Max von Laue
Max von Laue (talaffuzi: Maks fon Laue) (1879.9.10, Pfaffendorf, Koblens yaqinida — 1960.24.4, Berlin) — nemis fizigi. Berlin universitetini tugatgan (1904). Ilmiy ishlari optika, kristallofizika, oʻta oʻtkazuvchanlik, nisbiylik nazariyasi, kvant nazariya, atom fizikasi, qattiq jismlar fizikasi va boshqalarga oid. Kristallarda rentgen nurlari interferensiyasi nazariyasini yaratib, bu nurlar uchun kristallardan difraksion panjara sifatida foydalanishni taklif qilgan, kristallarda rentgen nurlarining difraksion nazariyasini ishlab chiqqan (1912). Uning rahbarligida birinchi marta lauegramma olingan va bu bilan rentgen struktura analiziga asos solingan. Nobel mukofoti laureati (1914).[2][3]
Max von Laue | |
---|---|
Tavalludi | 9-oktyabr 1879[1] |
Vafoti | 24-aprel 1960 |
Fuqaroligi | Germaniya |
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |