Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi oqibatlari
Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi oqibatlari Dunyo boʻyicha iqlim oʻzgarishi kuzatilishi oqibatida sayyoradagi oʻrtacha harorat miqdori +1 gradusdan yuqorini tashkil etmoqda. Bu harorat tashqi iqlim bilan solishtirganda past va sezilmas harorat boʻlishi mumkin. Ammo iqlim oz’garishini belgilovchi oʻrtacha harorat qiymatida katta harorat sanaladi. Sanoat inqilobi boshlangandan beri sayyorada iqlim oʻzgarishiga sababchi boʻluvchi CO2 gazi miqdori 50% ga oshgan, Karbonat angidrid gazi bu yer sayyorasida quyosh nurlarini tutib qolishi natijasida yer yuzasida oʻrtacha iqlim harorati koʻtarilishiga olib keladi. Sanoat inqilobi natijasida inson yoqilgʻi resurslaridan keng foydalanishi natijasida sayyoraga koʻp miqdorda inert gazlar, karbonat angidrid va boshqa turdagi zaxarli chuqindilar chiqara boshladi. Buning natijasida sayyoradgi oʻrtacha harorat 1970-yilga nisbatan 1.1% ga yuqoriladi[1]. Haroratning koʻtarilishi natijasida yer yuzasida yogʻinlar miqdorining oʻzgarishi, oʻrmon yongʻinlari, choʻllashish, muzliklarning shiddat bilan erishi natijasida dengiz suv sathining koʻtarilishi kabi tabiat hodisalari keng namoyon boʻla boshladi. Xususan 1880-yildan beri dunyo okeanining suv sathi 21-24 santimetrga koʻtarildi, 2022-yilga kelib esa 1993-yilgi dunyo okeani sathidan rekorda darajada 101,2 santimetr suv sathi yuqoriladi[2]. Dengiz sathining global koʻtarilish tezligi tezlashmoqda: 2006-2015 yillarda u 2006-2015 yillarda yiliga 0,06 dyuymdan (1,4 millimetr) 20-asrning katta qismida ikki baravar koʻpaydi. Jumladan 2021-yil Shveytsariyaning Glazgo shahrida BMTning iqlim oʻzgarishlariga bagʻishlangan konferensiyasida mayda mitti orollarda tashkil topgan va ayni vaqtda global ishish natijasida toboro suv ostida qolib boraytotgan davlat hisoblangan Tuvalu mamlakatining tashqi ishlar vaziri Simon Kofe oʻz nutqini dengizda turgancha nutq olib borishi yanada bu dunyo davlatlarining iqlim oʻzgarishiga qarshi sayyoraviy urashga qarshi kurashish uchun bir chaqiriq boʻlib hisoblandi[3]. Shuningdek bu dunyo boʻyicha XX asrda boshlangan global iqlim oʻzgarishi Markaziy Osiyo mintaqasida ham taʼsir koʻrsata boshlagan. Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishining taʼsiri XX asrning 1970-yillar kuzatila boshlagan. Mintaqadagi ekologik muommolarning kelib chiqishiga asosiy sabablardan biri bu suvdan samarasiz foydalanish, sanoatlashuv, havoning ifloslanishi, oʻrmonlarni kesish, melioratsiya, qishloq xoʻjaligidan chiqayotgan zararli kimyoviy birikmalar, choʻllashish asosiy sabablar sanaladi. Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiy-ijtimoiy geografik nuqtai nazardan O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston, Qirg'iziston va Tojikiston davlatlaridan tashkil topgan.
Markaziy Osiyodagi eng katta ekologik muommolardan biri bu Orol dengizining qurishi hisoblanadi. Orol dengizi XX asrning 60-yillaridan boshlab Amudaryo va Sirdaryodandan kam miqdorda suv kelishi natijasida sohillari chekina boshlagan[4]. Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi oqibatida eng koʻp zarar koʻrayotgan davlatlar Oʻzbekiston va Turkmaniston davlatlari boʻlib turibdi. MArkaziy Osiyo 2000-2016 yillar davomida iqlim oʻzgarishi natijasida qurgʻoqchilikdan 2 mlrd AQSh dollaridan ziyod zarar koʻrgan[5].
-
Nemis iqlimshunosi Koppen-Geigerning Markaziy Osiyo iqlimi haqidagi nazariya xaritasi
Oʻzbekiston
tahrirSuv muommosi
tahrirMarkaziy Osiyoda suv resurslarining notekis taqsimlanishi natijasida, Mintaqadagi eng yirik daryolarning suv sathi pasayishi, gidro inshoatlarni jadallik bilan qurish hamda yangi oʻzlashtiriladigan yerlar uchun su’orma dehqonchilikdan foydalanish natijasida suv taqchil;lgi yuzaga kelmoqda. Oʻzbekistonni kesib oʻtuvchi eng yirik daryo Amudaryo daryosi boshanish irmoqlaridan Afg'oniston shimoliy hududlarini sug;orma dehqonchilikda foydalanish uchun Qo'shtepa kanali ishga tushirilishi natijasida Turkmaniston va O'zbekiston uchun suv taqchilligi muommolarini yuzaga keltira boshlashi mumkin.
Qozogʻiston
tahrirQozogʻiston mintaqadagi eng katta iqtisodiyotga ega boʻlgan davlat sanaladi. Qozogʻistonda foydali qazilmalarni qazib olish hamda uni qayta ishlash, markaziy va janubiy Qozogʻiston hududularida katta miqyosda qishloq xoʻjalogidan foydalanish natijasida suv resurslarining isrof boʻlishi, qishloq xoʻjaligi yer resurslari kimyoviy birikmalar bilan zaharlanishi, Sharqiy Qozogʻiston hududlarida esa 2023-yil kuzatilgan katta oʻrmon yongʻinlari shular jumlasidandir[6]. Qozogʻiston 2023-yil iqlim oʻzgarishi prognozlariga koʻra Parij kelishuvi 1.5 gradus harorat chekloviga amal qilmayotganligi, mamlakat toʻlaqonli muqobil energiya resurslariga oʻtmaganligi yoki mamlakatda energiya ishlab chiqarishda muqobil energiyaning ulushi atiga 3,5% ni tashkil etishi holatlari iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishda Qozgʻistonning eng katta kamchiliklaridan biri boʻlib sanalmoqda. Agarda Qozog;iston shu saylda dunyo davlatlariga oʻrnak boʻladigan boʻlsa iqlim oʻzgarishi dunyo miqyosida 3-4* da tezlashishini prognoz qilishmoqda[7]. Jumladan Qozogʻiston Parij kelishuviga binoan oʻz oldiga qoʻygan muqobil energiya istiqbollariga ham erishishi ishonmayapti jumaladan mamlakatda hozirda ishlab chiqarilayotgan jami energiyaning atiga 3,5% muqobil energiya manbalariga toʻgʻri kelmoqda. Bu koʻrsatgich 2030-yilga kelib 10%, 2060-yilga kelib 70% koʻzlangan maqsadlarga ersishish juda pastligi va xalqaro maydon bunga ishonmasligini takidlab oʻtdi[8]. Qozogʻistonda XXI asrdan gavdalangan yana yangi biri ekologik muommolardan biri bu sanoatlashuv natijasida havoning ifloslanish koʻrsatgichi hisoblanib, hozirgi kunda havoga ishlab chiqaruvchi korxonlar tamonidan 20 milliard tonnadan ziyod zaxarli gazlar chiqarilgan. Jumladan Qozogʻistonda ishlab chiqarish va inson omili natijasida ayrim aholi yashash manzilgohlarida ruxsat etilgan koʻrsatgichdan 8-10 barobar koʻpni tashkil qilomoqsa. Qozogʻistonning faqatgina 2 ta eng yirik Aqtau va Petropavlovskiy shaharlarida havoning meʼyoriy tozaligi qayd etilgan. Qozogʻsitonda yiliga atmosferaga 2,5 million tonna chiqindi gazlar chiqirilishi bu koʻrsatgich esa yiligi 100 ming tonnaga oshib borishi holati kuzatilmoqda. Agarda mamlakat vaqtida iqlimiy meʼyorlarga eʼtibor qaratmasa 2030-yulga kelib ushbu koʻrsatgich 3,6 million tonnani tashkiul etishi mumkin[9]. Qoozgʻistondagi yirik iqlim oʻzgarishi natijasida sodir boʻlgan ekologik muomolaridan yana biri bu syuv resurslari isrof boʻlishidir. Qozogʻsitonda hozirgi kunda kelib jami 35 ta gidrografik obyekt foyda;anishi ekologik jihatdan zaharlangan sanaladi. Bular qatoriga deyarli qurib boʻlgan Orol denhizi hamda Balxash koʻli, Kaspiy dengizi shular jumlasidandir. Qozogʻistonning Balxash koʻlida iqlim oz;garishi natijasida tuzga kelgan ekologik muommolardan biri bu koʻl u oʻz hajmini yoʻqota boshladi. Koʻl suvlarida tuzlarning yuqori konsentratsiyasi, oltingugurt dioksidi, ogʻir metallar va zaharli changlar miqdori toboro yildan yilga miqdori koʻpayib bormoqda. Suvdan kuchli sayozlik va noratsional foydalanish muammosi mavjud. Kaspiy dengizi har yili oʻz-oʻzini tozalash qobiliyatini yoʻqotmoqda. Neft resurslarini qazib olish esa G'arbiy Qozog'iston hududida iqlimiy meʼyorlarning koʻtarilishi, sohil hududlarida neft mahsulotlarining dengiz suvini ifloslantirishi muommolarini keltirib chiqarmoqda.
Aholiga taʼsiri
tahrirQozogʻistonda iqlim oʻzgarishi natijasida Birlashgan Millatlar tashkilotining hisobotiga koʻra 30 ta bevosita va bilvosita salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Aholiga tabiiy geografik omillar zilzilalar, surilmalar, koʻchkilar, sellar va choʻllashish muomoasi. Aholi orasida toboro avj olib boradigan toza ichimlik suvining yetishmasligi buning natijasida toza ichimlik suvi taqchilligi yoki ichimlik suvining sifatining buzilishi ortida oʻpka yurak qon tomir tizimlarida kasalliklarning koʻpayishi holatlari kuzatilishi mumkin. atrof muhitning haroratining oshishi natijasida yurak qon tomir tizimi va oʻpka kasalliklari koʻpayishi natijasida oʻlim sonining oshishi, Atmosfera sifatining yomonlashishi turli respirator, allergik va onkologik kasalliklarning koʻpayishiga olib keladi, Iqlimning isishi tabiiy oʻchoqli yuqumli kasalliklarning tarqalish darajasiga taʼsir qiladi, masalan, vabo, gepatit A, bezgak kabilarning yanada avj olishiga zamin yaratmoqda. bilvosita salbiy oqibatlar qatoriga esa aholis orasida ruhiy kasalliklarning koʻpayishi, ayollarda esa iqlim oʻzgarishi natijasida reproduktiv salomatligining buzilishi va yangi tugʻilgan chaqolaoqlarda turli kasalliklar bilan dunyoga kelishi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishda esa, oziq-ovqatning kamayishi va narxining oshishi, ochlik va toʻyib ovqatlanmaslik, yogʻin miqdorining kamayib ketishi natijasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarida pestitsidlar va kimyoviy moddalardan koʻp foydalanish natijasida oziq ovqatlarda zaxarlanish holatlari kuzatilishi mumkin[10]. ijtimoiy va iqtisodiy muommolardan esa voha va choʻl hududlardan aholining migratsiya qilishi, yerlarning qarovsiz qolishi, yangi yashash qulay boʻlgan hududlarda aholi yashah bosimining oshib ketishi holatlari kuzatilishi mumkin.
Suv muommosi
tahrirSuv resurslarining holati havo harorati va yogʻingarchilikning oʻzgarishiga va ularning ekstremal koʻrinishlariga bevosita javob beradi. Qozogʻiston allaqachon suv resurslari tanqisligini boshdan kechira boshlagan. Prognozlarga koʻra, 2040 yilga borib mamlakat oʻz ehtiyojlarining 50 foizini tashkil etuvchi muhim kamchiliklarga duch kelishi mumkin. Iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlari suvga bogʻliq boʻlganligi sababli, uning tanqisligi tufayli hududlarda yalpi ichki mahsulotning suv bilan taʼminlanishi 2050 yilga borib 6 foizga kamayishi mumkin[11]. Mutaxassislarning fikricha, Qozogʻistonda suv resurslari tanqisligi sabablari tabiiy sharoit bilan bogʻliq (daryo oqimining 90 foizi bahorda); qoʻshni davlatlar hududida oqar suvning qariyb yarmini shakllantirishga; sugʻorish uchun suv isteʼmoli va suv yoʻqotishlaridan keng foydalanish. Shunday qilib, Qozogʻistonda sugʻorish suvi unumdorligi boshqa mamlakatlarga nisbatan olti-sakkiz baravar past. Qozogʻiston daryosi oqimining 44 foizdan ortigʻi boshqa davlatlar hududida hosil boʻladi, shuning uchun defitsit birinchi navbatda qoʻshni mamlakatlarda suvdan intensiv foydalanish hisobiga yuzaga keladi. Afsuski, Qozogʻistonning suvdan noratsional foydalanish darajasi boshqa mamlakatlarnikiga oʻxshaydi. Iqlim oʻzgarishi uning oqibatlarini kuchaytiradi, bu esa daryo suvi mavjudligini kamaytiradi. Salomatlik bir necha bor: oʻrtacha yillik havo harorati ortadi; qishda erishning soni va davomiyligi oshadi va erning muzlash chuqurligi pasayadi, bu esa erigan suvning daryolarni toʻldirish oʻrniga tuproqqa oqib chiqishiga olib keladi; iliq buloq esa suvning bugʻlanishiga olib keladi va suv omborlariga quyilish oʻrniga atmosferaga kiradi. Bu daryolar rejimlarining oʻzgarishiga olib keladi. Biz allaqachon Ural (Joyq), Tobol, Ili, Irtish va Yesil kabi daryolarning shovullashini koʻrmoqdamiz. Masalan, soʻnggi 15 yil ichida Ural daryosining suv sathi uch marta pasaygan. Ikki yil oldin daryo rekord darajadagi sayozlikni boshdan kechirdi. 2019-yilning 23-avgust kuni Oʻrolsk shahrining bir qancha tumanlari aholisi ichimlik suvisiz uygʻondi. Shahar suvning 60 foizini daryodan va 40 foizini yer usti suvlaridan foydalanadi. Iqlim oʻzgarishi Ural daryosining suv bosishining yagona sababi emas. Iriklinskoye suv ombori Ural daryosining yuqori oqimidan suv toʻplaydi, lekin uni quyi oqimiga qoʻyib yubormaydi. Bugungi kunda daryo havzasida Iriklinskoedan tashqari har birida kamida 10 million kub metr suv hajmi boʻlgan 12 ta yirik suv ombori mavjud. Ural transchegaraviy daryo boʻlgani uchun Qozogʻiston va Rossiya muammoni hal qilishda hamkorlik qilishi kerak. Qozogʻistonda suv resurslarining foydalanish va ifloslanish darajasiga qarab sinflarga ajartailgan. Mamlakatda nisbatan toza va ichishga yaroqli boʻlgan daryo bu Irtish daryosi va Xitoydan oqib kelu=uvchi Qorz Irtish hisoblanadi. ushbu daryo suvi oʻzini tezda qayta tiklaydi va toza ichimlik suvi sifatida ham ishlatiladi. Shuningdek bunday daryolar va gidroligik havzalar Qozogʻistonning janubiy va janubi-sharqiy qismlaridagi asosiy daryolar va ularning irmoqlari kiradi. Qozogʻistonda eng suvi ifloslangan va yaroqsiz suvi sifatida esa asosan shahar atrofi hududlari, hamda yirik sanoat markazlari yaqinidagi gidrologik obyektlar sanaladi. Ulardan biri Chelyabinsk viloyatining Parij qishlogʻi yaqinidan boshlanib, Qozogʻiston bilan chegarani Qostanay viloyatidan kesib oʻtuvchi Togʻizoq daryosidir. Ekologlar Togʻizoqning er usti suvlarida nikel kontsentratsiyasi fon darajasidan oshib ketishini aniqladilar. Yana bir shimoliy suv arteriyasi Ayet, shuningdek, Qirgʻiziston bilan chegaradosh Qorabalta daryosi ham eng ifloslar qatoriga kiradi. Ammo Qozogʻistonda 2021 yilga nisbatan ekologlar tomonidan oxirgi ikki, eng iflos toifadagi suv havzalari soni 14 tadan 9 taga kamaydi. 2022 yilda transchegaraviy daryolar er usti suvlarining yuqori va oʻta yuqori darajada ifloslanishi holatlari yomon tomonga oʻzgardi[12].
Choʻllashish
tahrirBirinchi bosqich (2005-2007):
Buzilgan yerlarni inventarizatsiya qilish va baholash; aholining barcha guruhlarini choʻllanishga qarshi kurash boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayoniga xabardor qilish va jalb qilish; erlarni qayta tiklash yoki ularning degradatsiyasining oldini olish boʻyicha tajriba loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish; Ikkinchi bosqich (2008-2010):
Qozogʻistonning resurs bazasini saqlash va tiklashni taʼminlaydigan barqaror erni boshqarishning normativ-huquqiy talablari va iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; Xalqaro ekologik konventsiyalarning birlashgan holda bajarilishini taʼminlash; qurgʻoqchilikning yanada choʻllanish va salbiy taʼsirini oldini olish va koʻlamini qisqartirish; Uchinchi bosqich (2011-2015): choʻllanishga qarshi kurash chora-tadbirlarini mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga integratsiyalash; Yerlarning choʻllanishiga qarshi kurashish va ularning oldini olish, ularning qulayligini saqlash[13]
Qirgʻiziston
tahrirTurkmaniston
tahrirTojikiston
tahrirManbalar
tahrir- ↑ https://www.bbc.com/news/science-environment-24021772 What is climate change? A really simple guide
- ↑ Global Sea level https://www.climate.gov/news-features/understanding-climate/climate-change-global-sea-level
- ↑ https://www.reuters.com/business/cop/tuvalu-minister-stands-sea-film-cop26-speech-show-climate-change-2021-11-08/ Tuvalu minister stands in sea to film COP26 speech to show climate change
- ↑ Orol kecha va bugun, Geografiya.uz
- ↑ Markaziy Osiyo 16 yil ichida qurgʻoqchilikdan 2 milliard dollardan koʻproq zarar koʻrdi https://demokrat.uz/2023/10/18/markazij-osiyo-16-jil-ichida-qurgoqchilikdan-2-milliard-dollardan-koproq-zarar-kordi
- ↑ Qozogʻistonda oʻrmon yongʻinlari: 14 kishi halok boʻldi, Oʻzbekiston prezidenti hamdardlik yoʻlladi
- ↑ https://ccpi.org/country/kaz/Kazakhstan[sayt ishlamaydi] is still far away from its 2030 renewable target
- ↑ https://ccpi.org/country/kaz/ Kazakhstan is still far away from its 2030 renewable target
- ↑ https://www.nur.kz/family/school/1666860-ekologicheskie-problemy-kazakhstana/?ysclid=ljyi780idz933825585 Ekologicheskie problemi Kazaxstana i puti ix resheniya
- ↑ https://www.undp.org/kazakhstan/news/reducing-temperatures-kazakhstan-takes-action-against-climate-change Reducing temperatures: Kazakhstan takes action against climate change
- ↑ https://www.undp.org/kazakhstan/stories/climate-change-impact-water-resources-kazakhstan The climate change impact on water resources in Kazakhstan
- ↑ https://spik.kz/nazvani-samie-zagryaznennie-reki-kazakhstana?ysclid=lk9s4or0rn79930288[sayt ishlamaydi] Nazvani samie zagryaznennie reki Kazaxstana
- ↑ https://desertification.wordpress.com/2015/01/29/desertification-in-kazakhstan/ Desertification in Kazakhstan