtirok etishi kerak edi, ammo belidan olgan jarohati tufayli musobaqani tark etdi[42][43].
2019 — 2020-yilgi mavsum
tahrirMedvedeva 2019 — 2020-yilgi mavsumni sentyabr oyida „Challenger“ — Autumn Classical International turkumiga kiruvchi Kanadada boʻlib oʻtgan turnirdagi chiqish bilan boshlagan. Qisqa dasturda u barcha elementlarni bexato bajarib, 75,14 ball[44] bilan ikkinchi oʻrinni egallagan[45]. Erkin dasturda Yevgeniya 142,29 ball bilan yana ikkinchi oʻrinni egallagan[46]. Natijada u yaponiyalik Rika Kihiraga 6,73 ochko yutqazib, jami 217,43 ochko bilan ushbu turnirning kumush medalini qoʻlga kiritgan[47].
2020-2021 yilgi mavsum
tahrirYevgeniya Medvedeva 2020-yil 16-sentyabr kuni murabbiy Eteri Tutberidze[48][49] guruhiga qaytayotgani maʼlum boʻldi[50].
Yevgeniya Medvedeva Rossiya kubogi seriyasining birinchi va ikkinchi bosqichlarida qatnashish tayinlandi, ammo keyinroq FFKKR (Rossiya figurali uchish federatsiyasi) tomonidan sportchi musobaqadan chiqqani rasman tasdiqlandi, shuningdek, Medvedeva tibbiy sabablarga koʻra Rossiya kubogining keyingi bosqichlarining birortasida ham ishtirok etmadi[51]. Medvedeva Moskvadagi Gran-pri musobaqasida ishtirok etdi, biroq sogʻligʻining tiklanishi davom etayotgani sababli musobaqani tark etdi[52]. 2020-yil noyabr oyida u koronavirus bilan kasallangan[53].
Medvedeva 2021-yil 5-avgustda yaqinlashib kelayotgan Olimpiya mavsumini oʻtkazib yuborishini eʼlon qildi[54]. 2021-yilda u 2021 — 2022-yilgi Olimpiya mavsumi uchun Rossiya terma jamoasiga kiritilmadi. Sportdagi faoliyatini tugatgandan soʻng, u oʻzining figurali uchish maktabini ochishni rejalashtirmoqda[manba kerak].
Sportdagi yutuqlari
tahrirMusobaqa[55][56] | 11/12 | 12/13 | 13/14 | 14/15 | 15/16 | 16/17 | 17/18 | 18/19 | 19/20 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro yakkalik | |||||||||
Qishki Olimpiya oʻyinlari | 2 | ||||||||
Jahon chempionati | 1 | 1 | 3 | ||||||
Yevropa chempionati | 1 | 1 | 2 | ||||||
Gran-pri finali | 1 | 1 | |||||||
Gran-pri bosqichi. NHK Trophy | 1 | ||||||||
Gran-pri bosqichi Rostelecom Cup | 2 | 1 | 2 | ||||||
Gran-pri bosqichi Skate America | 1 | ||||||||
Gran-pri bosqichi Skate Canada | 1 | 3 | 5 | ||||||
Gran-pri bosqichi Internationaux de France | 1 | 4 | |||||||
Autumn Classic International | 2 | 2 | |||||||
Ondrey Memoriali | 1 | 1 | |||||||
Shanghai Trophy | 1 | ||||||||
Xalqaro jamoaviy | |||||||||
Qishki Olimpiya oʻyinlari | 2 | ||||||||
Jahon chempionatlari | 2 | ||||||||
Japan Open | 2 | 1 | |||||||
Team Challenge Cup 2016 | 2 | ||||||||
Milliy | |||||||||
Rossiya chempionati | 8 | 7 | 3 | 1 | 1 | 7 | |||
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati | 6 | 4 | 4 | 1 | |||||
Rossiya kubogi finali | 2 | 2 | 1 | ||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. I bosqich | 2 | ||||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. II bosqich | 1 | ||||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. III bosqich | 2 | ||||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. IV bosqich | 4 | 2 | |||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. V bosqich | 2 | 1 | |||||||
Oʻsmirlar oʻrtasida (Milliy) | |||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatlari | 3 | 1 | |||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali | 3 | 1 | |||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichi. Latviya | 1 | ||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichi. Polsha | 1 | ||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichi. Fransiya | 1 | ||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichi. Chexiya | 1 | ||||||||
Ice Star 2013 | 1 |
Davlat tomonidan mukofotlari
tahrir- Doʻstlik ordeni (2018 -yil 27-fevral)[57]
- Rossiyada xizmat ko'rsatgan sport ustasi (2016-yil 12-aprel)[58]
- Rossiya xalqaro sport ustasi (2015-yil 3-avgust)[59]
- Rossiya sport ustasi (2013-yil 21-fevral)[60]
Sevimli mashguʼlotlari
tahrirMedvedeva bolaligida astronomiya va rasm chizishni yaxshi koʻrgan[3], rasm chizzishga boʻlgan muhabbati hoirgacha saqlanib qolgan. Medvedeva anime ishtiyoqmandi, ayniqsa ayni nomdagi animedagi Sailor Moon qahramonini yaxshi koʻradi, shuningdek, Janubiy Koreyaning K-pop musiqasi janri, ayniqsa EXO bolalar guruhiga[61][62] muxlislik qiladi. Oʻzini otaku (anime va manga muxlisi) deb ataydi. Shuningdek, Medvedeva Yaponiyada bir necha bor Sailor Moon obrazida — dastlab „Muzdagi tushlar 2016“ shousida, keyin 2017-yilda — yapon telekoʻrsatuvlaridan birida, shuningdek, 2017-yil mart-aprel oylarida Tokioda[63][64] boʻlib oʻtgan jamoaviy jahon chempionatining namoyish dasturida ishtirok etgan. Pxyonchxandagi Qishki Olimpiadaning rasmiy yopilish marosimi oldidan Medvedeva koʻp yillik orzusini amalga oshirdi va EXO guruhi aʼzolari bilan uchrashdi[65].
Fobiyalari
tahrirMedvedeva entomofobiyasi borligini yaʼni kapalaklar va kuyalardan qoʻrqishini aytgan[66][67].
Manbalar
tahrir- ↑ Alex Abad-Santos. „Kamila Valieva failed her drug test. Blame her coaches“ (en). Vox (2022-yil 11-fevral). 2022-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
- ↑ „ISU World Standings 2021/2022 — Women“ (en). ИСУ (2022-yil 31-yanvar). 2021-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Светлана Самоделова. „Отец фигуристки Евгении Медведевой раскрыл ее фамильные тайны“. Редакция газеты "Московский Комсомолец" Электронное периодическое издание «MK.ru» (2018-yil 27-fevral). 2018-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-oktyabr.
- ↑ „Тренер Медведевой не знал, что она наполовину армянка: интервью Азрояна“. Российско-армянское информационное агентство (9 февраля 2017). 2018-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-fevral.
- ↑ Вероника Советова. „Мама фигуристки Медведевой: на сломанной ноге Женя выиграла два этапа Гран-при“. ТАСС. 2018-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-oktyabr.
- ↑ Eksklyuzivnoe intervyu Yevgenii Medvedevoy na telekanale „Матч ТВ“. 1 marta 2018 goda. Intervyuer — Aleksey Yagudin.
- ↑ Мария Величко. „Евгения Медведева стала студенткой РГУФКСМиТ“. Sports.ru (2017-yil 1-sentyabr). 2019-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ Анна Лаптева. „Евгения Медведева поступила в МГУ“. Sports.ru (2021-yil 1-sentyabr). 2021-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-sentyabr.
- ↑ „Евгения Медведева поступила в МГУ“. РИА Новости Спорт (2021-yil 1-sentyabr). 2021-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-sentyabr.
- ↑ Артур Вернер. „Дамский вальс-бостон“ (ru). wer-art.com (2016-yil 3-aprel). 2018-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Сборная команда по фигурному катанию“ (ru). fskate.ru. 2014-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „2013 JGP Riga — Junior Ladies — Results“ (en). isuresults.com. 2013-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „2013 JGP Baltic — Junior Ladies — Results“ (en). isuresults.com. 2015-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „ISU Grand Prix Final 2013-14 — Junior Ladies — Results“ (en). isuresults.com. 2013-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ростелеком - Чемпионат России 2014 — Женщины — Результаты“ (ru). fsrussia.ru. 2014-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Первенство России среди юниоров 2014 — Девушки — Результаты“ (ru). fsrussia.ru. 2014-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Кубок России. Финал. Погорилая победила, Медведева – 2-я, Госвияни – 5-я“. Sports.ru (2014-yil 2-mart). 2014-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-sentyabr.
- ↑ „Финал Кубка России 2014 (Великий Новгород)“ (ru). fskate.ru. 2014-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-sentyabr.
- ↑ „Гран-при среди юниоров. 1-й этап. Медведева одержала победу“ (ru). Sports.ru (2014-yil 22-avgust). 2017-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Евгения Медведева: первую задачу на сезон выполнила!“ (ru). team-russia2014.ru (2014-yil 8-sentyabr). 2014-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Евгения Медведева – победительница финала юниорского Гран-при среди одиночниц; Серафима Саханович – вторая“ (ru). allsportinfo.ru (2014-yil 12-dekabr). 2014-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Елена Радионова – чемпионка России по фигурному катанию среди одиночниц“ (ru). allsportinfo.ru (2014-yil 27-dekabr). 2014-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Чемпионат мира среди юниоров. Медведева победила, Саханович – 2-я, Сотскова – 5-я“ (ru). Sports.ru (2015-yil 6-mart). 2015-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Мемориал Непелы. Медведева победила, Погорилая — 2-я, Артемьева — 3-я“ (ru). Sports.ru (2015-yil 3-oktyabr). 2015-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Skate America: Медведева победила, Липницкая — 6-я“ (ru). Sports.ru (2015-yil 25-oktyabr). 2016-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Rostelecom Cup. Радионова победила, Медведева — 2-я, Сотникова — 3-я“ (ru). Sports.ru (2015-yil 21-noyabr). 2015-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Чемпионат мира по фигурному катанию, результаты сегодня: Евгения Медведева — чемпионка мира, Погорилая — бронзовая призерка“ (ru). ИА News (2016-yil 3-aprel). 2016-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Евгения Медведева и Анна Погорилая: Перебарывая себя, мы получаем нереальный кайф!“ (ru). Комсомольская правда (2016-yil 8-aprel). 2016-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Skate Canada. Медведева победила“ (ru). Sports.ru (2016-yil 29-oktyabr). 2016-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Trophée de France. Медведева победила, Сотскова — вторая“ (ru). Sports.ru (2016-yil 13-noyabr). 2016-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „ISU Grand Prix of Figure Skating Final 2016/2017 — Ladies - Free Skating“. isuresults.com. 2016-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-dekabr.
- ↑ „Чемпионат России. Медведева победила, Загитова – 2-я, Сотскова – 3-я, Погорилая – 4-я, Радионова – 5-я“ (ru). Sports.ru (2016-yil 24-dekabr). 2017-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Чемпионат Европы. Медведева одержала победу, Погорилая — вторая, Костнер — третья“ (ru). Sports.ru (2017-yil 27-yanvar). 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Чемпионат мира. Медведева выиграла золото“ (ru). Sports.ru (2017-yil 31-mart). 2017-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Медведева побила рекорд мира в короткой программе на командном ЧМ“ (ru). Sportbox.ru (2017-yil 20-aprel). 2017-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Медведева побила рекорд мира в произвольной программе на командном ЧМ“ (ru). Sportbox.ru (2017-yil 22-aprel). 2017-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Мемориал Непелы. Медведева одержала итоговую победу, Радионова — третья“ (ru). Sports.ru (2017-yil 23-sentyabr). 2017-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Rostelecom Cup. Медведева победила, Костнер — вторая, Радионова — четвёртая“ (ru). Sports.ru (2017-yil 21-oktyabr). 2017-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Чемпионат Европы. Загитова победила, Медведева – 2-я“ (ru). Sports.ru (2018-yil 20-yanvar). 2018-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Олимпиада-2018. Россия завоевала серебро в командном турнире фигуристов“ (ru). Sports.ru (2018-yil 12-fevral). 2018-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Олимпиада-2018. Загитова завоевала золото, Медведева – серебро“ (ru). Sports.ru (2018-yil 23-fevral). 2018-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Медведева пропустит чемпионат мира в Милане по рекомендации врачей“ (ru). Sports.ru (2018-yil 13-mart). 2018-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Евгения Медведева пропустит чемпионат мира в Милане“. ФФККР (2018-yil 13-mart). 2018-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Медведева справилась с короткой программой, но стала второй в Канаде“ (ru). nevasport.ru (2019-yil 13-sentyabr). 2021-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Даже при чистом прокате Медведева уступает Кихире три балла на Autumn Classic International“ (ru). sportsdaily.ru (2019-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
- ↑ Екатерина Беспалова. „Медведева не падала, но победила Кихира“ (ru). Спорт Экспресс (2019-yil 14-sentyabr). 2019-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Кихира выиграла Autumn Classic, Медведева — вторая“ (ru). nevasport.ru (2019-yil 14-sentyabr). 2019-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-sentyabr.
- ↑ Александр Насонов. „В «Хрустальном» подтвердили возвращение Евгении Медведевой к Этери Тутберидзе“ (ru). www.championat.com. 2020-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Медведева вернулась в группу Тутберидзе“. ТАСС. 2020-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Брайан Орсер объяснил, почему фигуристка Евгения Медведева вернулась к Этери Тутберидзе — Eurosport“. 2021-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-mart.
- ↑ „«Нет никакой горечи»: почему Медведева вернулась к Тутберидзе“ (ru). Газета.Ru (2020-yil 17-sentyabr). 2020-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.
- ↑ „Евгения Медведева не выступит на этапе Гран-при в Москве“ (ru). ТАСС (2020-yil 16-noyabr). 2022-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.
- ↑ „Фигуристка Медведева заразилась коронавирусом“ (ru). Lenta.RU (2020-yil 21-noyabr). 2022-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.
- ↑ „Медведева сообщила о пропуске предстоящего сезона“ (ru). РИА Новости Спорт. РИА Новости (2021-yil 5-avgust). 2021-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.
- ↑ „Competition Results - Evgenia MEDVEDEVA“ (en). ISUResults.Com. 2020-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-fevral.
- ↑ „Евгения Армановна Медведева — Evgenia Medvedeva — Личности“ (ru). FSkate.Ru. 2019-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Владимир Путин вручил государственные награды российским спортсменам – победителям и призёрам XXIII Олимпийских зимних игр“ (ru). Министерство спорта Российской Федерации (2018-yil 28-fevral). 2020-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-avgust.
- ↑ „Виталий Мутко вручил ведомственные награды российским фигуристкам Евгении Медведевой, Анне Погорилой, Елене Радионовой и их тренерам“ (ru). Министерство спорта Российской Федерации (2016-yil 12-aprel). Qaraldi: 2019-yil 18-avgust.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Приказ "О присвоении спортивного звания "Мастер спорта России международного класса" от 3 августа 2015 г. № 109-нг“ (ru). Министерство спорта Российской Федерации (2015-yil 3-avgust). Qaraldi: 2019-yil 18-avgust.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Приказ "О присвоении спортивного звания "Мастер спорта России" от 21 февраля 2013 г. № 9-нг“ (ru). Министерство спорта Российской Федерации (2013-yil 21-fevral). 2019-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-avgust.
- ↑ „Евгения Медведева: Увлекаюсь японским аниме и очень люблю персонаж Сейлор Мун (видео)“. Российский Стадион (30 мая 2017). 2017-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-iyun.
- ↑ „Евгения Медведева: Телевизор не смотрю, люблю аниме и корейский поп“. Советский спорт (11 апреля 2017). 2017-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-iyun.
- ↑ „Фигуристка Евгения Медведева на японском ТВ-шоу станцевала в образе Сейлор Мун“. Пятый канал (28 мая 2017). Qaraldi: 2017-yil 23-iyun.
- ↑ „Фигуристка Медведева покорила Японию своим выступлением в образе Сейлор Мун“. Ruposters (24 апреля 2017). Qaraldi: 2017-yil 23-iyun.
- ↑ https://www.instagram.com/p/Bfnh9smhqmG/
„Фигуристка Медведева встретилась с поп-группой EXO перед церемонией закрытия ОИ-2018“. RT (2018-yil 25-fevral). 2018-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-fevral. - ↑ Nealin, Laurie. „May 2019: Russian Stars on Ice skater worried by flittering insects, not the anxious moments before a routine“. Winnipeg Free Press (2019-yil 7-may). 2022-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-aprel.
- ↑ „Евгения Медведева: секрет Тутберидзе, отказ от психолога и самая ценная медаль“ (ru-RU). 2022-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-aprel.