Mash’al-2 — Muborak shahridagi oʻzbek futbol jamoasi, "Mash’al" jamoasining farm-klubi.

„Mash’al-2“
Toʻliq nomi Muborakning „Mash’al“-2 futbol klubi
Asos solingan 2005-yil
Vebsayt https://fcmashal.uz/team/fcmashal
Musobaqasi Birinchi liga
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Tarixi tahrir

2002-yilda Nuriddin Zayniyev va Bahrom Davlatovlar sayi harakati bilan  „Mashʼal“ futbol klubi akademiyasi tashkil qilindi. Hozirgi kungacha  „Mashʼal“ futbol klubi akademiyasida 500 dan ortiq futbolchilar yetishib chiqqan.[1][2]

2005-yil mobaynida tashkil etilgan. Jamoa asosini asosan akademiya yoshlari tashkil etadi. Oʻzbekiston chempionati Birinchi ligasida 11 mavsum (2006-2012 va 2014—2017-yillar) oʻynagan.

Klub 2005-yilda Yangiyer nomi bilan tashkil topgan.[3] 2006-yildan jamoa nomi Mash’al-2 nomiga oʻzgartirildi.[4] 2010-yildan beri klub „Mashʼal Akademiya“ nomi bilan Oʻzbekiston ligasida ishtirok etadi. Mashʼal-2 asosiy jamoani taʼminlovchi hisoblanadi. Oʻzbekistondagi farm klublari alohida ligada emas, balki oʻzlarining katta jamoasi bilan bir futbolliga tizimida faqat pastki ligada oʻynashadi. Ammo farm jamoalari oʻzlarining katta jamoasi bilan bir divizionda oʻynay olmaydi. Oʻzbekiston kubogida esa asosiy jamoalari bilan birgalikda ishtirok etishlari mumkin.[5]

2009-yilda „Mash’al-2“ O‘zbekiston Birinchi ligasida ikkinchi o‘rinni egalladi, ammo „Mashʼal Muborak“ Oʻzbekiston Ligasida oʻynagani uchun oliy divizionga chiqish huquqiga ega emas edi.

„Mashʼal-2“ning sobiq oʻyinchilari Gʻanisher Xolmurodov va Sardor Rahmonov 2011-yilda Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi safida 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishgan.

Nomlari tahrir

  • 2006-2007 — „Mash’al“-2
  • 2008-2012 — „Mash’al-akademiyasi“
  • 2013 — „Mash’al“ FK
  • 2014-yildan — „Mash’al“-2.

Yutuqlari tahrir

  • 2 Birinchi ligada 2-oʻrin (2009).

Jamoa tarkibi tahrir

2011-yildagi jamoa tarkibi[6]

Amplua Futbolchi
  UZB DR Ravshan Abdujabbarov
  UZB DR Javokhir Ilyasov
  UZB DR Ganisher Kholmurodov
  UZB HM Mamurjon Abdullaev
  UZB HM Akbar Khotamov
  UZB HM Dilshod Mamadjanov
  UZB HM Timur Dubrovskiy
  UZB HM Iskander Shoykulov
  UZB HM Sardor Rahkmanov
  UZB HM Qozim Akhmedjanov
  UZB HM Yunus Ochildiev
  UZB HM Jasur Azimov
  UZB YH Fayoz Azimqulov
Amplua Futbolchi
  UZB YH Ildar Irgashev
  PER YH Julian Tapara
  UZB YH Mirzobedil Juraev
  UZB YH Sirojiddin Rakhmatullaev
  UZB YH Asatillo Ergashev
  UZB YH Ulugbek Amindjanov
  UZB YH Oybek Ishimov
  UZB YH Sardor Abduraimov
  UZB HJ Timur Bekchanov
  UZB HJ Ikhtiyor Toshpulatov
  UZB HJ Kholmurod Kholmurodov
  UZB HJ Uyghun Bobonazarov
  UZB HJ Maradona Safarov

Manbalar tahrir

  1. „АКАДЕМИЯ“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  2. „academy_news“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  3. „ru:Футбольная академия «Машъала»“ (Russian). FC Mashal.
  4. „Футбольна Академія «Машала»“ (Russian). ФК «Машал». 13 березня 2016da asl nusxadan arxivlangan.
  5. „ru:«Машъал-Спорт» вернул прежнее название“ (Russian). FC Mashal (2010-yil 22-yanvar).
  6. Zayavochniy spisok komand Pervoy ligi-2011, 2011 (Wayback Machine saytida 2018-10-03 sanasida arxivlangan) (ruscha)

Havolalar tahrir