Marko Leškovich (talaffuzi: Marko Leshkovich[1][2]) (1991-yil 27-aprelda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Hindiston Superligasining Kerala Blasters klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Marko Lešković
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 27-aprel 1991-yil (1991-04-27) (33 yosh)
Tavallud joyi Našice, SR Xorvatiya, SFR Yugoslaviya
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Kerala Blasters
Raqami 55
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2009 Osijek
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2013 Osijek 56 (5)
2010—2011Suhopolje (Ijara) 14 (4)
2013—2016 Rijeka 62 (3)
2016—2021 Dinamo Zagreb 51 (3)
2020—2021Lokomotiva (Ijara) 17 (1)
2021– Kerala Blasters 23 (0)
Milliy terma jamoa
2009 Xorvatiya U18 2 (0)
2009—2010 Xorvatiya U19 3 (0)
2010—2011 Croatia U20 2 (1)
2012—2013 Xorvatiya U21 2 (0)
2014—2017 Xorvatiya 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 16-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (28-mart uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Lešković o'z faoliyatini Osijekda yoshlar jamoasida o'ynashdan boshlagan, jamoa bilan 2009-yil dekabr oyida professional shartnoma imzolagan.

2010—2011-yilgi mavsumning birinchi yarmida u Druga HNLning Suxopolye jamoasiga ijaraga berilgan va u 14 o'yinda maydonga tushib, to'rt marta gol urgan.

U qishki tanaffusdan so'ng Osijekga qaytgan va 2011-yilning 5-martida Istra 1961ga qarshi o'yinda (2:1) zaxiradan maydonga tushgan holda asosiy jamoada debyut qilgan. O'sha mavsumda u yana bitta o'yin o'tkazgan[3][4][5]. 2011—2012-yilgi mavsumda Lešković asosiy jamoada o'tgan mavsumga nisbatan ko'proq o'yinlarda maydonga tushgan. Umumiy hisobda sakkizta o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan bo'lsa, o'n bir o'yinda zaxiradan o'yinga qo'shilgan. U Prva HNLdagi ilk golini 2012-yil 20-mart kuni Zagreb bilan 2:2 hisobidagi durang oʻyinda kiritgan[6].

2012—2013-yilgi mavsumda Marko o'zini ajoyib futbolchi sifatida ko'rsatgan. U Osijek tarkibida 35 ta o'yinda maydonga tushgan. Mavsumni 4 ta gol bilan yakunlagan.

2013-yilning yozida Lešković HNKning Rijeka jamoasiga o'tgan. Lešković o'zining birinchi mavsumida 25 ta o'yinda maydonga tushgan. Keyingi mavsumda Marko 41 ta oʻyinda maydonga tushgan va uning jamoasi Yevropa ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritigan.

2016-yilning iyulida, Rijeka bilan uch mavsumdan so'ng, Lešković Zagrebning Dinamo klubiga o'tgan[7].

2021-yilning yanvarida Lešković mavsum oxirigacha "Lokomotiv" NK jamoasiga ijaraga berilgan.

2021-yil 15-sentyabrda Lešković Hindiston Superligasining Kerala Blasters klubiga bir yillik shartnoma asosida qoʻshilganini e’lon qilgan[8][9]. U klubdagi debyutini 19-noyabr kuni Hindiston Superligasining 2021/22-yilgi mavsumida ATK Mohun Bagan FCga qarshi o'tkazgan va ular 4:2 hisobida mag'lub bo'lishgan[10][11].

Xalqaro faoliyati tahrir

Lešković Xorvatiyani U18 dan U21 gacha bo'lgan barcha yoshlar milliy darajalarida himoya qilgan. U 2014-yilda Argentinaga qarshi oʻyinda kattalar terma jamoasida debyut qilgan va jami 4ta oʻyin oʻtkazib, birorta ham gol urmagan. Uning so'nggi xalqaro o'yini 2017-yil mart oyida Estoniyaga qarshi o'rtoqlik o'yini bo'lgan[12].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Qit'a Jami
Divizion O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol
Suhopolje (Ijara) 2010—2011 Xorvatiya Ikkinchi Ligasi 14 4 3 0 17 4
Osijek 2010—2011 Xorvatiya Birinchi ligasi 2 0 2 0
2011—2012 19 1 6 0 25 1
2012—2013 28 4 4 2 3 0 35 6
Jami 49 5 10 2 3 0 62 7
Rijeka 2013—2014 Xorvatiya Birinchi ligasi 15 2 5 0 5 0 25 2
2014—2015 27 0 5 3 9 1 41 4
2015—2016 20 1 1 0 21 1
Jami 62 3 10 3 15 1 87 7
Dinamo Zagreb 2016—2017 Xorvatiya Birinchi ligasi 15 1 2 0 17 1
2017—2018 13 0 3 0 1 0 17 0
2018—2019 18 2 2 0 1 0 21 2
2019—2020 Xorvatiya Birinchi ligasi 5 0 2 0 3 0 10 0
Jami 51 3 9 0 5 0 65 3
Lokomotiva Zagreb (Ijara) 2020—2021 Xorvatiya Birinchi ligasi 17 1 17 1
Kerala Blasters 2021—2022 Hindiston Superligasi 21 0 21 0
Karyerada jami 214 16 32 5 23 1 269 22

Yutuqlari tahrir

Osijek

  • Futbol bo'yicha Xorvatiya kubogi sohibi: 2012-yil

Rijeka

  • Futbol bo'yicha Xorvatiya kubogi : 2013–2014
  • Futbol bo'yicha Xorvatiya Superkubogi : 2014-yil

Dinamo Zagreb

  • Prva HNL : 2017–2018, 2018–2019
  • Futbol boʻyicha Xorvatiya kubogi : 2017–2018 ; ikkinchi o'rin: 2016–2017, 2018–2019
  • Futbol boʻyicha Xorvatiya Superkubogi : 2019[13]

Kerala Blasters

Manbalar tahrir

  1. „Mȃrko“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Mȃrko“. 2020-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-mart.
  2. „lijéska“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Lèšković“. 2018-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-mart.
  3. Keler, Dalibor. „Na Gavrića se računa, Prijić i Buljević ostaju na posudbama“ (Croatian). Glas Slavonije (2009-yil 17-dekabr). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-fevral.
  4. Plavčić, Mario. „Istra 1961 pala i u Osijeku“ (Croatian). Sportnet.hr (2011-yil 5-mart). 2012-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-fevral.
  5. Lekšan, Dražen. „Ponosan i počašćen sudjelovanjem na svjetskoj smotri“ (Croatian). Glas Slavonije (2011-yil 26-iyul). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-fevral.
  6. Bradovski, Mihaela. „Zagreb i Osijek proradili u nastavku“ (Croatian). Sportnet.hr (2012-yil 20-mart). Qaraldi: 2012-yil 12-may.[sayt ishlamaydi]
  7. „LEŠKOVIĆ NA KORAK DO DINAMA!“ (Croatian). gnkdinamo.hr (2016-yil 22-iyul). 2016-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-iyul.
  8. „KERALA BLASTERS FC SIGN CROATIAN DEFENDER MARKO LEŠKOVIĆ“. Kerala Blasters FC (2021-yil 15-sentyabr). 2021-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-sentyabr.
  9. „KERALA BLASTERS ANNOUNCED TWENTY EIGHT MEMBER SQUAD FOR ISL“. kolkatafootball.com. 2021-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-noyabr.
  10. „ATK Mohun Bagan trounce Kerala Blasters in ISL 8 opener | Goal.com“. www.goal.com. 2021-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
  11. „ISL 2021-22, ATK Mohun Bagan vs Kerala Blasters Highlights: Hugo Boumous Stars as ATKMB Beat KBFC 4-2“ (en). News18 (2021-yil 19-noyabr). 2021-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
  12. „Player Database“. EU-football. Qaraldi: 2022-yil 8-oktyabr.
  13. „Maksimirski dvoboj Dinama i Rijeke za trofej Superkupa“ (Croatian). Croatian Football Federation (2019-yil 10-iyul). 2021-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-dekabr.
  14. „ISL Final 2021-22 Hyderabad FC vs Kerala Blasters FC Highlights: Hyderabad defeats Kerala 3-1 on penalties to lift maiden ISL title“. Sportstar. 2022-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-mart.