Maximiliano Gómez González, oddiygina Maxi Gomes (talaffuzi: Maximiliano Gomes Gonsales) — urugvaylik futbolchi, „Valensiya“ klubi va Urugvay terma jamoasi hujumchisi hisolanadi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Maximiliano Gómez Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Maximiliano Gómez González
Tugʻilgan

14-avgust 1996-yil (26 yosh)
Paysandu, Urugvay

Grajdanstvo

Flag Urugvaya Urugvay

Boʻyi

186 sm

Vazni

87 kg

Pozitsiyasi

hujumchi

Klub

Flag Tursii Trabzonspor

Raqami

30

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Maximiliano Gómez „Defensor Sporting“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015-yilning 4-oktyabr kuni poytaxt „Nacional“ga qarshi o‘yinda u ikkinchi bo‘limda Fakundo Kastro o‘rnini bosgan holda Urugvay Primerasida debyut qilgan[1]. 17-oktabr kuni „Montevideo Wanderers“ jamoasiga qarshi duelda Maximiliano Gómez „Defensor“ uchun birinchi golini urgan[2]. Dastlabki yetti uchrashuvda Gomes beshta gol urgan.

2017-yilning yozida Maximiliano Gómez Ispaniyaning „Celta Vigo“ klubiga oʻtib, besh yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 4 million yevroni tashkil qilgan[3]. „Real Sociedad“ga qarshi oʻyinda u La Ligada debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Maximiliano Gómez „dubl“ga erishgann va „Celta“ safidagi ilk gollarini kiritgan.

2019-yilning 14-iyulida Maximiliano Gómez „Valencia“ bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Hujumchining tovon puli 140 million yevro edi [4]. 2017-yilning may oyida Gomes La Liga jamoasi „Celta Vigo“ bilan besh yillik shartnoma imzoladi va o'z faoliyatida ilk bor xorijga ko'chib o'tdi. U klubdagi debyutini 19-avgustda o'tkazdi, „Real Sociedad“ga qarshi o'z uyida 2:3 hisobida mag'lub bo'lgan o'yinda dubl qayd etdi. Debyut mavsumini 36 o'yinda 17 gol bilan yakunladi.

Xalqaro karyerasi tahrir

2017-yilning 10-noyabr kuni u asosiy Urugvay terma jamoasi safida Polshaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan. Oʻyin 0:0 hisobida tugadi, Maximiliano Gómez 74-daqiqada gruziyalik De Arrascaeta oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi[5].

2018-yilda Maximiliano Gómez Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan[6]. Turnirda u Rossiya va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[7].

Maximiliano Gómez 2021-yilgi Amerika kubogi tarkibiga kiritilgan[8].

Statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Kubog Kontinental Boshqa Jami
Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Defensor Sporting 2015-2016 21 14 4 0 25 14
2016 14 4 0 0 14 4
2017 12 10 1 1 13 11
Jami 47 28 5 1 52 29
Celta Vigo 2017-2018 36 17 3 0 39 17
2018-2019 35 13 1 0 36 13
Jami 71 30 4 0 75 30
Valencia 2019-2020 33 10 3 1 6 0 1 0 43 11
2020-2021 31 7 0 0 31 7
2021-2022 29 5 3 0 32 5
2022-2023 3 0 0 0 0 0 3 0
Jami 96 22 6 1 6 0 1 0 109 23
Umumiy karyerasida 210 78 10 1 11 1 1 0 232 80

Xalqaro statistikasi tahrir

Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gollar
Uruguay 2017 2 0
2018 7 0
2019 8 2
2020 2 1
2021 3 0
2022 5 1
Jami 27 4

Manbalar tahrir

  1. „Насьональ VS. Дефенсор Спортинг 4:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 4-oktyabr). 2015-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-dekabr.
  2. „Дефенсор Спортинг VS. Монтевидео Уондерерс 2:3“ (en). soccerway.com (2015-yil 17-oktyabr). 2015-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-dekabr.
  3. „«Сельта» купила 20-летнего уругвайского форварда Гомеса за 4 млн евро“ (ru). sports.ru (2017-yil 28-iyun). 2017-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-avgust.
  4. „«Валенсия» объявила о трансфере Гомеса“. 2019-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
  5. „Польша — Уругвай — 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 10-noyabr). 2017-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-noyabr.
  6. „Уругвай VS. Россия 3:0“ (en). soccerway.com (2018-yil 25-iyun). 2018-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-iyul.
  7. „Уругвай VS. Франция 0:2“ (en). soccerway.com (2018-yil 6-iyul). 2018-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-iyul.
  8. „Plantel de Uruguay para la Copa América“ (es). AUF (2021-yil 10-iyun). 2021-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-iyun.