Mautxauzen (Mauthausen) - gitlerchi fashistlar konslageri. 1938-yilda Avstriyadagi Mauthausen shahri yaqinida Daxau konslagerining "filiali" sifatida tashkil etilgan. 1939-yil martdan — mustaqil lager. 1938—45 yillarda M.da koʻplab mamlakatlardan keltirilgan 335 ming kishiga yaqin mahbuslar saqlangan. Ularning 122 mingdan ortigʻi (shu jumladan, 32 mingdan oshiq sovet fuqarosi) qatl etilgan va qiynab oʻldirilgan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng M. oʻrnida muzey tashkil qilingan. M.da qiynab oʻldirilgan sovet generali D. M. Karbishevga 1948-yil fevralda haykal oʻrnatilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil