Masha va ayiq

Rossiya animatsion multseriali

Masha va ayiq (ruscha: Маша и Медведь) yoki Qizaloq va maymoq — „Animakkord“ animatsion studiyasi tomonidan yaratilgan, keng ommaga moʻljallangan rus animatsion seriali. Multserial efirga uzatilishi 2009-yil 7-yanvarda boshlangan. Multfilm 3D grafika yordamida yaratilgan.

Masha va ayiq

Multserial logotipi
Asl nomi Маша и Медведь
Janri
Rejissyor
  • Oleg Kuzovkov
  • Oleg Ujinov
  • Olga Baulina
  • Vladislav Bayramgulov
  • Roman Kozich
  • Denis Chervyatsov
  • Natalya Malgina
  • Georgiy Orlov
  • Andrey Belyaev
  • Ilya Trusov
  • Marina Nefedova
  • Vasiko Bedoshvili
  • Sergey Antonov
Ovoz berganlar
  • Alina Kukushkina
  • Varvara Sarantseva
  • Anastasiya Radik
  • Yuliya Zunikova (barchasi Masha)
  • Boris Kutnevich (Ayiq)
  • Eduard Nazarov (Ayiq va Qor bobo)
Bastakor(lar)
  • Vasiliy Bogatyrev
  • Anna Drubich
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Til ruscha
Mavsumlar soni 7
Qismlar soni 135
Ishlab chiqarish
Prodyuser(lar)
  • Andrey Dobrunov
  • Dmitriy Loveyko
  • Oleg Kuzovkov
Qism davomiyligi 6-8 daqiqa
Studiya(lar) Animakkord
Efirga uzatilishi
Telekanal Rossiya bayrogʻi Rossiya-1
Oʻzbekiston bayrogʻi Bolajon
Oʻzbekiston bayrogʻi Zoʻr TV
Translyatsiya davri 7-yanvar, 2009-yil(2009-01-07) — hozirgacha

„Karusel“, „Mult“, „Super“ va boshqa telekanallarda efirga uzatiladi.

2011-yilda rus xalq va boshqa ertaklarga asoslangan 26 qismdan iborat „Mashaning ertaklari“ (ruscha: Машины сказки) deb nomlangan birinchi spin-off chiqdi. 2014-yilda „Mashaning qoʻrqinchli hikoyalari“ (ruscha: Машкины страшилки) deb nomlangan ikkinchi spin-off chiqdi.

2019-yil 31-may kuni 4-mavsum „Mashaning qoʻshiqlari“ (ruscha: Машины песенки) nomi bilan boshlandi.

5-mavsum 4K formatida 2020-yil 30-iyulda boshlangan[1].

2021-yil 16-iyun kuni „Animakkord“ studiyasi vakillari 2025-yilgacha Masha va Ayiqning sarguzashtlari haqida toʻliq metrajli animatsion filmni chiqarish niyatida ekanliklarini eʼlon qilishdi[2][3].

Mazmuni

tahrir

Qizaloq Masha tasodifan oʻz uyidan unchalik uzoq boʻlmagan joyda yashovchi Ayiqning uyiga borib qoladi va u yerni tartibsiz holga keltiradi. „Bosqinchi“ning xatti-harakatlaridan dahshatga tushgan ayiq uni oʻrmonga olib borib, undan qutulishga harakat qiladi. Kech tushishi bilan u Mashadan tashvishlana boshlaydi va uni topish uchun oʻrmonga boradi, lekin uni topa olmay, uyiga qaytib keladi va uni oʻsha yerdan topadi. Oʻshandan beri Masha va Ayiq ajralmas doʻst boʻlib qolishdi. Masha tez-tez ayiqni „ziyorat qilish“ uchun keladi, doimo hazillar va tartibsizlik qiladi, Ayiq esa uni tarbiyalashga harakat qiladi.

Uchinchi mavsumdan boshlab Masha ancha ulgʻayadi va masʼuliyati oshadi. Endi u ayiqning uyiga kamroq boradi, oʻzining uyida koʻproq vaqt oʻtkazadi. Oʻrmon aholisi tez-tez turli xil muammolarga duch kela boshlaydilar va Masha ulardan xalos boʻlishga yordam beradi[4][5][6].

Toʻrtinchi mavsumda Masha turli mamlakatlar (Italiya, Germaniya, Fransiya, Angliya, Yaponiya, Braziliya va boshqalar)ga sayohat qiladi va har bir mamlakatning mashhur milliy kuylari asosida qoʻshiqlar kuylaydi[7][8].

Beshinchi mavsumda Masha yanada sergʻayrat boʻlib, Ayiq uchun koʻp tashvishlar keltiradi. Har doimgidek, ular yana kelishib ketishadi[9].

Qahramonlar

tahrir
  • Masha
  • Ayiq

Manbalar

tahrir