World Book Encyclopedia: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 29:
 
== Qamrovi==
22 jildli Dunyo kitobi ensiklopediyasida har qanaqa mavzu boʻyicha maʼlumot berilgan. [[Jugʻrofiya]] va [[biologiya]] boʻyicha maqolalar juda keng yoritilgan. [[Biznes]], [[psixologiya]], [[davlat]], [[energiya]], [[ekologiya]] va [[kriminologiya]] boʻyicha maqolalarga keng yondoshilgan. [[AQSh]] haqidagi maqolalar ayniqsa juda ham keng koʻlamli qilib yozilgan. Maqolalarda matn bilan birga koʻplab rasm, jadval, diagrammalar berilgan. Masalan, AQSh haqidagi maqolalarda shtat qushi va daraxti kabi mavzular yoritilgan [[maʼlumot qutisi|maʼlumot qutisilariqutilari]] berilgan. [[AQSh prezidenti|AQSh prezidentlari]] haqidagi maqolalarda oʻsha prezident ishlagan paytda boʻlib oʻtgan muhim tarixiy voqealar boʻyicha vaqt shkalalari berilgan.
 
Dunyo kitobi ensiklopediyasi oʻzini eng zamonaviy sotuvdagi ensiklopediya deb ataydi. Maqolalarining 33 foizi har yili tahrirlanadi.<ref name="WB2012"/> Ensiklopediyada vizual materiallar juda koʻp berilgan. Dizaynning uchdan birini koʻrish uchun materiallar egallaydi. Shulardan 80 foizi yuqori sifatli rangli tasvirlardir. Ensiklopediyada bir maqoladan ikkinchisiga yoʻnaltirish keng qoʻllanilgan. Kitobda 150 000 dan oshiq soʻz kiritilgan katta analitik indeks ham berilgan.<ref>{{cite book |author=Kennedy, Scott |title=Reference Sources for Small and Medium-sized Libraries (Kichkina va oʻrtacha kutubxonalar uchun izlash resurslari)|year=1999 |page=27}}</ref>