Buxoroda 1917-yil aprel namoyishi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
k imloviy xatolar tuzatildi va qayta ko'rib chiqildi , ma'lumot kengaytirildi
Teglar: Qaytarildi Koʻrib tahrirlagich Koʻp maʼnoli sahifalarga ishoratlar
Qator 1:
= '''Buxoroda 1917-yil aprel namoyishi''' =
'''Buxoroda 1917-yil aprel namoyishi''' — amir[[Amir OlimxonnijOlimxon]]<nowiki/>ning islohotlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoni ([[Manifest|manifesta]]) eʼlon qilingan kunning ertasiga — 8-aprelda uyushtirilgan tadbir. [[Yosh buxoroliklar]], aholining koʻpchilik qismi mamlakatda [[Demokratiya|demokratik]] islohotlar oʻtkazishni talab qilgan. Rossiyadagi muvaqqat hukumat, uning Buxorodagi[[Buxoro]]<nowiki/>dagi vakili (rezidenti) ham Rossiyadagi[[Rossiya]]<nowiki/>dagi 1917-yil Fev. revyasidan keyin Buxoroda islohotlar oʻtkazish fursati yetganini tushungan edilar. Amirning yuqori mansabdorlari, islom dini ruhoniylarining mutaassib qismi islohotga qarshi edi. Amir manifestining eʼlon qilinishi demokratik hamda konservativ kayfiyatdagi namoyishchilarning koʻchaga chiqishiga sabab boʻldi. Demokratik doiralar amir manifesti mamlakatda tinch yoʻl bilan ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirish uchun dastlabki qadam, deb karadilar. Shukrona namoyishi oʻtkazishga qaror qilindi. "Yashasin islohot!", "Yashasin amir!" — degan yalov (shior) lar koʻtarildi. Bir necha yuz kishi shahar markazi — passajdan [[Gavkushon madrasasi|Gavkushon]] va Xiyobon orqali [[Registonak (Buxoro)|Registonga]] yurish boshlashdi. Namoyishchilar boshida F.[[Fayzulla Xoʻjayev]], [[Abdulvohid Burhonov]], Otaxoʻjayev, Mirbobo, Yusufzoda va boshqa faollar bordilar. Bir necha joyda qisqa mitinglar boʻldi, namoyishchilarga yangiyangi guruh odamlar kelib qoʻshildi. Namoyishchilarda koʻtarinki kayfiyat mavjud edi. Shu kuni konservatorlar va mutaassib guruhlar Registonda toʻplanib islohotga, yangiliklarga qarshi jangarilik va murosasizlik kayfiyatlarini koʻrsatdilar. Baʼzi amaldorlarga nisbatan, islohot tarafdorlariga qarata dushmanona dagʻdagʻalar, hayqiriqlar qilindi. Ularning jazavasi soat sayin kuchayib bordi. Bunday murakkab vaziyatda ikki lagerning toʻqnashuvi noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Demokratik namoyishchilar boshliqdari Registonga borish niyatidan qaytdilar, namoyishchilarni tarqalib ketishga daʼvat qildilar. Tadbir oxirigacha yetkazilmagan boʻlsada, u Buxoro amirligiAmirligi demokratik oʻzgarishlar, islohotlar uchun yetilganligini yaqqol koʻrsatdi. 8-aprel voqealarining yakuni shu boʻldiki, hukumatda [[Konservatizm|konservativ]] kuchlar yana ustunlikka erishdilar. Dovdirab kalgan amir qozikalon Sharifjon Mahdumni lavozimidan boʻshatdi, gʻazablangan mutaassiblar rais Abdusamadxoʻjani olomon qilib oʻldirdilar, qushbegi Nasrullobek buyrugʻi bilan shoir S.Sadriddin Ayniy, yoshYosh buxoroliklar, Mirbobo, Mirzo Nazrullo 75—150 kaltak urib jazolandilar. Islohotchilik harakatining bu bosqichi shunday noxush holatda yakunlandi.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
* Fayzulla Xoʻjayev, Tanlangan asarlar, 1j., T., 1976.; Ishanov A. I., Buharskaya Narodnaya Sovetskaya Respublika, T., 1969.
 
Rahmon Karimov.
 
{{OʻzME}}