Abu Bakr Siddiq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 213.230.100.26 tahrirlari Abu Sadik Ibn Normurod versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Matn qo'shdim
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
{{Islom}}
[[Fayl:Abu Bakr und Muhammad finden Zuflucht in der Höhle Thaur (aus Siyer-i-Nebi 1595 n.Chr.) (Abu Bakr).jpg|thumb|Abu Bakr Siddiq]]
'''Abu Bakr Siddiq''' (toʻliq nomi: '''Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibn Abu Qahhofa ibn Omir'''; {{Circa|573-yil}} — 634-yil 23-avgust) — [[Muhammad]] payg'ambar daʼvati bilan islomni birinchilardan boʻlib qabul qilgan, dastlabki toʻrt xalifadan birinchisi (632—634). Tirikligida jannat bashorati berilgan sahobalarning birinchisi sanaladi.Muhammad payg'ambarning eng yaqin safdoshi, qaynotasi (mo'minlarning onasi Oishaning otasi). Yirik savdogar. [[Makka]]ning [[quraysh]] qabilasidan. [[Islom]]ga kirishdan oldin ismi Abdulkaʼba edi. Abdullo ismini Muhammad payg'ambar qoʻygan. Siddiq deb atalishiga sabab shuki, isro va meʼroj hodisasini eng birinchi boʻlib tasdiqlagan. Muhammad payg'ambar unga Siddiq, yaʼni iymoni kuchli deb laqab berdi. [[Makka]]dan [[Madina]]ga hijrat qilishda Muhammad payg'ambarga hamroh, gʻorda birga boʻldi. Badr, Uhud, Handaq, Xudaybiya va boshqa joylardagi janglarda ishtirok etdi. Abu Bakr Siddiq obroʻli va badavlat kishi boʻlgani uchun koʻp odamlarga yordam qildi, chunonchi, Bilol Habashiyni qullikdan sotib olib, ozod etdi. Muhammad payg'ambar vafotidan keyin birinchi xalifa boʻlib saylandi (632). Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. Vafotlaridan oldin shunday dedilar; "Masjidga tutashgan xonadonlardagi masjid bilan aholi uylarini bog'lab turuvchi eshiklar berkitilsin, faqat, Abu Bakr Siddiqni hovlisiga bog'langan eshik ochiq qolsin." Va bu Sahobalardan keyingi musulmonlar uchun katta ishora edi. Vaallohi alam. Arab qabilalarining Madina hokimiyatiga qarshi koʻtargan qoʻzgolonlarini bostirdi. Abu Bakr Siddiq xalifaligi davrida arablar [[Iroq]] va [[Suriya]]ni fath qildi. Abu Bakr Siddiq Madinada vafot etdi va Muhammad payg'ambar yoniga dafn qilindi<ref>''Abu Bakr Siddiq''. ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/Oʻzbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20A%20harfi.pdf A-harfi]{{Oʻlikhavola|date=yanvar 2023 |bot=InternetArchiveBot |fix-attempted=yes }}. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.</ref>.
 
== Manbalar ==