Matluba Azimjonova
Azimdjanova Matluba Muhamedjanovna -Markaziy Osiyoda Neonatologiya asoschisi[1], pediatr, gematolog. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash Vazirligi Pediatriya ilmiy — tekshirish Instituti „Neonatologiya“ boʻlimining tashkilotchisi, rahbari,Tibbiyot fanlari doktori, Professor.
Azimdjanova Matluba Muhamedjanovna Азимджанова Матлюба Мухамеджановна | |
---|---|
Tavalludi |
5-iyun 1939-yil Toshkent |
Vafoti |
16.12.2009 |
Istiqomat joylari | Toshkent |
Fuqaroligi | O'zbekiston |
Millati | Oʻzbek |
Sohasi | neonatologiya, pediatriya, gematologiya |
Ish joylari |
Respublika Pediatriya Ilmiy-tekshirish instituti Respublika 7-birlashgan bolalar kasalxonasi Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti Respublika Pediatriya Markazi |
Institutlar | Toshkent tibbiyot akademiyasi |
Ilmiy unvoni | Tibbiyot fanlari doktori, Professor |
Mukofotlari |
„Mehnat faxriysi“ "Sogʻliqni saqlash a’lochisi" |
Hayoti
tahrir1939-yil 5-iyunda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tugʻildi. Oʻrta maktabni tamomlagandan soʻng Toshkent tibbiyot institutining pediatriya fakultetiga oʻqishga kirdi.1967—1970-yillarda esa Tibbiyot Fanlar Akademiyasi aspiranturasida oʻqiydi.[2]
Mehnat faoliyati
tahrirInstitutni tamomlagach, 1963—1965-yillar davomida 7-birlashgan bolalar kasalxonasida uchastka pediatri boʻlib ishlaydi, soʻng Ittifoq Tibbiyot Fanlar Akademiyasining pediatriya institutida tadqiqotchi-stajyor sifatida ishlaydi. 1974-yildan boshlab Matluba Muhammadjonovnaning pedagogik faoliyati boshlanadi. U Toshkent shifokorlar malakasini oshirish institutida yangi tugʻilgan chaqaloqlar fiziologiyasi va patologiyasi tsikli boʻyicha stajirovka doirasiga rahbarlik qildi. 1989-yildan boshlab Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2-pediatriya kafedrasida faoliyat koʻrsata boshladi.1992-yilda shu kafedraning ikkinchi professori, 1998-yildan boshlab esa neonatologiya kafedrasining professoridir. Oʻzining mexnat faoliyati uchun professor Matluba Azimjonova „Mehnat faxriysi“, „Sogʻliqni saqlash a’lochisi“ nishoni va qator faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan.[2]
Ilmiy faoliyati
tahrirM.Azimjonova nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagandan soʻng respublikada birinchi boʻlib chala tugʻilgan bolalarni parvarish qilish boʻlimlarini tashkil qilish, ularning parvarish usullarini takomillashtirish, ovqatlantirish muammolari bilan shugʻullandi.
Uning ilmiy izlanishlari va klinik kuzatishlari natijalari chala tugʻilgan chaqaloqlarning ikkinchi bosqich parvarish boʻlimlarini tashkil qilish ishining printsiplari, ularni ovqatlantirish masalalari boʻyicha uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqish imkoniyatini berdi.[2]
Professor M.Azimjonova tomonidan ilk bora Oʻrta Osiyo mintaqalarida oy kuni yetmasdan tugʻilgan bolalarda sepsis kasalligining klinik kechish xususiyatlari, ayrim asoratlarining, xususan kamqonlikning rivojlanish mexanizmlari, bolaning immun holatining oʻzgarish jarayonlari ishlab chiqildi.
1992-yil davomida Matluba Muhammadjonovna Amerikaning "Crosslink International" korporatsiyasi olimlari bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida kamqonlik kasalligining tarqalish darajasini oʻrgandi. Shu korporatsiyaning taklifi bilan 1993-yildan u Amerikaning uchta shtatida boʻlib, ulardagi tugʻruqxonalar ishining tashkil qilish, chaqaloqlar va yangi tugʻilgan chaqaloqlar boʻlimlari, reanimatsiya va jadal davolash boʻlimlari faoliyati bilan tanishib qaytdi.
Professor M. M. Azimjonova Sogʻliqni saqlash vazirligi hay’at yigʻilishlarida bir necha marta erta neonatal davri va neonatal davri kasalliklari hamda oʻlim sabablari, ularni kamaytirish yoʻllari toʻgʻrisidagi masalalarni koʻtarib chiqdi. Bu takliflar vazirlikning tugʻish yoshidagi ayollar, tuqqan ayollar va ularning chaqaloqlarini sogʻlomlashgirish toʻgʻrisidagi maxsus buyrugʻiga asos boʻldi.[2]
M.Azimjonovaning ilmiy izlanishlari natijalari toʻrtta monografiya, 150 tadan ortiq ilmiy maqola, 25 tadan koʻp uslubiy tavsiyanomalarda oʻz aksini topgan. U bitta mualliflik va 6 ta ixtirochilik guvohnomasini olgan. Uning rahbarligida 3 ta doktorlik, 14 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.[2]