Matsusaka
Matsusaka (yaponcha: 松阪市 Matsusaka-shi ) Yaponiyaning Mie prefekturasida joylashgan shahardir. 2021-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, shaharda 66018 ta xonadonda 157235 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 250 nafarni tashkil qiladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 623,64 kvadrat kilometr (240,79 milya) ga teng. Shahar oʻzining Matsusaka mol goʻshti bilan mashhur.
Matsusaka 松阪市 | |
---|---|
Shahar | |
34°34′40.6″N 136°31′39.3″E / 34.577944°N 136.527583°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Viloyat | Kansai |
Prefektura | Mie |
Hukumat | |
• Mayor | Masato Takegami |
Maydon | 623.64 km2 (240.79 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2021-yil iyul) |
157 235 kishi |
Zichligi | 250 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0598-53-4311 |
Geografiyasi
tahrirMatsusaka Kii yarim orolining sharqiy-markaziy qismida, Mie prefekturasining markaziy qismida joylashgan. U Mie prefekturasining kengligi boʻylab choʻzilgan hamda sharqda Tinch okeanidagi Ise koʻrfazi va gʻarbda Nara prefekturasi bilan chegaradosh. Shaharning bir qismi Yoshino-Kumano milliy bogʻi hududida oʻrnashgan.
Qoʻshni munitsipalitetlar
tahrirMie prefekturasi
Nara prefekturasi
Iqlim
tahrirMatsusaka nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yozi issiq va qishi salqin hamda qor yogʻmaydi. Matsusakada oʻrtacha yillik harorat 14.8 °C (58.6 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2,157.8 mm (84.95 in) eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26.1 °C (79.0 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan 4.2 °C (39.6 °F) boʻladi.
Kayumi, Matsusaka Kayumi, Matsusaka (1991-2020 normalari, ekstremal 1979-hozirgi) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 19,4 | 22,7 | 26,5 | 31,4 | 33,7 | 36,1 | 38,5 | 38,9 | 37,3 | 31,3 | 27,3 | 24,8 | 38,9 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 9,4 | 10,4 | 14,1 | 19,6 | 24,0 | 26,7 | 30,8 | 31,9 | 28,0 | 22,4 | 1,1 | 11,9 | 20,5 |
Oʻrtacha harorat, °C | 4,2 | 4,7 | 8,0 | 13,0 | 17,8 | 21,4 | 25,4 | 26,1 | 22,7 | 17,0 | 11,2 | 6,2 | 14,8 |
Oʻrtacha minimal, °C | −0,5 | −0,3 | 2,3 | 6,8 | 12,2 | 17,1 | 21,3 | 21,9 | 18,6 | 12,4 | 6,0 | 1,2 | 9,9 |
Mutlaq minimal, °C | −7,2 | −6,9 | −5,8 | −3 | 2,1 | 7,2 | 13,8 | 13,6 | 8,8 | 1,0 | −3 | −6,1 | −7,2 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 56,1 | 63,0 | 115,5 | 143,3 | 188,4 | 231,3 | 247,0 | 272,3 | 400,7 | 255,4 | 95,9 | 61,6 | 2 157,8 |
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3] |
Demografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Matsusaka aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida sekinlik bilan oʻsib bormoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1950 | 147,054 | — |
1960 | 141,245 | −4.0% |
1970 | 139,161 | −1.5% |
1980 | 153,185 | +10.1% |
1990 | 159,625 | +4.2% |
2000 | 164,504 | +3.1% |
2010 | 168,146 | +2.2% |
Tarixi
tahrirMatsusaka Sengoku davrida savdo markazi sifatida rivojlangan va Oda Nobunaganing kichik oʻgʻli Oda Nobukatsu 1580-yilda bu hududda qal’a qurgan. Koʻp oʻtmay, hudud Gamo Ujisato nazorati ostiga oʻtdi va Gamo Yoiho o'rmoni (yaponcha: 四五百森 Yoiho no mori ) da qal’a qurishga kirishadi. Keyinchalik, 1588-yilda mazkur hududni „Matsusaka“ deb nomlaydi, yaʼni „ qaragʻaylar (松) bilan qoplangan qiyalik (坂)“ egan maʼnoni beradi. Matsusaka qal’asi Tokugava syogunatida qisqa muddatli Matsusaka domenining markazi boʻlgan, ammo Edo davrining koʻp qismida qal’a Vakayama qal’asi tomonidan boshqarilgan va Kishu domenining sharqiy posti boʻlgan.
Meydzi restavratsiyasidan soʻng, hudud Mie prefekturasining bir qismiga aylandi. Matsusaka shahri 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan. Matsusakaning ikkinchi kanji belgisi oʻsha kunlarda 阪 dan 坂 ga oʻzgartirildi. 1893-yil 26-martda shahardagi 1318 ta uy yongʻinda vayron boʻldi. Matsusaka 1933-yil 1-fevralda shahar maqomiga koʻtarildi. 1945-yil 4-fevralda havo hujumi natijasida toʻrt kishi halok boʻlgan Ikkinchi jahon urushida shaharga birozgina zarar yetdi. 1951-yil 16-dekabrda sodir boʻlgan yongʻin natijasida shahardagi 700 ga yaqin uy vayron boʻlgan. 1956-yil 15-oktabrda shahar chetidagi Rokken stansiyasida yirik temir yo‘l halokati ro‘y berdi va 42 kishi halok bo‘ldi. 1982-yil 1-avgustda Bess toʻfoni toʻqqiz kishining hayotiga zomin boʻldi. 1988-yilda shahar oʻzining 500 yilligini rasman nishonladi.
2005-yil 1-yanvarda shahar Mikumo va Ureshino (ikkalasi ham Ichishi tumanidan) va Iinan va Iitaka (ikkalasi ham Iinan tumanidan) shaharlarini oʻzlashtirib, hozirgi chegaralarigacha kengaydi.
Hukumat
tahrirMatsusaka toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 28 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Matsusaka Mie prefekturasi assambleyasiga toʻrtta aʼzodan hissa qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Mie 1-okrugi tarkibiga kiradi.
Taʼlim tizimi
tahrirMatsusakada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 36 ta davlat boshlangʻich taʼlim maktabi va 12 ta davlat oʻrta taʼlim maktabi hamda Mie prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat yuqori taʼlim maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, bitta xususiy oʻrta maktab va ikkita xususiy yuqori maktab mavjud. Prefekturada nogironlar uchun ikkita maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan. Ilgari Matsusaka shahrida joylashgan Mie Chukyo universiteti 2013-yilda oʻz faoliyatini yakunlagan.
Transport
tahrirTemir yoʻl
tahrirJR Tokai — Kisei magistral liniyasi
- Rokken — Matsusaka — Tokuwa
- Matsusaka — Kaminoshō — Gongemmae
Kintetsu temir yoʻli — Osaka liniyasi
- Ise-Nakagava
Kintetsu temir yoʻli — Nagoya liniyasi
- Ise-Nakagawa
Kintetsu temir yoʻli — Yamada liniyasi
- Ise-Nakagava — Ise-Nakahara — Matsugasaki — Matsusaka — Higashi-Matsusaka — Kushida — Koishiro
Magistral yoʻl
tahrir- Ise tezkor yoʻli
- Milliy yoʻnalish 23
- Milliy yoʻnalish 42
- Milliy yoʻnalish 166
- Milliy yoʻnalish 368
- Milliy yoʻnalish 422
Dengiz portlari
tahrirQardosh shahar munosabatlari
tahrir- — Binhu tumani, Vuxi, Jiangsu viloyati, Xitoy[5]
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
tahrir- Matsusaka qal’asi xarobalari
- Takarazuka kofun qadimiy mozori
- Azaka qal’asi xarobalari
Taniqli odamlar
tahrir- Mitsui Takatoshi, Mitsui guruhi asoschisi.
- Motoori Norinaga, Edo davri kokugaku olimi
- Matsuura Takeshiro, tadqiqotchi, kartograf, yozuvchi, rassom, ruhoniy va antikvarist
- Tetsuo Morimoto, siyosatchi
- Masaharu Nakagava, siyosatchi
- Kana Nishino, J-pop/R&B qoʻshiqchisi
- Norihisa Tamura, siyosatchi
- Ben Vada, rejissyor
- Ikuzo Saito, olimpiya kurashchisi
- Satoshi Hida, professional futbolchi
- Keisuke Funatani, professional futbolchi
- Mienoumi Tsuyoshi, sumo kurashchisi
- Hiroki Mizumoto, professional futbolchi
- Yotsukasa Dai, sumo kurashchisi
- Aki Deguchi, J-pop buti va qoʻshiqchisi
Manbalar
tahrir- ↑ „Matsusaka city official statistics“ (ja).
- ↑ „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 10-aprel.
- ↑ „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 10-aprel.
- ↑ Matsusaka population statistics
- ↑ „International Exchange“. List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). 2016-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-noyabr.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti (yaponcha)
- Matsusaka city guide from the Mie Guidebook at Mie JETs (Wayback Machine saytida 2019-11-15 sanasida arxivlangan)