Matvey Kazakov
Matvey Fedorovich Kazakov [1738, Moskva – 1812.26.10 (7.11), Ryazan] — rus meʼmori. 18-asr rus meʼmorligida klassitsizm asoschilaridan biri. Kazakov ishlarida keng shahar qurilishining oqilona planli yechimi bilan meʼmoriy shaklning kjsakligi garmonik uygʻunlashgan. Jamoat binolari va turar joy turlarini, 18-asr oxiri va 19-asr boshlaridagi Moskvaning katta shahar boʻshligʻi va koʻlamidagi qurilish xususiyatini ishlab chiqqan (Kremldagi senat, 1776–87; universitet binosi, 1786–93; Demidov, 1779–91 va Gubina, 1790-yillar uyqoʻrgʻonlari va boshqalar.) Moskva bosh planini tuzishda rahbarlik qilgan. Meʼmoriy maktab tashkil qilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |