Marko Kvasina (talaffuzi: Marko Kvashina; 1996-yil 20-dekabrda Xorvatiyada tugʻilgan) — Xorvatiyalik futbolchi, „Göztepe“ futbol klubi hujumchisi.

Marko Kvasina
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 20-dekabr 1996-yil (1996-12-20) (27 yosh)
Tavallud joyi Vienna, Avstraliya
Boʻyi 1,94
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Göztepe
Raqami 27
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2017 Austria Wien II 55 (23)
2014—2017 Austria Wien 26 (3)
2017—2018 Twente 13 (0)
2018—2020 SV Mattersburg 44 (8)
2020—2022 Oostende 44 (5)
2022Luzern (ijara) 14 (2)
2022— Göztepe 4 (0)
Milliy terma jamoa
2013 Avstraliya U17 5 (1)
2014 Avstraliya U18 2 (0)
2014—2015 Avstraliya U19 10 (8)
2015—2019 Avstraliya U21 27 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 23-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 20-iyun uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Marko Kvasina Avstriyaning „Wien“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi[1]. 2014-yil 22-noyabrda u Avstriya Bundesligasida „Admir“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. 13-dekabr kuni „Grödig“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Marko Kvasina Avstriya terma jamoasi safida ilk golini raqib darvozasiga kiritgan[2].

2017-yilning iyul oyida Marko Kvasina Gollandiyaning „Twente“ jamoasiga oʻtgan va klub bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan[3]. 13-avgust kuni „Feyenoord“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Erediviziyada debyut qilgan[4].

2018-yilning yozida Marko Kvasina Avstriyaga qaytib, „Mattersburg“ futbol klubi futbolchisiga aylangan. 28-iyul kuni „Altach“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[5]. Xuddi shu oʻyinda Marko Kvasina „Mattersburg“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan. 2020-yilning yozida Kvashina Belgiyaning „Oostende“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 10-avgust kuni u Jupilligada „Beerschot“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan[6]. 2021-yilning 12-yanvarida „Eupen“ futbol klubi qarshi bahsda Marko Kvasina „Oostende“ safida birinchi golini urgan[7]. 2022-yil boshida Marko Kvasina Shveytsariyaning „Luzern“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 20-fevral kuni „Servette“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Shveysariya Superligasida debyut qilgan[8]. Oʻsha oʻyinda Marko Kvasina „Luzern“ futbol klubi safida ilk golini urgan.

Xalqaro faoliyati tahrir

2015-yilda Marko Kvasina Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Gretsiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan[9][10]. Turnirda u Ukraina, Gretsiya, Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Ukrainaliklarga qarshi kechgan bahsda Marko Kvasina „dubl“ni amalga oshirgan[11].

Marko Kvasina 2019-yilda Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Marko Kvasina Daniya jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[12].

Statistika tahrir

Jamoa Mamlakat Mavsum
1 Austria Wien II   Avstraliya 2014—2017
2 Austria Wien   Avstraliya 2014—2017
3 Twente   Niderlandiya 2017—2018
4 SV Mattersburg   Avstraliya 2018—2020
5 Oostende   Belgiya 2020—2022
6 Luzern   Shvetsiya 2022
7 Göztepe   Turkiya 2022

Manbalar tahrir

  1. „Аустрия VS. Адмира 4:0“ (en). soccerway.com (2014—11—22). 2014-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-iyul.
  2. „Аустрия VS. Грёдиг 1:0“ (en). soccerway.com (2014—12—13). 2015-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-iyul.
  3. „Marko Kvasina naar FC Twente.“ (nl). fctwente.nl. 2017-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyul.
  4. „Фейеноорд VS. Твенте 2:1“ (en). soccerway.com (2017—08—13). 2017-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-sentyabr.
  5. „Альтах VS. Маттерсбург 2:3“ (en). soccerway.com (2018—07—28). 2018-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  6. „Остенде VS. Беерсхот 1:2“ (en). soccerway.com (2020—08—10).
  7. „Остенде VS. Эйпен 1:1“ (en). soccerway.com (2021—01—21).
  8. „Серветт VS. Люцерн 1:1“ (en). soccerway.com (2022—02—20).
  9. „Австрия (до 19) VS. Франция (до 19) 0:1“ (en). soccerway.com (2015—07—06). 2017-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-iyul.
  10. „Греция (до 19) VS. Австрия (до 19) 0:0“ (en). soccerway.com (2015—07—09). 2017-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-iyul.
  11. „Украина (до 19) VS. Австрия (до 19) 2:2“ (en). soccerway.com (2015—07—12). 2015-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-iyul.
  12. „Дания (до 21) VS. Австрия (до 21) 3:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 20-iyun). 2020-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-iyun.