Konsullik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot: Frantsiya → Fransiya
UMARBEK
Teglar: manba olib tashlandi Qaytarildi Koʻrib tahrirlagich
Qator 1:
[[Fayl:Dip_USA_Ekb.jpg|thumb|252px|AQSh va Buuuk Britaniyaning Ekaterinburg shahridagi bosh konsulligi]]
'''Konsullik''', konsullik vakolatxona — ikki davlat orasida aloqalar oʻrnatilishi natijasi oʻlaroq tashkil etiladigan vakolatxona. K.ning maqomi ikki tomonlama bitim yoki xalqaro huquqning amaldagi normalariga koʻra belgilanadi. K.ning maqomi, odatda, diplomatik vakillikka tenglashtiriladi. K.ning joylashgan oʻrni, baʼzi hollarda esa, uning xodimlari soni, K. oʻz faoliyatini amalga oshiradigan okrug ham qabul qiluvchi davlat vakillari bilan kelishiladi. K. okrugi — qabul qiluvchi davlatdagi, hukumatlar oʻrtasidagi bitimga muvofiq konsul oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajaradigan hudud. Bir qator holatlarda K. okrugi eng imtiyozlashtirilgan holat sharoitlari qoʻllanilishi tufayli aniqlanishi mumkin. Alohida K. mavjud boʻlmagan hollarda elchixonada qabul qiluvchi davlat poytaxti yoki boshqa yerlarda K. vazifalarini bajarish uchun K. boʻlimi tashqil etiladi. Elchixonaning K. boʻlimida ishlash uchun elchixonaning diplomatik va maʼmuriy-texnik xodimlari ajratiladi, ular elchixonaga tegishli boʻlganligi uchun oʻz makrmini saqlab qoladilar.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Konsullikni elchixonadan farqi ==