Markaziy Mahallu juma masjidi (Muvattupuja)
Markaziy Mahallu juma masjidi – Hindistonning Kerala shtatidagi Muvattupuja shahridagi Juma masjidi. Inshoot qashshoqlik, kasalliklarga barham berishga qaratilgan hamda kambagʻal va nochor odamlarga yordam berish maqsadida qurilgan. Inshootning maqsadlari – ishsizlikni yoʻq qilish, taʼlim islohotlarini oʻtkazish va islom jamiyatini shon-shuhratini oshirishdan iborat.
Masjid | |
Markaziy Mahallu juma masjidi (Muvattupuja)
| |
Kirish qismi | |
Mamlakat | Hindiston |
Koordinatalar | 9°59′23″N 76°35′0″E / 9.98972°N 76.58333°E |
Markaziy Mahallu juma masjidi (Muvattupuja) Vikiomborda |
Aʼzolari
tahrir2011–2021-yillardagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[1], mahalla 1824 oila va jami 8960 kishini (4594 erkak va 4366 ayol) oʻz ichiga olgan 11 blokdan iborat. Mahallaning barcha aʼzolari Mahallaning rivojlanishi va farovonligi yoʻlida birgalikda faoliyat olib boradi.
Masjid Muvattupujadagi Kavumkara bozorida joylashgan.
Tarixi
tahrirMarkaziy Mahallu jamoati taʼmiri 1900-yillarning boshlariga toʻgʻri keladi. 1927-yilda Juma masjidi uchun yer sotib olingan. U 1927-yil 19-fevralda (1346-yilning shaʼbon oyida 27-sanasida) tashkil etilgan boʻlib, u yerda birinchi juma namozi oʻqilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Census of India : Provisional Population Totals Paper 1 of 2011 : Kerala“. censusindia.gov.in.
Havolalar
tahrirVikiomborda Jama Masjid, Muvattupuzha mavzusiga oid fayllar bor