Matthew Steenvoorden (1993-yil 9-yanvarda tugʻilgan) — asli indoneziyalik gollandiyalik professional futbolchi, Oʻzbekiston Superligasining „Paxtakor“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Matthew Steenvoorden
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Matthew Rudolf Maria Steenvoorden
Tavallud sanasi 9-yanvar 1993-yil (1993-01-09) (31 yosh)
Tavallud joyi Leidschendam, Niderlandiya
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi Himoyachi
Raqami 4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
DEVJO
Forum Sport
Feyenoord
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2015 Feyenoord 1 (0)
2012—2013   Excelsior 29 (1)
2013—2014   Dordrecht 13 (0)
2015   Dordrecht 13 (0)
2015—2016 Dordrecht 19 (1)
2016—2019 Cambuur 76 (11)
2019—2023 Gorica 95 (3)
2023 Paxtakor 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2023-yil 24-may uchun)

Futbolchilik faoliyati tahrir

U ilgari „Feyenoord“, „Excelsior“ va „FC Dordrecht“ klublarida toʻp tepgan[1]. U Gollandiyadan tashqari Xorvatiya chempionatida ham oʻynagan[2]. 2019-yil oʻrtalarida u Xorvatiyaning „HNK Gorica“ klubi bilan shartnoma imzoladi[3][4]. 2023-yil 28-iyulda Oʻzbekiston Superligasining „Paxtakor“ klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi[5][6]. 2024-yil "Paxtakor" jamoasini tark etgan[7].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Steenvoorden 2011—2012-yillar Niderlandiya yoshlar terma jamoasida toʻp surgan[8].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir