Martin Ismael Payero (1998-yil, 11-sentabrda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, Primera Divizionining Boca Juniors klubi yarim himoyachisi, EFL Championship Middlesbrough klubidan ijaraga olingan.[1]

Martín Payero
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Martín Ismael Payero
Tavallud sanasi 11-sentyabr 1998-yil (1998-09-11) (25 yosh)
Tavallud joyi Pascanas, Argentina bayrogʻi Argentina
Boʻyi 1.83 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Argentina Boca Juniors
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Banfield
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017-2021 Banfield 37 (1)
2019-2020Talleres (ijara) 16 (1)
2021- Middlesbrough 13 (1)
2022-Boca Juniors (ijara) 0 (0)
Milliy terma jamoa
2021 Argentina U23 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(10-may uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Martin Ismael Payero faoliyati Banfield klubida boshlangan.[2][3] U birinchi marta Primera mavsumida Benfield klubi asosiy tarkibida maydonga tushdi va 2017-yil, 4-dekabrda San-Martin klubiga qarshi debyut qildi; Besh daqiqa qolganida Eric Remedi bilan almashtirildi.[4] U 2017-18-yilgi mavsumda klub tarkibida uchta o‘yin o‘tkazdi, 2018-19-yilgi mavsumda klub tarkibida yana o‘n to‘rtta o‘yin o‘tkazdi.[5] Keyingi avgust oyida Payero Primera Divizionidagi Talleres klubiga ijaraga berildi.[6]

2021-yil, 5-avgustda Martin Ismael Payero Chempionshipning Middlesbrough klubiga uch yillik shartnoma asosida qoʻshildi.[7] U oʻsha yilning 23-oktabrida Cardiff Cityga qarshi oʻyinda (2:0) klub safida birinchi golini kiritdi.[8] U Manchester Unitedga qarshi oʻyinda penaltini aniq amalga oshirdi, natijada Middlesbrough klubi Manchester United klubini 2022-yilning fevralida Angliya kubogidan chiqarib yubordi.[9]

2022-yil, 14-iyulda Payero Argentinaga qaytib, Boca Juniorsga bir mavsumlik ijara shartnomasi asosida qaytdi.[10]

Xalqaro faoliyati tahrir

Martin Ismael Payero avvalroq Argentina U20 terma jamoasi bilan mashgʻulotlarga chaqirilgandi.[11] U Argentinaning 2020-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi uchta oʻyinida ham ishtirok etgan.[12]

Faoliyat statistikasi tahrir

2022-yil, 23-aprel holatiga ko'ra
Klub statistikasi
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Banfield 2017-18 Argentina Primerasi 4 0 0 0 0 0 0 0 4 0
2018-19 Argentina Primerasi 10 0 2 1 1 0 1 0 0 0 14 1
2019-20 Argentina Primerasi 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
2020-21 Argentina Primerasi 12 1 2 0 0 0 0 0 14 1
2021 yil Argentina Primerasi 10 0 0 0 0 0 0 0 10 0
Jami 37 1 4 1 1 0 1 0 0 0 43 2
Talleres (ijara) 2019-20 Argentina Primerasi 16 1 2 0 0 0 0 0 18 1
Middlesbrough 2021-22 EFL chempionati 13 1 1 0 1 0 0 0 15 1
Karyera jami 66 3 7 1 2 0 1 0 0 0 76 4

Manbalar tahrir

  1. „Argentina - M. Payero“. Soccerway. Qaraldi: 2018-yil 10-oktyabr.
  2. „Argentina - M. Payero“. Soccerway. Qaraldi: 2018-yil 10-oktyabr.„Argentina — M. Payero“. Soccerway. Retrieved 10 October 2018.
  3. „Ficha Estadistica de MARTIN PAYERO“. BDFA. Qaraldi: 2018-yil 10-oktyabr.
  4. „Payero debutó en la Primera de Banfield“. La Unión (2017-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 10-oktyabr.
  5. U 2019-yil, 27-fevralda Argentina kubogi doirasidagi Juventud Unida ustidan qozonilgan g‘alabada o‘zining birinchi golini kiritdi.
  6. „Martín Payero, el jugador que inscribió Talleres y llegará desde Banfield“. Mundo D (2019-yil 1-avgust). Qaraldi: 2018-yil 10-oktyabr. U Newll’s Old Boysga qarshi oʻn sakkizta oʻyinda bir marta gol urgan.
  7. „Argentine International Martin Payero Joins Boro“. Middlesbrough F.C. (2021-yil 5-avgust). Qaraldi: 2021-yil 5-avgust.
  8. „Cardiff 0-2 Middlesbrough“. BBC (2021-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 3-noyabr.
  9. „Manchester United 1–1 Middlesbrough (7–8 on pens)“. BBC Sport (2022-yil 4-fevral). Qaraldi: 2022-yil 14-iyul.
  10. „Martin Payero Returns To Argentina With Boca Juniors“. www.mfc.co.uk (2022-yil 14-iyul). Qaraldi: 2022-yil 14-iyul.
  11. „Payero debutó en la Primera de Banfield“. La Unión (2017-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 10-oktyabr.„Payero debutó en la Primera de Banfield“. La Unión. 7 December 2017. Retrieved 10 October 2018.
  12. „Argentine International Martin Payero Joins Boro“. Middlesbrough F.C. (2021-yil 5-avgust). Qaraldi: 2021-yil 5-avgust. „Argentine International Martin Payero Joins Boro“. Middlesbrough F.C. 5 August 2021. Retrieved 5 August 2021.