Mavluda Norinova
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mavluda Hakimovna Norinova (1949.15.4, Yangiqoʻrgʻon tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Andijon pedagogika institutini tugatgan (1972). 1972-yildan Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 54-maktabda oʻqituvchi, 1973-yildan 81-maktabda oʻquv boʻlim mudiri, 1984—2000-yillarda Chortoq tumanidagi 27-maktabda direktor. Ish faoliyati davomida noanʼanaviy dars usullarini qoʻllagan, pedagogik-psixologik tadqiqot materiallarini amaliyotga toʻliq joriy qilishga erishgan[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |