Masadon
Masadon (oʻzbekcha: Масадон) — shahar atrofidagi qishloq, Jalolobod shahridan 3 km olisda joylashgan. Suzoq tumaniga qarashli.
qishloq | |
40°53′52″N 72°58′09″E / 40.89778°N 72.96917°E | |
Mamlakat | Qirgʻiziston |
viloyat | Jalolobod viloyati |
Ovul okrug | Iris ovul okrugi |
Aholisi (2009) |
1 640[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +996 3722 |
Pochta indeks(lar)i | 721308 |
Avtomobil kodi | D |
|
Aholisi
tahrirAholisi - 1640 kishi.[1] Qishloqliklar asosan paxtachilik va tamakichilik bilan shug’ullanishgan. Hozirda paxta maydonlari qisqarib, qishloqliklar asosan poliz ekinlarini yetishtirish bilan shug’ullanadi. Qishloqda madaniyat uyi, Bakiev ko’chasidagi, №8 – Oilaviy shifokorlar bo’limi, J. Yunusov ko’chasidagi, Furqat nomidagi №44-o’rta maktabi bor.[2]
Tarixi
tahrirMasadon qishlog’i joylashgan hudud o’tgan asrning boshlarida qamishlar o’sib to’qay bo’lgan. Bu yerga dastlab Suzoqdan Toshmat va Jiyanboy ko’chib kelishgan. Ular o’z oilalari, qarindoshlari va do’stlari bilan birgalikda yerni tozalab, dehqonchilik qilib ishladilar. 1929-yilda ular O’rozbekov nomidagi kolxozni tashkil etishdi. Shamshidin Yoqubov kengash rahbari etib saylanadi. Kolxoz keyinchalik Juma Ota, Shermat Ota, Ahmadjon Rejavaliev, Maman Ota, Nishonov, Ahmedov, Oymirza Bo’taboev, A'zamjon Yoqubov, Uzoq Axmarqulov va boshqalar tomonidan boshqarilgan. 1938-yilda O’rozbekov qatag’on qurboni bo’lganidan so’ng kolxoz Molotov (Vyacheslav Mixaylovich Molotov nomiga berilgan (haqiqiy familiyasi – Skryabin) deb o’zgartirildi. 1950-yilda qo’shni Iris qishlog’idagi Namuna kolxozi ham Molotov kolxoziga qo’shildi. Ushbu kolxoz 1954-yilda Kirov nomidagi kolxoz bilan birlashtirildi.
Namuna kolxozi 1932-yilda hozirgi Iris qishlog’ida tashkil topib, qo’shni Teyit qishlog’ining dehqonlari ham birlashgan. Ushbu kolxozda birinchi ayol traktorchi Iris Xudayberdieva ishlagan. Manbalarda yozilishicha 1934-yilda bir qator badavlat boyvachchalar Irisning ishdagi muvaffaqiyatini ko’ra olmay, uni qiynoqqa solib o’ldirgan. Irisni o’ldirganlarning barchasi Sovet hukumati tomonidan jazolangan. U vafot etganidan so’ng uning nomi qishloqqa berilgan. O’sha paytda kolxoz Cho’ka-Tepa qishloq kengashiga qarashli edi. Keyinchalik hozirgi qishloq hukumati tarkibiga qo’shilgan. Bu jamoat 1950-yilda Molotov kolxoziga, 1954-yilda kichik kolxozlarga birlashib, Kirov nomidagi kolxozga qo’shilgan.[2]
Qishloqda tavallud topgan taniqli shaxslar
tahrirKurmanbek Bakiyev - Qirgʻizistonning ikkinchi prezidenti.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Перепись населения Киргизии 2009. Джалал-Абадская область (PDF), 2011-08-10da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2011-08-10
- ↑ 2,0 2,1 Масадон қишлоғи ҳақида, 2022-08-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-29