Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
punktuatsion xatolar
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
{{Maʼnolari|Oʻzbekiston (maʼnolari)}}
{{Oʻzbekiston_info}}
'''Oʻzbekiston''' (rasman: '''Oʻzbekiston Respublikasi, Ўзбекистон Республикаси''') — [[Markaziy Osiyo]]ning markaziy qismida joylashgan mamlakat. Oʻzbekistonning [[poytaxt]]i [[Toshkent]] shahri boʻlib, davlat tili [[oʻzbek tili]] hisoblanadi. Maydoni — 448,978<ref name="Сведения о Республике Узбекистан"/> km<sup>2</sup>. Aholi soni - 2022-yil 9-dekabr kuni O‘zbekiston aholisi 36 milliondan oshdi. Hozirda mamlakatning umumiy aholisi soni 36 001 236 nafarni tashkil qilmoqda. <ref>https://qalampir.uz/uz/news/uzbekiston-a%D2%B3olisi-36-million-kishidan-oshdi-73538</ref><ref>Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po statistike : Informatsionnaya slujba Goskomstata : Demograficheskie dannie — [http://www.stat.uz/press/1/3399/ Novosti GKS] {{Webarxiv|url=https://web.archive.org/web/20130809003329/http://www.stat.uz/press/1/3399/ |date=9-avgust 2013-yil }}</ref>. Pul birligi — [[soʻm]]. Oʻzbekiston Respublikasi hududi 12 ta [[Viloyatlar|viloyat]], [[Toshkent|Toshkent shahri]] va [[Qoraqalpogʻiston|Qoraqalpogʻiston Respublikasidan]] iboratdir, shuningdek, u mustaqil, demokratik, dunyoviy va konstitutsiyaviy davlat hisoblanadi. Oʻzbekiston [[Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi|MDH]], [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]], YXHT va [[Shanxay Hamkorlik Tashkiloti|SHHT]] aʼzosidir. Oʻzbekiston qirgʻoqqa ega boʻlmagan besh mamlakat bilan, yaʼni: shimoldan [[Qozogʻiston]]; shimoli-sharqdan [[Qirgʻiziston]]; janubi-sharqdan [[Tojikiston]]; janubdan [[Afgʻoniston]]; va janubi-gʻarbiy qismida [[Turkmaniston]] bilan chegaradosh.
 
Oʻzbekiston iqtisodiyoti [[bozor iqtisodiyoti]]ga bosqichma-bosqich oʻtadi, tashqi savdo siyosati import oʻrnini bosishga asoslangan. 2017-yil sentabridan boshlab mamlakat valyutasi bozor kursi boʻyicha toʻliq konvertatsiya qilinmoqda. Oʻzbekiston [[paxta]] tolasini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi yirik ta'minotchi davlatdir. Mamlakatda, shuningdek, dunyodagi eng yirik oltin konlari mavjud. Sovet davridagi ulkan energiya ishlab chiqarish qurilmalari va [[tabiiy gaz]]ni yetkazib berish bilan Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik elektr ishlab chiqaruvchisi boʻldi.